Leykozlarning etiologiyasi va patogenezi
Leykozlarning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:ionlovchi radiatsiya, har xil (ichki va tashki) kimyoviy mutagen moddalar, o’sma paydo qiluvchi viruslar,genetik apparat va immun sistemaning shikaslanishlari(mas.,immunologik nazoratning pasayishi)va b.
Leykozda turli agentlar ta’sirida mutatsiya hodisasi ro’y berib, o’sma(leykoz) hujayralari paydo bo’ladi. Bu hujayralardan ko’p miqdorda ularning o’ziga o’xshash hujayralar kelib chiqadi, ya’ni leykoz hujayralarning avlodi (kloni) hosil bo’ladi. Agar mutagen agentlar ta’siri davom etaversa, yangi klonlar ham hosil bo’lishi mumkin. Hosil bo’lgan ayrim hujayralar organism tomonidan bartaraf etiladi, ammo immun nazoratiga sezuvchanligi bo’lmagan, ayniqsa, eng avtonom(sarbast) hujayralar saqlanib qoladi. Natijada monoklon o’sma poliklon o’smaga, ya’ni eng xavfli turiga aylanadi.
Leykozlarda boshqa o’smalardagidek rivojlanish-avj olib kuzatilib, u ma’lum qonuniyat va bosqichda amalga oshadi:
1.monoklon va poliklon
2.Normal-me’yoriy gemopoezning buzilishi
Leykopoezning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, o’sma-leykoz hujayralari qon hosil qiluvchi to’qimalardan normal gemopoezni siqib chiqaradi, natijada leykotsitlar boshqa turlarining hosil bo’lishi kamayadi. Eritropoez ham keskin kamayib, bemorda og’ir anemiya yuzaga keladi. Trombopoez pasayib, qon ivishi sekinlashadi,qon ketishi ro’y berib, anemiya yanada kuchayadi.
3.Blast yadroli hujayralarning o’zgaruvchanligi natijasida fermentlarning o’ziga xosligini yo’qotgan, shakli keskin o’zgargan turli patologik hujayralar paydo bo’ladi.
4.Metastazlar. gemoblastozning boshqa turlarida va umuman, o’sma jarayonida metastazlar(o’smalarning tarqalishi) odatda kasallikning kechikkan davrlarida kuzatilsa,leykozlar vaqtida ayniqsa ularning o’tkir turlarida metastaz kasallikning boshlanishidayoq, yuzaga keladi.Ularning o’sma hujayralarida aslida qon hujayralardan(negiz yoki o’q hujayra)va uning yaqin avlodlaridan tashkil topganligi sababli ular osonlik bilan qonga o’tadi. Qonga o’tgan leykoz hujayralari turli a’zolarda, birinchi navbatda yo’qima, ham qon yaratuvchi a’zolar bo’lmish jigar, taloq, limfa tugunlarida, keyinchalik esa boshqalar (buyrak, miya pardalarida, ovqat hazm qilish a’zolarida, hatto og’iz bo’shlig’idagi to’qimalar va terida)o’rnashib, leykoz proliferatsiyasini yuzaga keltiradi, ya’ni yangi o’smalarni hosil qiladi. Bular yuqorida aytilgan a’zolarning faoliyatiga og’ir zarar yetkazadi.
5.Blast hujayralarning sitostatik moddalarga nisbatan sezuvchanligi yo’qolib, bemorni davolash g’oyat qiyinlashadi.
6.Me’yorida granulo-,monitsito- va limfopoezlarning buzilishi-o’ta ezilishi(depressiyasi)sababli immun reaksiyalar pasayadi, natijada organizm ikkilamchi infeksiyalarga beriluvchan bo’ladi,autoinfeksiyalar faollasadi. Leykozda limfotsitlarning immunologik nazorati bajarish qobilyati pasayib, natijada “taqiqlangan” agressiv klonlar ro’yobga chiqadi. Bular esa, auto-antitanalar hosil qilish qobilyatiga ega bo’lib, autoimmun jarayonlarni yuzaga keltiradi va buning oqibatida organizmning normal tuzilgan hujayra va molekulalari yot ziddigenlar sifatida qabul etilib, autoagressiv immun reaksiyalari rivojlanadi.
O’tkir leykozning klinik belgilari patogenezi quyidagicha bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |