38
hamda dovonlar bor. Demak, Farg`ona, Zarafshon. CHirchiq vodiysida joylashgan
kishilar uchun tog` turizmini keng rivojlantirsa bo`ladi.
Tog` turizmi bo`yicha seksiyalar tashkil qilish, turli poxodlar uyushtirish
uchun instruktorlar, ralibar kadrlar va havaskor turistlar avvalo, tog` turizmining
qoidalarini batafsil o`rganishlari, mutaxassislardan tegishli maslahatlar olishlari
shart. Tog* turizmida ishtirok etmagan rahbarlar yoki
instruktorlarga jamoani
birdaniga baland tog`larga olib chiqish man etiladi. CHunkt tog`iarda yurishning
o`ziga yarasha qonun va qoidalari bor. Ularni izchil o`rganmasdan va tajribada
sinamasdan turib poxodlarda yaxshi natijalarga erishish mumkin emas.
Piyoda va tog` turizmini aralash uyushtirishning o`ziga xos xususiyati
shundaki, turistlar tog` zonalarida yurish^ tartibini to`la bilishlari, kerakli
jihozlarni
jamg`arishlari lozim. Tezoqar daryo va kо`liar atrofida tunash, yurish. yashash
qoidalarini yaxshi o"zlashtirgan bo`lishlari kerak.
Respublika sharoitida turizmning velosiped, avtomobil, mototsikl,
qayiqda
sayohat qilish turlari ham mavjud.
Hozirgi paytda respublikaning eng chekka va uzoq tumanlariga asfalt yo`llar
qilinib, ular viloyatlar va respublika markazlargacha tutashib ketgan. SHuningdek.
tog`li zona rayonlarida ham yo`llar mashinalar uchun qulay ravishda moslashtirilgan.
Ana shu sharoitlar velosiped. mototsikl, avtomashinalarda sayohat qilish imkonini
beradi. Navoiy, Samarqand, Bekobod. Farg`ona, Toshkent va boshqa ko`pgina
shaharlardagi veloturistlar ancha tajribaga egadir. Ular veloturist kartalari,
marshrutlarini tayyorlaganlar. Bir
necha bor Samarqand - Dushanbe, Bekobod-
O`ratepa-Dushanbe, Navoiy-Samarqand-Termiz kabi marshrutlar bo`yicha
sayohatlar o`tkaz-ganlar. Samarqand, Navoiy. Toshkent motopoygachilari ham
yuqoridagi marshrutlar bo`yicha ko`pgina" turistik sayohatlar uyushtirganlar.
Toshkent. YAngier, Farg`ona turistlari engil avtomashinalarda faqat respublika
shahar va tumanlariga emas. balki qardosh Qirg`iziston. Qozog`iston, Tojikiston.
Turkmaniston, hatto Rossiya shaharlariga ham turli sayohatlar uyushtirmoqdalar.
O`zbekistonda sayohatlar rejali yoki bevosita havaskorlik yo`li bilan
uyushtiriladi. Rejali sayohatlar davlat yo`li bilan, maxsus yo`llanmalar orqali
o`tkaziladi. Bunday paytlarda respublika yoki xorijiy davlatlariga (Kavkaz.
Boltiqbo`yi, Uzoq sharq va h.k.) , sayohatlar uyushtiriladi. Bunday sayohatlarda
individual va guruh shaklida ham qatnashish mumkin yoki bir jamoa bo`lib
uyushtirish mumkin. Bunday sayohatlarni o`tkazishda viloyat, respublika turizm
kompaniyalari o
4
z zimmalariga oladilar.
Ko`pgina maktab, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlari. ishlab chiqarish
korxonalari, muassasalar, qishloq mehnatkashlari jamoa bo`lib. ko`ngilli ravishda
havaskorlik poxodlari, sayohatlari. ekskursiyalarini mahalliy tashkilotlar va
kasaba uyushmalaming rejasi hamda ruxsati bilan uyushtirishlari mumkin.