11– ma’ruza tikuv sexining vazifalari


Qo’l va mashina jarayonlarida ishlovchilar quyidagilarga rioya



Download 22,61 Kb.
bet2/2
Sana30.03.2022
Hajmi22,61 Kb.
#519838
1   2
Bog'liq
11-1

1. Qo’l va mashina jarayonlarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishlari kerak:
mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligi tekshirib turiladi. Ish boshlashdan oldin ish o‘rni saranjomlab olinadi, mashina barmoqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to‘sig‘i, mashinani ishga tushirish joylarida izolyasiya bor-yo‘qligi tekshiriladi va hokazo; -elektr simlariga ip, latta, simchalar osmaslik lozim, aks holda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektromontyorlarga xabar berish, ochilib qolgan simlarga qo‘l tekkizmaslik kerak; -tugma qadash mashinasida ishlaganda saqlash ekranidan foydalanish zarur; -narsalarni ishlayotganda mashina ustidan uzatish mumkin emas; -elektr dvigatelni o‘chirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish ma‘n etiladi; -ish o‘rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak; -ish o‘rinlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo‘ymaslik lozim.
2. Dazmollovchilar quyidagilarga rioya qilishlari kerak: -ish boshlashdan oldin shnur izolyasiyasi tekshirib ko‘riladi;
-dazmolning sozligiga ahamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bo‘lsa, ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilgandek bo‘ladi);
-ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak;
-dazmolni o‘ta qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
-dazmol, rubilnik, vilka buzuq bo‘lsa, elektromontyorni chaqirish kerak.
3. Pressda ishlaydiganlar quyidagilarga rioya qilishlari kerak:
-ish boshlashdan oldin ish o‘rni tayyorlab olinadi, pressning ishga yaroqliligi tekshirib ko‘riladi. Buzuq pressda ishlash ma‘n etiladi. Pressda ishlayotganda qo‘lni press yostiqlari orasida qolishidan ehtiyot qilinadi. Ishlayotgan pressni nazoratsiz qoldirib bo‘lmaydi. Ish tugugach pressni to‘xtatib, ish o‘rnini yig‘ishtirib qo‘yish kerak. Ishxonalarda mehnat unumdorligini oshiradigan haroitni yaratishda va shu ishning xarakteri sababli kelib chiqadigan baxtsiz hodisalarning oldini olishda mehnat gigienasi roli katta. Mehnat gigienasi mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhitini odam sog‘ligi va mehnat qobiliyatini yuqori darajada saqlab turishga xizmat qiladigan sanitariya–gigiena va davolash profilaktika normativlari hamda tadbirlarini ishlab chiqadi. Ishlab chiqarish korxonalarida odamga ko‘pincha past yoki yuqori harorat, kuchli issiqlik nurlari, chang, titrash, zararli ximiyaviy moddalar, shovqin va boshqalar ta‘sir ko‘rsatadi: bular kishi sog‘lig‘ining buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bunday noxush taassurotlar va ulardan kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish uchun ishlab chiqarish jarayonining
xususiyatlari, asbob-uskunalar va ishlov beriladigan materiallarning ishlovchilar organizmiga ta‘siri, mehnatning sanitariy haroitlari, mehnat jarayonining harakteri va ish jarayonida fiziologik funktsiyalarning o‘zgarishi o‘rganib chiqiladi. Ishchilar sog‘ligi, shuningdek sanitariy texnika moslamalari va qurilmalarining holati, sanitariy maishiy jixozlar, individual himoya vositalari sinchiklab tekshirildi. Mehnat haroitlarini yaxshilash mamlakatimizda muhim vazifa hisoblanadi. Sanoat korxonalarida ishshilarning sog‘ligini muxofaza qilish va ularda uChrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olishda eng muhim tadbirlardan biri ularni vaqti-vaqtida meditsina tekshiruvidan o‘tkazib turishdir. Ishga kiruvchilar ham oldindan meditsina ko‘rigilan o‘tkaziladi, ishlab chiqarishdagi muayyan noqulay omillar ta‘siriga salomatligi to‘g‘ri keladigan odamlarni tanlab olishdan iborat.
Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quniq va ozoda bo’lishi kerak. Devor va mebellaming rangi katta gigenik va pedagogik ahamiyatga ega. Shuning uchun devorlar och, sokin ranglarga bo'yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun’iy jihatdan yaxshi yoritilgan boTishi kerak. Ustaxonalar ikki kishilik o‘quv stollari, yozuv taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv mashinalari va qo‘l ishlarini bajarish uchun ish stollari, bichish stoli va manekenlar bilan jihozlanadi. O‘tirish uchun imkon boricha baland -pastligi rostlanadigan vintli o'rindiqlar qo‘yiladi. Tikuv ustaxonasida ko‘zgu va kiyim ilgichlar bilan jihozlangan, kiyib ko'rish kabinasi bo‘lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab -isitib ishlash uchun dazmol, dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi. Asbob - uskunalar, jihozlar, ko‘rgazniali qo’llanmalar, ish namunalari maxsus shkaflarda saqlanadi. Ustaxonada albatta birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar bilan ta’minlangan aptechka boMishi zarur. Tikuv ustaxonalarida quyidagi ko'rsatmalar ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yiladi:

  1. Tikuv ustaxonasining ichki tartib-qoidalari.

  2. Havfsizlik texnikasi qoidalari

  3. Mehnat, hunar haqida hikmatli so‘zlar.

  4. Maxsus adabiyotlar, albomlar joylashtirilgan vitrina.

Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish havfsizlik texnikasi, sanitariya-gigieniya qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda bajarilganda mehnat ko'nikmalarini shakllantirishga, mehnatga to‘g‘ri munosabatni va mehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon yaratiladi.


NAZORAT SAVOLARI
Gazlamalarni bichishni necha xil usuli bor?
Universal usulda bichishda qanday jihozlar ishlatiladi?
Vertikal pichoqli bichish mashinalaridan qaysilarini bilasiz?
Disk pichoqli bichish mashinalaridan qaysilarini bilasiz?
Lenta pichoqli bichish mashinalaridanqaysilarini bilasiz?
Pichoq bilan gazlama orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchini kamaytirish uchun nima qilinadi?
Presslar qanday harakatlanadigan bo‘ladi?
O‘yish presslarining stoli qanday bo‘ladi?
Kontaksiz qirqishni qanday usullarni bilasiz?
Nuqsonli gazlamalarni bichish uchun nima qilinadi?
Adabiyotlar.
1.M.J. Jabborova «Tikuvchilik texnologiyasi» Toshkent -1994y.
2.L.N.Nazarova, I.A. Kulikova, A.V.Savostiskiy «Texnologiya shveynix izdeliy po individualnim zakazam» Moskva – 1975 g.
3.G.K.Qulijanova, S.S.Musaev «Engil sanoat maxsulotlari texnologiyasi» Toshkent – 2002 y
Download 22,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish