Yo’yaim =
Yuqoridagilardan qaysi ko’rsatkich zarurligi to’grisida fikrlar yuradi. Mumkin bo’lgan variantlar:
yuqori o’sish sur’ati;
nol holidagi o’sish;
manfiy o’sish sur’ati;
optimal o’sish sur’ati.
11.3. Iqtisodiy o’sishni prognozlashtirishda ishlab chiqarish funksiyasi
Ishlab chiqarish funksiyasi – bu, iqtisodiy-matematik tenglama bo’lib, ishlab chiqarish o’sishi bilan harajat o’sishining o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Matematik ishlab chiqarish funksiyasi turli xil shakllarda bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarish natijalari chiziqli bog’lanishga o’xshagan 1 tadan 8 tagacha murakkab ishlab chiqarish funksiyalari bir necha omillarga bog’langan darajali funksiyalardir2.
Birgina iqtisodiy o’sishning omillari modellari ishlab chiqarish ob’yektini prognozlashning sistemasiga, uning hajmiga bog’liq bo’lgan dinamikasiga va boshqa biror omilning dinamikasiga asoslangan.
Iqtisodiy o’sishga ko’p omillar ta’sir etadi, shulardan asosiylari: taklif omili, talab omili va taqsimot omili.
Omillar ta’siriga qarab iqtisodiy o’sish modellari tuziladi. Ularning 2 xil ko’rinishi mavjud, ya’ni 2 omilli va ko’p omilli.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning miqdoriy o’sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:
tabiiy resurslarning miqdori va sifati
mehnat resurslarining miqdori va sifati
asosiy kapitalning hajmi va sifati
texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti
Iqtisodiy o’sishga ko’plab omillar ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish potensialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutlaq miqdorini oshiradigan qilib qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi taklif va taqsimlash omillari o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo etadi. Masalan, resurslar miqdorining o’sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o’sish uchun imkoniyat yaratadi. To’liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash omillari ham o’z o’rniga ega bo’ladi, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
Fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti deyilganda pirovard mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg’unlashtirishni taqozo qiluvchi yangi usullarning topilishi ham tushuniladi.
Mehnat unumdorligining oshishini aniqlab beruvchi asosiy omil har bir ishlovchiga to’g’ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida kapitalning hajmi mutlaq ko’payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o’ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.
Ta’lim va malaka tayyorgarligi mehnat unumdorligini oshiradi va natija ancha yuqorilanish haqiga ega bo’lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo’yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O’z-o’zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko’rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda respublikamiz iqtisodiyotida band bo’lganlarning 90 % ga yaqini oliy va o’rta maxsus ma’lumotiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |