3.O‘zbekiston mintaqaviy siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan boshqa mamlakatlardagi kabi respublikamiz iqtisodiyotida ham “samarali” usulni qo‘llash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘plab foydalanilmayotgan zahiralar ishga tushirilmoqda; yangi korxonalar asosan kommunikatsiyalar bilan yaxshi ta’minlangan kichik va o‘rta shaharlarga joylashtirilmoqda; qishloq xo‘jaligida tabiiy-iqlim sharoitiga mos ekinlar ekish joriy etilmoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin, birinchi navbatda boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatga ega hududlar va shaharlarni rivojlantirishga, mintaqalar iqtisodiy taraqqiyotidagi tafovutlarni kamaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Qishloqda sanoatni, birinchi navbatda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlayodigan korxonalarni ishga tushirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tizimini shakllantirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, respublikamizning turli hududlari maydoni, aholi soni, tabiiy-iqlim sharoiti, infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanishi, shaharlashuv darajasi, aholining turmush sharoiti va boshqalarga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Jumladan, mamlakat ma’muriy-hududiy birliklari o‘rtasidagi aholi zichligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent viloyatining Toshkent tumaniga to‘g‘ri kelsa (1 km2 maydonda 767 kishi), Aksincha eng siyorak mintaqa Navoiy viloyatining Tomdi tumani (1 km2 maydonda 0,58 kishi) hisoblanadi.
Umuman, har bir tuman yoki shaharning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning mana shunday alohida jihatlari albatta hisobga olinishi lozim.
Mintaqaviy siyosat va uning mazmuni, tamoyillari va maqsadи
Ammo ko‘zda tutilgan maqsadlarga eng avvalo iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish asosida erishiladi. Binobarin, har qanday mintaqaviy siyosat bu hududiy iqtisodiy siyosatdir, iqtisodiy siyosat esa keng ma’nodagi ijtimoiyiqtisodiy siyosatdir.
Jamiyat tomonidan bu muammolarni bartaraf etish zaruriyati nisbatan yosh bo‘lgan mintaqaviy iktisodiyot fanining shakllanishiga va rivojlanishiga olib keldi. Mintaqaviy iqtisodiyotning fan maqomida shakllanishi uncha katta tarixga ega emas. Umuman, iqtisodiyotning hududiy jihatlarini birinchi marta o‘rgangan-nemis olimi I.Tyunen hisoblanadi. U 1826 yilda ma’lum bir iste’mol markazi–shahar atrofida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini xalqasimon joylashtirishni asoslab bergan.
Fan maqomida esa mintaqaviy iqtisodiyot amerikalik U.Ayzard tomonidan XX asr o‘rtalarida yaratildi. Albatta, mazkur fan asoslarining shakllanishida g‘arb klassik iqtisodchilarining (U.Petti, A.Smit, D.Rikkardo va boshqalar) nazariy ishlanmalaridan foydalanilgan.Mintaqaviy iqtisodiyot fanining rivojlanishida «uzoq xorij» mamlakatlar olimlari: Y.Shumpeter, F.Perru, V.Leontyev, T.Xagerstrand, P.Xagget, E.Xeksher, B.Olin, V.Bunge kabilarning xizmati katta bo‘lgan.
Mintaqaviy iqtisodiyot fani asosan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni o‘rganadi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish esa mamlakat milliy iqtisodiyotining umumiy holati, strategik vazifalari bilan belgilanadi. Jumladan, o‘tish davrining iqtisodiyoti bu davrni mumkin qadar tezroq va beshikast bosib o‘tish, bozor iqtisodiyotining mustahkam ishlab chiqarish, huquqiy va ma’naviy asoslarini yaratishni talab qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda qishlok xo‘jaligida yangi agrar munosabatlarning olib borilishi, yerning xususiy mulkligi ommaviy ravishda qishlok joylaridan aholining shaharlarga ko‘chishiga olib keldi va “soxta urbanizatsiya” jarayonini rivojlanishuvini yuzaga keltirdi. Shahar axolisining keskin kupayishi iqtisodiy, ijtimoyi, ekologik va qator tor muammolarni yuzaga keltirdi. Bunday muammolar AQSH hukumatini, hududlar va resurslar imkoniyatlarining yangi samarali yo‘llarini izlab topishga, transport infrastrukturasini va injener-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilashga va yer solig‘i stavkalarini o‘zgartirishga karatildi. Shu bilan birga, federal hukumat soliklar va davlat grantlari orqali mahalliy dasturlarni, amalga oshirish natijasida mintaqalarning iktisodiy- ijtimoiy darajasini oshirishga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |