Bog'liq 612-18-guruh Toʻxtasinov Ziyodbek Taqsimlangan Algoritmlar amaliy11-15
11 - Amaliy mashg’ulot. UNIX OPERATSION TIZIMIDA TAQSIMLANGAN TIZIMLAR.
Ishdan maqsad: ERP kontseptsiyasiga asosan biznes boshqaruv axborot tizimlarini loyihalashtirishni o'rganish.
Nazariy qism:
ERP tizimlarini qayta ishlash, tashkilotlardagi boshqaruv va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish
ERP tizimlari (Enterprise Resource Planning System) – bu kompaniya resurslarini boshqaruv tizimlaridir. Bu tizimlar kompaniyaning barcha bo`linmalarini va uning zarur funksiyalarini yagona kompyuter tizimida birlashtirish uchun joriy etiladi. Bunda u kompaniyaning bo`linmalari joriy ehtiyojlarini qondirishga xizmat ko`rsatadi.
ERP tizimi barcha bo`linmalar va vazifalar bo`yicha yagona axborotlar bazasini yuritadi, shuning uchun axborotdan foydalanish osonlashadi va eng asosiysi bo`linmalarda axborot almashish imkoniyati yaratiladi.
Tashkilotga ERP tizimini joriy etish ma`lumotlarning ishonchlilik darajasining yuqoriligini, zarur axborotni olishda tezkorlikni, barcha bo`linmalarda bir xil ma`lumotdan foydalanish imkoniyatini ta`minlaydi. Shu bilan birga tizimda axborotni ruxsatsiz olish va chiqib ketmasligini ta’minlash ishonchli himoya darajasini qo`llash orqali amalga oshiriladi. ERP tizimida barcha asosiy va yordamchi biznes-jarayonlar avtomatlashtiriladi, shu jumladan moliyaviy hisobot va distributsiya, ishlab chiqarish va logistika, kadrlar bilan ishlash hamda mijozlar bilan o`zaro munosabatni boshqarish kabi jarayonlardir. Yaratilgan boshqaruv tizimi kompaniyaning daromad olish darajasini va uning bozordagi o`rnini oshiradi.
ERP tizimi tashkilotga yoki tashkilotlar guruhiga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
• yagona axborot makonini yaratish;
• faoliyatning asosiy ko`rsatkichlarini oshirish;
• boshqaruv tizimini tizimlashtirish va takomillashtirish;
• boshqaruv samaradorligini oshirish;
• o`z faoliyati to`g`risida ma’lumotlarni olishda ishonchlilikni va tezkorlikni oshirish;
• hisobotlarni o`z vaqtida va sifatli olishni takomillashtirish;
• kompaniyaning asosiy biznes-jarayonlarini samaradorligini oshirish.
Katta tashkiliy tuzilmaga ega tashkilot va idoralar uchun UZINFOCOM Markazi tashkilotning ko`p sonli va tarqoq filiallarini yagona axborot muhitiga birlashtirish imkonini beruvchi axborot tizimini yaratishni taklif etadi.
Bizning Markazimiz mutaxassislari MS SharePoint Portal Server platformasida jamoaviy axborot tizimlarini joriy etish bo`yicha loyihalarni amalga oshirib kelmoqdalar. Loyiha o`z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
• Buyurtmachi-tashkilot talablarini o`rganish va tahlil qilish
• Portalni loyihalashtirish va uning prototipini yaratish
• Dasturiy ta’minotni o`rnatish va sozlash
• Joriy etish va o`rgatish
• Texnik qo`llab-quvvatlash.
Bunday axborot tizimlarini joriy etish natijasida, tashkilotda asosiy ish jarayonlaridagi samaradorlik ortib boradi.
Bugungi kunga kelib Markaz tomonidan qator axborot tizimlari ishlab chiqilgan va joriy etilgan:
Davomatni nazorat qilish axborot tizimini joriy etish orqali tashkilotingizdagi xodimlarning mexnat intizomi monitoringini yuritib borish va tashkilotingizga ruxsatsiz kirishlarni cheklash kabi keng ko`lamli imkoniyatlarni yaratishingiz mumkin. Mazkur tizim hozirda UZINFOCOM markazida joriy etilgan bo`lib, boshqa tashkilotlarda ham joriy etish maqsadida sinovdan o`tkazilgan.
MS SharePoint asosida jamoaviy portal – u tashkilotda yangi ish muhitini shakllantiradi, natijada axborotni tezkor qabul qilish va qayta ishlash, qo`yilgan vazifalarni ijrosini nazoratga olish, hujjatlarni elektron ko`rinishda kelishish, to`g`ri qarorni qabul qilish uchun kerakli hisobotlarni va tahliliy ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratadi. Portal UZINFOCOM Markazida bir necha yil oldin joriy etilgan va uni boshqa tashkilotlarga ham o`rnatish maqsadida sinovdan o`tkazilgan.
"Aloqa" Axborot tizimlari kompleksi – uning doirasida «Telefon aloqasi», “Pochta aloqasi» va “Aloqa va ma'lumot uzatish tarmoqlarini boshqarish» tizimostilari yaratildi. Mazkur tizimlar yordamida telefon aloqasi, pochta aloqasi va aloqa tarmoqlari hamda ma’lumotlarni uzatish bo`yicha axborotlar jamlanadi va ularni foydalanuvchilarga faoliyat doirasida qo`llash, shu jumladan, bu yo`nalishlar bo`yicha asosiy ko`rsatkichlarni monitoring va tahlilini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Hozirgi kunda Axborot tizimlari kompleksi “O`zbekiston pochtasi» OAJning, “O`zbektelekom» AK ва O`z TTBRMning barcha bo`linmalarida joriy etilgan.
“Mahalla» axborot tizimlari kompleksi – mahalliy o`z-o`zini boshqarish muassasalari va ular faoliyatlari to`g`risida ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, tizimlashtirish va saqlash uchun “Fuqarolar yig`ini» axborot tizimi yaratildi.
EMMM axborot tizimi – EMMM markaziy apparati va filiallarida electron hujjat aylanish tizimini joriy etish.
O`zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo`mitasi axborot tizimini –axborot tizimining asosoiy vazifalari bo`lib ishyuritish va hujjat aylanish jarayonlarini hamda o`zaroaloqa shakllarini standartlashtirish va unifikatsiya qilish, takrorlanuvchi jarayonlarni bartaraf etish hisoblandi.
Davlat statistika qo`mitasi axborot tizimi. Bu loyiha doirasida 5 ta tizim ishlab chiqilgan:
• Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlarning ma’lumotlar bazasini boshqarish bo`yich maxsus dasturlar kompleksi (ONLINE – yechim)
• Internet tarmog`i orqali statistika hisobotlarini yig`ish tizimi (ONLINE – yechim)
• Tashkilotlar va muassasalarining yagona davlat registrini boshqarish va firma nomlarini taqdim etish tizimi (ONLINE – yechim)
• Elektron hujjat aylanish tizimi
• Rasmiy veb-sayt orqali ststistik ma’lumotlarni taqdim etish bo`yicha interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha tizim