Введитепароль для подтвержения (Tasdiqlash uchun parolni yozing) maydonida esa parol yana qayta yoziladi. Keyin shu muloqot oynasidan Создать пароль (Parol yaratish) tugmasi bosiladi.
O‘rnatilgan parolni olib tashlash yoki uni o‘zgartirish uchun ham yuqorida parol o‘rnatishda bajarilgan amallar tartibi ketma ket bajariladi.
Kompyuterda bir nechta foydalanuvchilar uchun alohida parollar o‘rnatilishi mumkin.
Hisobga olish yozuvlaringiz uchun parolli himoyalashni qo‘llaga- ningizda ham bu kompyuterdagi boshqa foydalanuvchilar sizning hujjat- laringizni ko‘rishi mumkin. Bu holat bo‘lmasligi uchun Windows siz- ning fayl va papkalaringiz shaxsiy bo‘lishiga imkoniyat yaratib beradi. Bu esa huquqlari cheklangan foydalanuvchilarning fayl va papkalarin- gizga ruxsatsiz kirishidan himoyalaydi.
2.Microsoft Office ilovalarini boshqa foydalanuvchilar tomo- nidan ruxsatsiz o‘zgartirilishidan himoyalash
Microsoft Office ilovalarini parolli himoyalashni ko‘rib chiqamiz. Hujjatga, ishchi kitobga va taqdimotga parol o‘rnatish.
Hujjat, ishchi kitob va taqdimotga parol o‘rnatish uchun:
«Office» tugmasini bosing, so‘ng Сохранить как ... buyrug‘ini tanlang.
Сервис bandini, so‘ng Общие параметры buyrug‘ini tanlang.
Quyidagilardan birini yoki har ikkalasini tanlang:
Agar hujjatni ko‘rishdan saqlamoqchi bo‘lsangiz, u holda Изме- нение пароля для открытия файла maydoniga parol kiriting.
Agar hujjatga kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlamoqchi bo‘lsangiz, u holda Пароль для изменения maydoniga parol kiriting.
Парольдляоткрытияфайла buyrug‘i tanlanganda kuchaytirilgan shifrlash amalga oshiriladi. Парольдляизменения buyrug‘i tanlanganda shifrlash usullari qo‘llanilmaydi. Bu buyruq foy- dalanuvchining ishonchli hamkorlar bilan ishlashi uchun ishlab chiqil- gan bo‘lib, faylni himoyalash uchun mo‘ljallanmagan.
Ikkala parolni tayinlashda - biri faylga ruxsatsiz kirishdan himo- yalash uchun bo‘lsa, ikkinchisi hujjatning mazmunini muayyan ham- korlar tomonidan o‘zgartirishga ruxsat berish hisoblanadi. Bunda parol- larni turlicha bo‘lishiga e’tibor bering.
Boshqa hamkorlar tomonidan faylni tasodifan o‘zgartirishlardan asrash uchun Рекомендовать только для чтения ga belgi qo‘ying. Fayl ochilganda hamkorlarga « только для чтения» rejimi taklif etiladi.
OK tugmasini bosing.
Parolni tasdiqlash uchun uni yana bir marta kiriting va OK tug- masini bosing.