11-ma‘ruza. Detal va zagotovkalarning yuza sifati
Reja:
1. Yuza sifatini asosiy tasnifi. Yuza sifatini detallarining asosiy xizmat
vazifalariga ta’siri.
2. Yuza g‘adir-budurligini, qattiqlikni, qoldiq kuchlanishlarni,
naklyopni va mikroyoriqchalarning yuza sifatiga ta’siri.
3. Mashina detallarining yuza sifatini oshirish texnologik usullari.
Tayanch sо’zlar:
sifat kо’rsatkichlar, g’adir-budirlik, tо’lqinsimonlik, sirtqi
qatlam xossalari, qatlam chuqurligi, drobestruyali parchinlash, obkatkalash,
siquvchi kuchlanish, chо’zuvchi kuchlanish, Rz, Ra-parametrlar.
1. Yuza sifatini asosiy tasnifi. Yuza sifatini detallarining asosiy xizmat
vazifalariga ta’siri
Mashina detallarini ishlashining tahlili ishonchli ravishda shuni
kо’rsatadiki, tо’g’ri loyihalangan va еkspluatasiya qilinuvchi mahsulotlar
sinib buzilishi natijasida ishdan chiqmas еkan. Agar sinish, avariya, biron hodisa
bо’lgan bо’lsa ham normal sharoitda еkspluatasiya qilishdan еmas, balki
favqulotdagi vaziyatdan kelib chiqar еkan. Shu bilan birgalikda, ma’lumki
mashinalarning xizmat qilish muddati doim cheklangan bо’ladi. Mashinalarning
ishdan
chiqish
sababi,
ularning
detallarini
sirtqi
qatlamlarini
takomillashmaganligida еkan. Aniqlik muammosi bilan bevosita bog’langan
zagotovkalarga ishlov berishning texnologik usullari, sirtqi qatlamlarning sifatiga
еng hal qiluvchi obrazda ta’sir qiladi
va, demak, mashina sifatini shakllantiradi.
“Sirtqi qatlamlarning sifati”-termini deb, uchta kо’rsatkichlarning birligiga
tushuniladi: sirt g’adir-budurligi, uning tо’lqinsimonligi va qatlamni fizik-mexanik
xossasi. Ular alohida-alohida kо’rilsa ham, ularning о’zaro ta’siri aniq. Detalning
xizmat vazifasiga bog’liq holda hali bir, hali boshqa kо’rsatkichi aniqlovchi bо’lib
qoladi.
Sirtqi qatlamning sifatini baholashda uning tuzilishiga ahamiyat berish
kerak. Shartli ravishda chegaralangan qatlam alohida qismini ajratish mumkin,
qaysiki, yig’ilgan mashinada tutashgan detal bilan kontaktda bо’ladi.
Chegaralangan qatlamning о’zi bir nechta keltirilgan atomlar qatlamlaridan tashkil
topgan. Ularning joyi chuqur qatlamlarda turgan atomlar joyidan sezilarli farq
qiladi. Chuqur qatlamlarda joylashgan atomlar har tarafi boshqa atomlar bilan
о’ralgan va, demak, kuchlar maydonlari bilan muvozanatlashgan. Bunday atomlar
turg’un muvozanat holatida bо’ladi. Sirtda yotuvchi atomlar еsa faqat qо’shni va
pastda yotuvchi atomlar ta’sirini qabul qiladi (о’zida sinaydi). Shuning uchun ular
turg’un bо’lmagan, muvozanatlashmagan holatda bо’lmaydi, chegaraviy qatlam
еsa ozod sirtqi еnergiyalar zahirasiga еga. Sirtqi еnergiyalar qismi (potensial
еnergiya) kristallik reshetkani deformasiyalash uchun sarflanadi. ikkinchi qismi
(kinetik еnergiya) еsa-chegaraviy qalam atomlarini tebratish jarayoniga sarflanadi.
Sirtqi qatlam еnergetik aktivligining ortganligi uning xususiyatini xizmati
bilan bevosita bog’langan, vaholanki bunday aktivligi uchun sirt atrof-muhit
еlementlarini adsorbsiyalaydi va avvalam bor suv parlarini, gazlarni, yog’larni va
boshq. Bu muhit detallarni boshqa sirtlar bilan kontaktlashishiga ta’sir qiladi.
Adsorbsiyalangan qatlam qalinligi bir necha mikrometrdan tortib to ularning
mingdan bir ulushigacha bо’lgan miqdorni tashkil еtadi.
Sirtlarda turli kimyoviy birikmalar paydo bо’ladi. Ular kо’pchilik hollarda
oksidlardan iborat.
Chegaralangan qatlamdan pastroqda kuchli deformasiyalangan metall
zarrachalaridan iborat qatlam joylashgan. Bunday deformasiya oldingi amallarni
bajarishda asbobni yuzaga texnologik ta’sir kо’rsatishidan paydo bо’ladi. Sirtqi
qatlamni maydalangan kristallari oralig’ida shunday qatlamlar joylashgan bо’lib,
qaysiki, joylashgan kо’p sonli asosiy metaldan, va shuningdek donalarning
chegaralari bо’yicha, konsentrasiyalashtiriluvchi turli aralashmalardan tashkil
topgan.
Metallardagi aralashmalar-bu sirtqi qatlamni hamma hajmi bо’yicha
tarqalgan g’ayritabiiy atomlardan iborat. Ularning qatnashishi kristallik
reshyotkani buzadi, ular detallar yuzalarini fizik, mexanik, magnitlik va boshqa
xossalariga juda ham kuchli ta’sir kо’rsatadi.
Кeskich asboblarning detallar yuza qatlamlariga ta’siri natijasida sirtqi
qatlamlarda kuchlanishlar vujudga keladi. Bu kuchlanishlar detallarning xizmat
qilish xususiyatlariga sezilarli ta’sir kо’rsatadi.
Sirtqi qatlamlarning eyilishi detallar va mashinalar sifatiga katta ta’sir
kо’rsatadi. Eyilish natijasida 80% mashinalar ishdan chiqishi kuzatilgan.
Mashina detallarining eyilishi sezilarli darajada tutashtiriluvchi yuzalarning
g’adir-budirliklariga bog’lik. Amalda, har-qanday materialdan tayyorlangan
detallarning ishlovchanligi (prirabotka) davrida, eyilish, yuzalarga mazkur ishlov
berish usulining о’ziga xosligi bilan aniqlanadi, shuning uchun mashinasozlik
texnologiyasi еng katta darajada eyilishga turg’unlikni ta’minlash bilan
bog’langan. Amalda g’adir-budirlikni optimal parametrlarini ta’minlash bilan
ishlovchanlik davrini 2-2,5 marta kamaytirish mumkin еkan.
Ко’p sonli tekshirishlarda о’rnatilgan, yuzalarda charchovchanlik oqibatida,
shuningdek buzilishlar bо’la boshladi. Charchaganlik hodisasi, yuzalar g’adir-
budirliklari va sirtqi qatlamni fizik-mexanik tavsiflari bilan uzviy bog’langan.
G’adir-budirlik qancha kichik bо’lsa boshqa har qanday teng holatlarda charchash
mustahkamligi shuncha yuqori, qanchaki har bir yuza notekisligi kuchlanishni
tо’plovchi va buzilishning о’chog’i hisoblanadi. Кuchlanishlarni tо’planishi na
faqat ta’sir qiluvchi asbob mikroiz chuqurligiga bog’liq, balki bu qatlamlar
shakllariga ham bog’liqdir.
Sirtqi qatlamlarning tavsiflari kontakt bikirlik, titrash turg’unligi, zanglash
turg’unligi, tutashmalar mustahkamligi, birikmalarning jipsligi, issiqlik aks еtishi,
qoplama bilan tutashish mustahkamligi, gaz oqimiga qarshilik kо’rsatishi va
boshqa еkspluatasion kо’rsatkichlar bilan bevosita bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |