Konsentratsiya stoli – gravitatsiyali boyitish separatori, unda minerallar zarralari ajralishi yo`naltirilgan tebranishlarni amalga oshiruvchi taram-taram chiziqlar (rifellar) bilan deka bo`ylab yupqa qavatli harakatlanuvchi suyuqlikda amalga oshiriladi.
Konsentratsiya stolining asosiy uzellariga har qanday tuzilmalar kiradi: deka 1, yuritmali mexanizm 2; tayanch qurilma 3 va deka qiyaligini boshqarish mexanizmi 4 (62-rasm).
62-rasm. Konsentratsiya stoli.
Stollar dekalar soni va shkalasi, yuritma tuzilishi, dekalar tebranishi chastotasi va amplitudasi, taramlanish tizimi va boshqa belgilar bilan farq qiladi.
Texnologik belgilar bo`yicha stollar qumli (-3+0,2 mm yiriklikdagi rudalarni boyitish uchun) va shlamlilarga (-0,2+0,4 mm yiriklikdagi mahsulotlarni boyitish uchun) tasniflanadi. Tuzilish belgilari bo`yicha quyidagilarga bo`linadi: to`g’ri burchakli dekali stollar –tayanch (SKO-1-7,5); diagonal dekali stollar – tayanch (SKO-0,5; SKO-2; SKO-7,5; SKO-15; SKO-22; SKO-30; SKO-37; SKO-45). Qumli va shlamli stollar dekalar taramlanishi tuzilishi bilan farqlanadi.
Asosiy tuzilishli belgilari bo`yicha konsentratsiya stollari tasnifi va ularning qo`llanish sohasi 7-jadvalda berilgan.
Konsentratsiya stollari qalayli, volframli, noyob metalli rudalarni (-3 mm yiriklikdagi sinf uchun) birlamchi gravitatsiyali boyitish sxemalarida, shuningdek, oltin tarkibli rudalar, titanotsirkoniyli qumlar va boyitishda va konsentratlarni me`yoriga yetkazish sxemalarida va b.larda tarqalgan.
Dastlabki mahsulotdan -0,04 (0,02) mayda sinflining oldindan ajralishi uni tayyorlashning majburiy operatsiyasi hisoblanadi, chunki shlamlar boyitishni qiyinlashtiradi, ushbu sinfda mavjud bo`lgan og’ir komponentning mayda zarralari konsentratsiya stollarida deyarli ajratib olinmaydi.
- 3(2) +0,04 mm yiriklikdagi material konsentratsiya stollarida boyitishdan oldin sinflarga ajralishga duch qilinadi va har bir sinf alohida o`zining maqbul tartibida boyitiladi. Materialni bunday tayyorlash konsentratsiya stollarining umumiy unumdorligi oshishini va texnologik ko`rsatkichlar yaxshilanishini ta`minlaydi.
Materialni yirikligi bo`yicha sinflarga ajratish gidravlik tasniflash bilan yoki g’alvirlarda elash bilan amalga oshirilishi mumkin. Shlamsizlantirish gidrosiklonlarda o`tkaziladi.
- 3(2) +0,04 mm yiriklikdagi keng tasniflangan materialni konsentratsiya stollarida boyitish faqat iqtisodiy mo`ljallar bo`yicha boyitishning nisbatan uncha yuqori bo`lmagan samaradorligi bo`lganda yoki materialda hosilalar bo`lmaganda, og’ir zarralar yirikligi esa yengil zarralar yirikligidan jiddiy farq qilgan holatlardagina mumkindir.
Material yirikligiga bog’liq holda, konsentratsiya stollarini boshqarish o`lchamlari qiymatlari pastda keltirilgan.
Ruda yirikligi, mm…………………………….
|
-3+1
|
-1+0,2
|
-0,2
|
Deka tebranishlari chastotasi, min -1……….....
|
280-230
|
230-290
|
350-320
|
Deka yurishi uzunligi, mm…………………….
|
20-26
|
16-20
|
16-15
|
Ko`ndalang kren burchagi, gradus…………….
|
6-10
|
2-6
|
0-2
|
Yurishlar soni ortishida deka yurishi uzunligi kamayishi lozim. Stol yurishlari soni yuritmali elektrodvigatel valiga shkiv diametri o`zgarishi bilan boshqariladi.
Odatda, sochilmali konlardagi qiymatli minerallari bo`lmagan, yirik fraksiyalardan oldindan shlamsizlantirilgan va elangan qumlarni boyitish konsentratsiya stollarida samarali o`tadi.
7-jadval. Konsentratsiya stollari tasnifi va qo`llanish sohasi
Deka turi va soni
|
O`rnatish usuli
|
Deka harakati xususiyati
|
Yuritmali mexanizm turi
|
Stolning vazifasi
|
Stollar markasi
|
Mamlaka-timizdagi
|
Xorijdagi
|
Trapetsiyasimon yoki diagonal dekali bir dekalilar
|
Pastdan tayanchlarga
|
Deka tekisligida qaytma-ilgarilanma
|
Kulachokli-richagli yoki inersiyali
|
Qum va shlamlarni boyitish (qumli va shlamli)
|
SKM-1
|
“Deyster”Deyster-Overstrom” “Dester-Plat-O” “Xolman” “Vedag” (qumli)
|
Trapetsiyasimon yoki to`g’ri burchakli dekali bir dekalilar
|
Pastdan tayanchlarga yoki ressorlarga
|
Deka tekisligiga burchak ostida qaytma-ilgarilanma
|
Krivoship shatunli yoki inersiyali
|
Qumlarni boyitish (qumli)
|
-
|
“Gruzonverk” Gumbol’d” “Velag”(shlamli) “Otsukka”
|
Diagonal dekali ko`p dekali
|
Osmalarda
|
Deka tekisligida qaytma-ilgarilanma
|
Inersiyali
|
Qumlar va shlamlarni boyitish (qumli va shlamli)
|
SK-22,
SK-15
|
“Kontsenko-666”
|
Diagonal dekali bir dekali
|
Pastdan tayanchlarga
|
Deka tekisligida qaytma-ilgarilanma
|
Inersiyali
|
Shlamlarni boyitish (shlamli)
|
SKOSH-7,5
|
Xolman
|
Bir dekali
|
Pastdan tayanchlarga
|
Deka tekisligida qaytma-ilgarilanma
|
Inersiyali
|
Qum va
shlamlarn
i boyitish
(qumli va
shlamli)
|
SKO-0,5;
-7,5; -15;
-22;-30
-37; -45
|
-
|
Diagonal dekali ko`p dekali
|
Pastdan tayanchlarga
|
Deka tekisligida qaytma-ilgarilanma
|
Inersiyali
|
To`g’ri burchakli dekali uch yarusli
|
Pastdan tayanchlarga
|
Deka tekisligida qaytma-ilgarilanma
|
Kulachokli-richagli
|
Qumlarni boyitish (qumli)
|
YASK-1
|
-
|
Do'stlaringiz bilan baham: |