1. Faulun V - - ta - na - nan
2. Mafoiylun V - - - ta-nan-nan-nan
3. Mustafoilun - - V - tan-nan-na-nan
4. Foilotun - V - - tan-na-nan-nan
5. Mafoalatun V – V V - ta- nan-na-na-nan
6. Mutafoilun V V - V ta-na-nan-na-nan
7. Mafoulotu - - - V tan-nan-nan-na
8. Muftailun - V V - tan-nan-nan-nan
Aruzda undoshni qaysi unliga qo‘shib o‘qish ham mu’imdir. CHunki shunga qarab vazn o‘zgarib ketadi.
qa - ra - may - lab q a - ram - ay - lab
U U - - U - - -
yo k i
ta - nam - da - jon ta - nam - dan - jon
U - U - U - - -
mafoilun mafoiylun
O‘zgarishga uchramasdan, to‘la ‘olda saqlangan ruknlar solim deyiladi. Ayrim o‘zgarishlarga uchragan ruknlar zohif, ya’ni o‘zgargan deb nomlanadi. Masalan, ayrim o‘zgarishlar natijasida sanab o‘tilgan 8 rukndan tashqari yana boshqa bir necha zo’if ruknlar ‘osil bo‘ladi.
Z O H I F L A R:
1. Mafoiylu U _ _ U ta - nan - nan - na
2. Mafoulu _ U U tan - na - na
3. Faul U _ ta - nan
4. Foo _ tan
5. Fao _ tan
6. Failun U _ _ ta - nan - nan
7. Falun _ _ tan - nan
Agarda o‘zgarishlar ruknning qisartirilishi, ya’ni kasr hisobiga yuz bersa, bunday zohiflar maqsur (qisqargan) deyiladi. Masalan, faulun - un = faul
19 ta solim bahrning 283 ta zohiflari bor. Navoiy shulardan 17 tasini ajratib ko‘rsatadi.
Qofiyalangan nasrda eng sodda bahr rajaz paydo bo‘lgan. Rajaz boshqa bahrlarning tarkib topishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
19 bahrning ko‘pchiligi arab hamda fors she’riyati uchungina xos bo‘lib, o‘zbek aruzida juda kam uchraydi. O‘zbek she’riyatida eng keng tarqalgan bahrlar ramal, rajaz, ‘azaj, rajaz, mutaqorib bo‘lib, ular o‘z tuzilishi ji’atidan turkiy xalqlar folklori uchun xos bo‘lgan barmoq she’rga juda yaqin turadi. Navoiyning «Xazoyin-ul maoniy» devoniga kirgan 2600 g‘azaldan 1400 tadan ko‘prog‘i ramalda yozilgan.
‘ a z a j :
YUzungni ko‘rsatib avval o‘zingga bandalar qilding
YAna ko‘nglim olim yuz nos birla xandalar qilding.
U - - - / U - - - / U - - - / U - - -//
mafoilun mafoilun mafoilun mafoilun
R a j a z :
Ey, sho’, karam aylar chog‘i yomonu yaxshini
Kim me’r nuri teng tuSHar vayrone obod ustina
- - U - / - - U - / - - U - / - U - -
foilotun foilotun foilotun foilotun
M u t a q o r i b:
Mug‘anniy, navoda tuzub mo‘otadil,
Navosozlik qil menga muttasil.
U - - / U - - / U - - / U -
faulun faulun faulun faul
Har bir bahr undagi asllarning sifatiga qarab, bir nechta vaznga bo‘linadi. Demak, rukndagi o‘zgarishlar yangi-yangi vaznlarni keltirib chiqaradi. SHunday qilib, aruz she’riyatining ‘ar bir bahri ichida vaznlar soni yuzdan ortib ketadi. Bobur aruzda 537 ta vazn borligini taokidlab o‘tadi.
Bahrlarning nomlari quyidagicha aniqlanadi:
- bahr nomidagi birinchi so‘z (ramal) bahrning nomini anglatadi;
- ikkinchi so‘z bir bayt ( 2 misra) dagi ruknlarning sonini (musamman-sakkizlik) anglatadi (bayt bir butunlik bo‘lib, misra yarim sanaladi);
- uchinchisi - bahrning vaznini anglatadi yoki baytdagi asllarning butun yoki o‘zgarganligini (solim yoki ma’zuf) ko‘rsatadi. Masalan, mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun bo‘lsa, hazaji solim bo‘ladi.
Uch mafoilun va bir mafoil bo‘lsa, ‘azaji zo’if (to‘g‘rirog‘i hazaji maqsur) bo‘ladi.
Ba’zi she’rlar bo‘g‘in ji’atidan farq qilmaydi, biroq ruknda farqlanadi. Ba’zi she’rlarni esa bir necha vaznda o‘qish mumkin.
Ikki misradagi asllar miqdori to‘rtadan sakkiztagacha bo‘lishi mumkin. Masalan, to‘rt ruknli aruz:
Ko‘zi suzuk nigorim
So‘zi chuchuk nigorim,
Boqmay qiyo o‘tarsan
Aybim nechuk nigorim?
- - U - / U - - tan-nan-nan-nan/ ta-nan-nan
mustafilun / faulun
Do'stlaringiz bilan baham: |