Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar.
Bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, ikki yoki undan ortiq oddiy qat’iy sillogizmlardan tuzilgan xulosa chiqarish-polisillogizm, ya’ni murakkab sillogizm deb ataladi. Polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta yoki kichik asosi bo‘ladi. Shunga ko‘ra polisillogizmning progressiv va regressiv turlari farqlanadi.
Epixeyrema
Epixeyrema-murakkab qisqartirilgan sillogizm bo‘lib, uning har ikki asosi qisqartirilgan oddiy sillogizm (entimema) lardan iborat bo‘ladi. Epixeyremaning sxemasi quyidagicha:
M-Rdir, chunki M-Ndir.
S-Mdir, chunki S-O dir.
S-Pdir.
Misol:
Ilmiy qonunlar isbotlangan fikrlardir, chunki ular haqiqatdir.
Fizika qonunlari ilmiy qonunlardir, chunki ular tabiat qonunlaridir
Fizika qonunlari isbotlangan fikrlardir.
Epixeyremadan bahs va munozaralarda, notiqlik san’atida foydalanildi. Epixeyrema murakkab sillogizmning bir turi bo‘lishiga qaramay, uning tarkibidagi katta va kichik asosni, xulosani ajratib olish, farqlash oson bo‘lgani uchun ham, fikr yuritish jarayonida keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |