2-rasm. Аgloporit chaqiq toshi va qumini ishlab chiqarish texnologik sxemasi: 1-eksqavator; 2-avtotransport; 3-yashikli o’zatgich; 4-valkli maydalagich; 5-tebranma elak; 6-lentali taʼminlovchi; 7-yiguvchi lentali transporter; 8-toshni ajratuvchi valklar; 9-ikki valli gil aralashtirgich; 10-baraban tipidagi granulyator; 11-yotqizgich; 12-yondiruvchi gorn; 13- aglomerasion mashina; 14-maydalagich; 15-shaxta tipidagi sovitgich; 16- valkli-tishli maydalagich; 17-shag’alni navlarga ajratuvchi mashina; 18-tayyor mahsulotlar ombori; Sunʼiy g’ovak to’ldiruvchilarning eng ko’p tarqalgan turi bu keramzitdir. Giltuproqning baʼzi turlari kuydirishda ko’pchiydi va bunday gillar asosida keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag’ali va keramzit qumi olinadi, kam miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi. Keramzit shaq’ali donasi yumaloq shaklda, strukturasi g’ovak va yacheykasimon bo’ladi. Keramzit donasining yuza qismi zich qatlam bilan qoplangan, rangi qo’ngi’r qora, bo’linganda qoramtir bo’ladi.
Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida cho’kindi jinslarga kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Xomashyo material sifatida metamorfik tog’ jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar - gil slanslari va argillitlar ishlatiladi. Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar (kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvars, dala shpati, karbonatlar, temir, organik qo’shimchalardan iborat bo’ladi. Gil minerallar gil moddalardan iborat bo’ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko’p gil moddalar bo’lgan gil jinslarga aytiladi.
Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30% gacha kvars mavjuddir. Gilning umumiy tarkibida SiO2-70% gacha, Al2O3 -12% kam emas(20% gacha), Fe2O3 + FeO- 10%gacha, organik qo’shimchalar 1-2% mavjud bo’lishi kerak.
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi.
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat:
- xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zaxira omboriga junatish;
- xomashyoni qayta ishlash va kerakli o’lcham, bir jinsli keramik massaga ega xom granulalarni tayyorlash;
- xom granulalarga termik ishlov berish, yaʼni isitish, kuydirish va sovitish natijasida tayyor mahsulot olish;
- olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi buyicha taqsimlash;
G’ovak to’ldiruvchi (keramzit shag’ali)ni omborlarga joylash.
Gil xomashyosini qazib olishda bir chumichli va ko’p chumichli eksqavatorlar ishlatiladi. Yumshoq gilli jinslar kondan mavqumiy qazib olinadi, toshsimon gilli jinslar esa yil buyi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil saqlagichlarda yoki maxsus konuslarda saqlanadi.
Xomashyoni qayta ishlash usuli xomashyoning xususiyatlaridan kelib chitqiladi, G’ovak to’ldiruvchilarning sifati esa termik ishlov berish rejimiga bojniq. Keramzit shag’ali ishlab chiqarishning turtta asosiy texnologiyasi mavjud: quruq, plastik, poroshok-plastik va ho’l(shliker).
Quruq usul-toshsimon gilsimon xomashyolar (zich quruq gilsimon jinslar, gilsimon slanqlar) bo’lganda qo’llaniladi. Bu usul juda oddiy bo’lib, xomashyo mahsulot maydalanadi va aylanma pechga kuydirish uchun yuboriladi. Dastlab juda mayda donalar elab olinadi va uta yirik bo’laklar esa qo’shimcha maydalanadi. Bu usul agar xomashyo bir jnsli bo’lsa, xavfli qo’shimchalar bo’lmasa va yuqori ko’pchish koeffisientiga ega bo’lsagina o’zini oqlaydi. Xom donalarning namligi 9% dan oshmasligi kerak.
Keramzit olishning keng tarqalgan usuli bu plastik usulidir. Yumshoq gilli xomashyo bu usulda nam holatda valqlarda, gil aralashtirgichlarda va boshqa agregatlarda qayta ishlanadi. Plastik gilli massadan lentali shnekli pressda yoki teshikli valqlarda silindr shaklidagi xom granulalar tayyorlanadi, bu granulalar keyingi transportyorda o’zatishda va qayta ishlov berishda yumaloq shaklga ega bo’ladi. Xom granulalarning sifati tayyor keramzit shag’alining sifatini belgilaydi. Shu sababli gilli xomashyoni yetarlicha qayta ishlash, bir xil o’lchamli zich granulalarni olish zarur. Granulalarning o’lchami berilgan xomashyoning ko’pchish koeffisienti va keramzit ishlab chiqarish xomashyo materiallarga kuyiladigan talablar keramzit ishlab chiqarish usullari gilning ko’pchishi oson eruvchanlik ko’pchish intervali quruq usul plastik usuli poroshok (kukun) - plastik usuli ho’l (shliker) usuli keramzit shag’alining talab etilgan yirikligi buyicha o’rnatiladi.
Gilning fiziko-mexanik namligi va dispresligi xususiyatlaridan kelib chiqib qayta ishlovchi uskunalar tanlanadi. Xomashyoni qayta ishlashdagi energiya sarfi uning dispresligini ortishi va namligining kamaytirishga qarab oshadi. Аsosan gilni ishlov berishda namligi 18-28% ni tashkil etadi. Namligi 20% bo’lgan granulalar to’g’ri aylanma pechga yuborilishi mumkin yoki aylanma pechdan chiqadigan issik gazlarni qabul qiluvchi issiqlik almashuvi agregatlarda va quritish barabanida dastlabki quritiladi. Pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi granulalarni oldindan quritish natijasida oshadi. Plastik usulda keramzit ishlab chiqarish quruq usulga nisbatan ko’proq sarmoyani va energiya sarfini talab etadi. Birok gilli xomashyoning tabiiy strukturasining buzilishi, gomogenizaqiyasi va qo’shimchalar kiritilishi uning ko’pchish koeffiqientini oshishiga olib keladi.
Keramzit ishlab chiqarishning poroshok (kukun) -plastik usuli yuqorida keltirilgan plastik usulidan farqi shundaki, gil xomashyodan tuyib kukun olinadi so’ngra suv qo’shib plastik gilli massadan granulalar ishlab chiqariladi. Gilni tuyish qo’shimcha mablag’ni talab etadi. Bundan tashqari agar xomashyo yetarlicha quruq bo’lmasa, u holda uni tuyishdan oldin quritiladi.
Quyidagi bir nechta holatlarda xomashyo tayyorlashning bu usuli o’zini oqlaydi: agar xomashyo tarkibi buyicha bir jinsli bo’lmasa, u holda uni kukun holatida aralashtirish va so’ndirish oson kechadi; agar qo’shimcha kiritiladigan bo’lsa, u holda tuyish vaqtida kiritish bir tekis taqsimlanadi; agar xomashyoda xavfli qo’shimchalar bo’lgan ohak va gips donalari mavjud bo’lsa, unda tuyilgan holatda butun hajm buyicha ular xavf tug’dirmaydi; xomashyoni bunday puxta qayta ishlash uning ko’pchishini yaxshilasa, u holatda chiqadigan yuqori sifatli keramzit sarflangan harajatlarni oqlaydi.
Ho’l (shliker) usulida gillar maxsus katta sig’imlar gil aralashtirgichlarda suv bilan qayta ishlanadi. Olingan loysimon massaning namligi taxminan 50% ni tashkil etadi. Bu massa nasos yordamida shlambasseynga va undan aylanma pechga o’zatiladi.
Bu holatda aylanma pech qismiga osma zanjirli parda o’rnatiladi. Bu zanjirlar issiqlik almashinuvini taʼminlaydi: ular pechdan chiqayotgan issiq gazlar ta’sirida qiziydi va loy massani quritadi, undan so’ng quriyotgan “bo’tqani” granulalarga aylantiradi, shundan so’ng bu granulalar quriydi, qiziydi va ko’pchiydi. Bu usulning asosiy kamchiligi bu ko’p yoqilg’i sarfi, yaʼni shlikerning dastlabki yuqori namligi hisobiga. Аfzalligi xomashyoni bir jinslilikka keltirish, qo’shimchalarni oson va bir tekisda kiritish, xomashyodan ohak donalarini va toshsimon qo’shimchalarni yuqotishning soddaligi hisoblanadi. Bu usul gilning kondagi namligi yuqori bo’lganda tafsiya etiladi. Ho’l usul gilning gidromexanizaqiyalashgan qazib olishda va keramzit ishlab chiqarish korxonasiga quyuq loy shaklda trubalarda o’zatishda ham qo’llaniladi.
Keramzit beton asosan devor materiallar uchun ishlatiladi. Devor panellari uchun eng samaralisi bu uyma zichligi buyicha markasi M300, M400, M500 bo’lgan yengil keramzit shag’alidir. Bir qatlamli devor panellari uchun ishlatiladigan konstrukqionissiqlikdan himoyalovchi keramzit betonning zichligi 900-1100 kg/m3 ni, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 5-7,5 MPa ni tashkil etadi. Konstruksiyada beton bir vaqtning o’zida ham yuk ko’taruvchi va issiqlikdan himoyalovchi funksiyalarni bajaradi.
Ikki yoki uch qatlamli devor panellarida yo’q ko’tarish qobiliyatini bir va baʼzan ikki qatlamli konstruksion-keramzit beton taʼminlaydi, issiqlikdan himoyalash zichligi 500-600 kg/m3 bo’lgan yirik g’ovakli issiqlikdan himoyalovchi keramzit beton qatlami taʼminlaydi.
Issiqlikdan himoyalovchi yirik g’ovakli keramzit beton bu o’ta yengil beton hisoblanadi. Sementni eng kam sarfida uning zichligi keramzit shag’ali uyma zichligidan kamroq oshadi. Keramzit shag’ali markasi M700 va M800 ni qo’llab siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20, 30, 40 MPa bo’lgan konstrukqion yengil beton olish mumkin, undan asosan tom yopma, ora yopma panellaridan qurilishda keng foydalaniladi, bu o’z navbatida konstruksiyani yengillashtiradi.
Nazorat uchun savollar:
1. Аgloporit ishlab chiqarishda qanday xomashyo ishlatiladi?
2. Аgloporit g’ovak to’ldiruvchini ishlab chiqarish texnologiyasini keltiring?
3. Аgloporit g’ovak to’ldiruvchisiga taʼrif bering?
4. Аglomeraqion mashinaning ishlash prinsipini tushuntiring?
5. Аgloporit olishda qanday sanoat chiqindilari ishlatiladi?
6. Аgloporit chaqiq toshini olish texnologiyasini keltiring?