11-Ma'ruza. Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja: Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida


Fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish:deduksiya, induksiya va analogiya; ularning o‘zaro aloqadorligi



Download 62,11 Kb.
bet22/23
Sana13.02.2022
Hajmi62,11 Kb.
#446736
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Falsafa 11-ma\'ruza

4. Fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish:deduksiya, induksiya va analogiya; ularning o‘zaro aloqadorligi.


Induktiv xulosa chiqarishi
Biz avvalgi mavzuda zaruriy xulosa chiqarish bilan (deduktiv xulosa chiqarish asosida) tanishib chiqqan edik. Mantiqda ehtimoliy xulosa chiqarish ham o‘rganiladi.
Ehtimoliy xulosa chiqarish turli hil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan.
Induktiv xulosa chiqarish bilan batafsilroq tanishib chiqamiz.
Bilish, qaysi sohada amalga oshishidan qat’iy nazar-sog‘lom aql darajasidami yoki ilmiy bilishdami – doimo predmet va hodisalarning hissiy idrok etiladigan xossa va munosabatlarini o‘rganishidan boshlanadi. Uni falsafada, mantiqda empirik bilish bosqichi deb atashadi. Bu bosqichda sub’ekt turli xil tabiiy jarayonlar, ijtimoiy hodisalarda o‘xshash sharoitlarda ma’lum bir xususiyatlarning takrorlanishini kuzatadi. Bu ana shu turg‘un holda takrorlanib turuvchi xossaning ayrim predmetning individual xossasi emas, balki ma’lum bir sinfga mansub predmetlarning umumiy xossasi bo‘lsa kerak, degan fikrga kelishga asos bo‘ladi. Masalan, qaysi davlatda demokratiya prinsiplariga yaxshi amal qilinsa o‘sha davlat aholisining ijtimoiy turmush darajasi yukoriligini ko‘zatish mumkin. Shu asosda demokratiyaning prinsiplari, shartlari yaxshi amal qiladigan har qanday davlatda aholining turmush darajasi yuqori bo‘ladi, degan xulosaga kelish mumkin.
Mana shunday juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o‘tish induksiya shaklida sodir bo‘ladi (lotincha inductio-yagona asosga keltirish).
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya’ni uning asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz’iy xarakterga ega bo‘lgan bilimlar umumiy bilimlarni hosil qilish uchun mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi turg‘un aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy aloqalaridan iborat bo‘lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi yakka va juz’iy faktlar haqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini qayd etadilar. Induktiv xulosa chiqarish kuzatish va tajriba natijalarini umumlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, ular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Kuzatish predmet va hodisalarni o‘rganishning eng oddiy, ko‘p hollarda qo‘llash mumkin bo‘lgan usulidir. Unda sub’ekt (masalan, tadqiqotchi) kuzatilayotgan hodisaga bevosita ta’sir o‘tkazmasdan, uni tabiiy holatida, bog‘lanshlarida o‘rganadi. Bunda sub’ekt o‘z sezgi organlari, tadqiqotlar olib boriladigan asbob-uskunalar (masalan, mikroskop, tunda ko‘rish asbobi va shu kabilar) bilan ish ko‘radi.
Tabiiyki kuzatish pala-partish, uzuq-yuluq holda emas, balki izchil, ko‘pincha avvaldan tuzilgan reja (masalan, tadqiqot rejasi) asosida o‘tkaziladi. Masalan, korxona rahbari uning turli bo‘g‘inlarida, bo‘limlarida ishlayotgan mas’ul xodimlarning, ishchilarning ishini sistemali ravishda, muntazam kuzatib boradi, induksiya asosida ma’lum bir xulosalarga keladi. Bu xulosalar boshqaruv strukturasi, kadrlar masalasiga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa bir misol. Militsiya yoki prokuratura xodimi jinoyatni sodir qilishda shubhalanayotgan kishini hibsga olishdan avval uning hatti -harakatlarini oldindan tuzilgan reja asosida, turli xil sharoitlarda tabiiy holatda, unga xalaqit bermagan holda kuzatib boradi. Bu esa unga qat’iy bir qarorga kelishi uchun zarur bo‘lgan faktlarni topishiga yordam berishi mumkin.
Tajriba (eksperiment) hodisalarni o‘rganishning murakkabroq usuli bo‘lib, u bilish ob’ektiga ma’lum bir tarzda ta’sir o‘tkazishni taqozo etadi. Tajriba, albatta, avvaldan tuzilgan reja asosida, maxsus yaratilgan sharoitda, zarur asbob-uskunalardan foydalangan, kerakli mantiqiy usullarni qo‘llagan holda o‘tkaziladi.
Tajriba bilish jarayonida quyidagi qulayliklarni yaratishga imkon beradi.
1. O‘rganiladigan (tajriba o‘tkaziladigan) predmetlar doirasini tadqiqotchi ixtiyoriy ravishda kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin;
2. Bilish ob’ektini «toza» holda, ya’ni boshqa ob’ektlar ta’siridan «ajratib» qo‘ygan holda yoki ular bilan birga bo‘lgan o‘zaro ta’sirida olib o‘rganish mumkin;
3. Bilish ob’ektiga ta’sir etuvchi holatlarni ixtiyoriy tarzda o‘zgartirib turish mumkin;
4. O‘tkazitlayotgan tajribani tezlashtirish yoki sekinlashtirish mumkin;
5. Natijaning chinligiga ishonch hosil qilish uchun tajribani zarur bo‘lgan miqdorda takrorlash mumkin.
Induktiv xulosa chiqarishning bilishdagi bosh vazifasi juz’iy holni umumiylashtirish, ya’ni ayrim faktlarga xos xussusiyatni berilgan sinfga taalluqli barcha predmetlarga xos xussusiyat darajasiga ko‘tarish (generalizatsiya qilish) asosida umumiy bilim hosil qilishdan iborat. O‘z mazmuni va bilishdagi ahamiyatiga ko‘ra bu bilimlar kundalik tajribani umumlashtirish negizida hosil qilinadigan eng oddiy umumlashmalardan tortib, to empirik va nazariy qonunlar, gipotezalar, ilmiy nazariyalar darajasigacha etgan bilimlar bo‘lishi mumkin.
Ilmiy bilish tarixi fanning turli hil sohalarida kilingan kashfiyotlar, masalan elektr, magnitizm, optikaga oid juda ko‘p sababiy aloqadorliklar, qonuniyatlar ularning aynan induktiv yo‘l bilan o‘rnatilganini tasdiqlaydi.
Induksiya asosida hosil qilingan xulosalarning mantiqiy qiymati, ehtimoliy yoki zaruriy bo‘lishi o‘tkazilgan tajribaning xarakteriga bog‘liq.
Kuzatish va tajriba tugalanmagan bo‘ladi. Keyingi o‘tkaziladigan tajriba, kuzatishlarda predmet va hodisalarning yangi muhim xususiyatlari, munosabatlari aniqlanishi mumkin. Bu esa, mavjud predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuboradi. Xususan, avval chin deb hisoblangan bilimlar shubha ostiga olinib qoladi, ehtimoliy tarzdagi fikrlarga aylanadi.
Mantiqda ehtimollik tushunchasi chiqarilgan xulosaning noaniqligini, qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish zarurligini anglatadi. Shunga qaramasdan tajriba bilimning muhim vositasi bo‘lib qoladi.

Download 62,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish