Mintaqaviy siyosatning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi:
Mintaqaviy siyosatning maqsadlariga esa:
Davlatning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi roli, shuningdek, ayrim xo‘jalik tarmoqlarining o‘tish davrida bevosita uning qaramog‘ida qolishi bilan asoslanadi. Bundan tashqari, faqat davlat strategik vazifalar, xalqaro munosabatlar va ichki mintaqaviy siyosatni amalga oshiradi. Ammo, shu bilan birga, o‘tish davrida ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishda ba’zi bir kamchiliklarga yo‘l qo‘yish xavfi tug‘iladi. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Mintakaviy siyosatni amalga oshiruvchi dastaklar:
Mintaqaviy siyosatning zaruriyati bir vaqtning o‘zida barcha hududlar iqtisodiyotini bir darajada rivojlantirib bo‘lmasligidan kelib chiqadi. Binobarin, mintaqaviy siyosat rivojlanishi mumkin va mamlakat uchun muhim bo‘lgan ustuvor yo‘nalish va tarmoqlarga qaratiladi. Shu mazmunda u mintaqaviy iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi, amaliy (konstruktiv) yo‘nalishi hisoblanadi; mintaqaviy siyosat hududlararo ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishdagi vaziyatni dinamik holda muvofiqlashtirish va barqarorlashtirishga harakat qiladi.
Mintaqaviy siyosatning asosiy maqsadi quyidagilar:
Yuqoridagi strategik maqsadlarga turli yo‘llar yordamida erishiladi. Buning uchun avvalambor hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini mutloq ko‘rinishida tenglashtirish g‘oyasidan voz kechish talab qilinadi. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish, ochiq iqtisodiyot yuritish, qulay investitsiya muhitini yaratish lozim. Xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilgan holda o‘zaro manfaatli qo‘shma korxonalar qurish, turli yo‘nalishdagi erkin iqtisodiy mintaqalarni shakllantirish hududlar rivojlanishiga katta turtki beradi.
Mintaqaviy siyosat alohida hududlarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi, natijada iqtisodiy landshaft qutbiylashadi, o‘sish qutb va markazlari vujudga keladi. Har xil omil va sharoitlarni atroflicha tahlil qilish va rivojlanish imkoniyatlarini baholash orqali saralab olingan u yoki bu hudud iqtisodiyoti yuksalgandan so‘ng navbat mamlakatning boshqa hududiga o‘tadi. Natijada, iqtisodiy rivojlanish ham hududiy sikllik yoki davriylik, «geografik uzun to‘lqinlar» xususiyatiga ega bo‘ladi. Shu sababdan, ma’lum muddatda tanlangan hudud ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga urg‘u berilishi boshqa hududni kamsitish, imtiyozlarini cheklashni anglatmaydi. Chunki, keyinchalik bu hududga ham xuddi shunday e’tibor beriladi. Ammo mintaqaviy siyosat hududlarning o‘zlarini ham faolligini nazarda tutadi. Shuning uchun mahalliy hokimiyatning bu borada izlanuvchan, tadbirkor bo‘lishi talab etiladi.
Mintaqaviy siyosat o‘z mohiyatiga ko‘ra tashqi siyosatdan (geosiyosatdan) farq qilib, u mamlakatning ichki ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning darajalari ham har xil
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mintaqaviy siyosat turli hududlarda turlicha olib boriladi: ba’zi iqtisodiy rivojlanishi to‘xtab qolgan yoki sekinlashgan (masalan, Angren-Olmaliq sanoat rayoni) depressiv rayonlar xo‘jaligi harakatga keltirilishi, aholisi zich agrosanoat rayonlarda (Farg‘ona vodiysi) ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ekologik tanglik vujudga kelgan Orol bo‘yi kabi rayonlarda esa ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishni to‘g‘ri tashkil qilish talab qilinadi.
Xullas, mintaqaviy siyosat ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishda navbatmanavbatchilikni, «erkin hududiy raqobat va musobaqani» nazarda tutadi. Bu esa mamlakatning iqtisodiy makoni va tarmoqlar tarkibida doimiy o‘zgarishlar bilan birga sodir bo‘ladigan dialektik jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |