11-ma'ruza. Gaz turbina qurilmalari va ishlash uslubi. Reja: Gaz turbina haqida umumiy ma’lumot. Gaz turbinalarining ishlash prinsipi



Download 1,15 Mb.
bet1/4
Sana21.06.2022
Hajmi1,15 Mb.
#688445
  1   2   3   4
Bog'liq
11-Маruza.Matni




11-ma'ruza. GAZ TURBINA QURILMALARI VA ISHLASH USLUBI.


Reja:
1.Gaz turbina haqida umumiy ma’lumot.
2.Gaz turbinalarining ishlash prinsipi.
3.Gaz turbinali qurilmalardagi termodinamik jarayonlar va uning p–v,t–s diagrammalari.


Tayanch so’z va iboralar: Gaz turbinasi,GTQ qurilmalardan foydalanish,GTQ larda yoqilg‘i,GTQ larda ishchi jism, aralashma tashqarida hosil bo’ladigan dvigatellar,
Adabiyotlar /2,3,7,8,12,14/
1.Gaz turbina haqida umumiy ma’lumot
Yuqori bosim va harorat ostidagi yonish mahsulotlari energiyasini kuraklar yordamida rotor valining mexanik energiyasiga aylantiruvchi issiqlik mashinasi gaz turbinasi deyiladi. Gaz turbinalari ham bug‘ turbinalariday bo‘lib, faqat ularda bug‘ o‘rniga yonish mahsuloti – tutun asosiy ish jismi hisoblanadi.
GTQ gaz – turbinasi - dvigatel va yordamchi qurilmalardan iborat. Dvigatel tarkibiga turbina, yonish kamerasi, kompressorlar, yoqilg‘i nasosi, bak, elektr generatori, regenerativ issiqlik almashtirgichlar kiradi. Yordamchi qurilmalar jumlasiga GTQ ning qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab quyidagilarni kiritish mumkin: gaz yo‘llari, quvurlar, ishga tushirish qurilmalari, moylash tizimlari, suv ta’minlash qurilmalari va boshqalar. GTQ dagi turbina, elektr generatori, havo kompressori va yoqilg‘i nasosi yagona umumiy valda joylashtiriladi. Oxirgi 20 – 30 yil mobaynida GTQ xususan transport va energetikada keng qo‘llanila boshlandi. Energetikada qo‘llaniladigan GTQlari elektr energiyasi yetishmasdan qolganda, energetik tizimda buzilishlar bo‘lganda iste’molchilarni elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ishlatiladi. Bunday GTQ larning quvvati 1–100 MVt oralig‘ida bo‘lib, yil mobaynida 1500 soatdan ortiq ishlatilmaydi. Dengiz kemalaridagi GTQ asosiy energiya manbai hisoblanadi va ularning quvvati 30 kVt dan 10 MVt gacha bo‘ladi.
Neftni haydashda, gaz magistrali quvurlarida, turli xil kompressorlarni ishlatishda GTQ lari asosiy mexanik energiya manbai hisoblanadi. GTQ aviatsiya transportidagi turboreaktiv, turbovintli reaktiv samolyotlarning asosiy va forsaj (fransuzcha forcer – jadallashtirmoq) dvigatellarida ham keng tadbiq etilgan.
Hozirgi zamon GTQ ning deyarli hammasi yonish mahsulotlari turbinaning oqim qismi orqali o‘tadigan sxema bo‘yicha ishlaydi. Shu sababli gaz turbinalarida ishlatiladigan yoqilg‘i tarkibida zararli aralashmalar miqdori juda kam bo‘lishi kerak. Bunday yoqilg‘ilar jumlasiga tabiiy gaz, yaxshi tozalangan sun’iy gazlar (domna gazi, koks gazi, generator gazi) gaz turbinalarida ishlatiladigan maxsus suyuq yoqilg‘i (dizel, motor yoqilg‘isi, solyar moyi) kiradi. GTQ lar ish moddasini yoqish uslubiga ko‘ra v – const, p – const va aralash bosqichli bo‘ladi.
Gaz turbinasi deb, ishchi jismi yonuvchi gaz va havo aralashmasidan iborat bo‘lgan issiqlik yuritgichiga aytiladi. Ishlash printsipi va konstruksiyasi jihatidan bug‘ turbinasiga o‘xshash. Gaz turbinasining oquvchi qismida gaz oqimidan issiqlik energiyasi avval kinetik va so‘ng rotor aylanishi mexanik ishiga aylanadi.
Gaz turbina qurilmalari bug‘ turbinalariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega:
1) ixcham;
2) kondensator qurilmasining yo‘qligi;
3) konstruksiyasining soddaligi va qulayligi;
4) metall tejamkorligi;
5) sovitish uchun ko‘p suv talab qilinmaydi.
Gaz turbinasining quyidagi kamchiliklari mavjud:
1) gaz turbinalarining tez ishdan chiqishi;
2) ishlatiladigan yoqilg‘iga yuqori talabliligi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish