Nazorat savollari
1. Tashhis markazlarining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
2. Ijro intizomi va madaniyati haqida mulohazalaringiz qanday?
3. Rahbardagi pedagogik qobiliyatlarni qanday aniqlash mumkin? Tarbiya psixologiyasi — pedagogik
psixologiyaning g‘oyat murakkab va kam ishlangan bo‘limi bo‘lib, keyingi vaqtlarda bunga ko‘proq
etibor berilmoqda. U shaxsni bir butun holda tarkib topishi va rivojlanishiga old ichki (psixologik)
mexanizmlarni, shuningdek, uning ayrim xususiyatlarini o‘rgatadi.
Shaxs faoliyati jarayonida moddiy va ijtimoiy muhitning o‘zaro aloqasi jarayonida shakllanib boradi.
Faollik bo‘lmagan joyda shaxsning qaror topishi va rivojlanishi ham bo‘lmaydi. Bunda ijtimoiy
aloqalar jamiyat, guruh hamda turli jamoalar hayotiga faol kirishib ketish shaxsni shakllantirishning
muhim omillari sifatida maydonga chiqadi. Aniq maqsadni ko‘zlagan holda oldindan rejalashtirilgan
hamda tashkil etilgan jarayon bo‘lishi tarbiya, shaxs va ijtimoiy muhitning o‘zaro tasir ko‘rsatuvchi
yo‘nalishlari hisoblanadi. Shaxsning shakllanib borish sur’ati unga xos ayrim xususiyatlarning tola va
butun holda barqaror paydo bo‘lib borish uning mehnatda, o‘qishda, o‘yinda, muloqotda va yurish-
turish madaniyatida yaqqol ko‘rinadi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, faoliyat nima sababdan amalga
oshirilishi zarur ekanligini tushuntira olish bilangina har bir ishning rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi
vazifasi amalga oshadi. Bu fikrni shunday tushunish kerakki, tarbiyalanuvchi ongiga anglab yetilgan
barqaror va kuchli ichki ehtiros paydo bo‘lgandagina amalga oshirilayotgan faoliyat tarbiyalovchi
kuchga aylanadi. Xo‘sh, tarbiyaning o‘zi nima? A. Navoiy fikricha tarbiya, ya’ni «Pedagogika» bola
tarbiyasining fanidir. Bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tutmoq,
yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq, yomon xulqlardan asrab o‘stirmoqdir.
Shaxsni kamol toptirishda axloqiy tarbiyani asosiy hisoblagan sharq olimlari «Insonlarga eng muhim,
ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi» deb ta’rif berganlar. Tarbiyalanganlikni esa yaxshi va yomon
xulqlarning qay darajada shakllanganligi bilan o‘lchaganlar. Ushbu testda yaxshi xulqlar turlari,
ularning mezonini aniqlash va shular orqali tarbiyalanganlik darajasini belgilashga harakat qildik.
Buning uchun yaxshi xulqning turlari, ularning mezonlarini ishlab chiqdik.
Keyingi ish esa har bir shaxsning tarbiyalanganlik darajasini aniqlashdir.
Har bir tarbiyachi — o‘qituvchi uchun yaxshi xulq, uning mezonini bilish - keyingi faoliyatini tashkil
etishda yordam beradi deb o‘ylaymiz. Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash esa tarbiyalanuvchining
kamchilik tomonlarini tuzatishga yordam beradi.
3.Axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxis etish vositasi.
T/r
Tarbiyalanganlik ko‘rsatkichi
Bali (0-10 gacha)
1.
Vatanparvarlik
2.
Do‘stlik, insonparvarlik
3.
Halollik
4.
Mehnatsevarlik
5.
Intizomlilik
6.
Saxiylik
7.
Faollik
8.
Kamtarlik
9.
Ozodalik
10.
Tejamkorlik
11.
Jasurlik
12.
Chaqqonlik, chiniqish, kuchlilik
13.
Baynalminallik
14.
Mas’uliyatlilik
15.
Qiziquvchanlik
16.
Prinsipiallik
17.
Nafosatlilik
18.
Ishbilarmonlik, tadbirkorlik
19.
Iffat-hayolilik
20.
O‘z-o‘zini tarbiyalash, nazorat qilish

Pedagogik diagnostika va korreksiya (5A110901 pedagogika nazariyasi va tarixi: 2 kurs, 3 semestr)
Личный кабинет
Мои курсы
PDvK (Pedagogika NvT: 2 kurs, 3 semestr)
Тема 9
9-MAVZU: O’QUVCHILARNING AXLOQIY TARBIYALANGANLI...
9-MAVZU: O’QUVCHILARNING AXLOQIY TARBIYALANGANLIK DARAJASINI TASHXIS ETISH.
9-MAVZU: O’QUVCHILARNING AXLOQIY TARBIYALANGANLIK DARAJASINI TASHXIS ETISH.(2
soat)
Rеja:
1.O’quvchilarni axloqiy tarbiyalanligi ko’rsatkichlari va mezonlari.
2. O’quvchilarni axloqiy tarbiyalanligini tashxis etish metodikasi.
3.Axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxis etish vositasi.
1.O’quvchilarni axloqiy tarbiyalanligi ko’rsatkichlari va mezonlari.
Т/р
Tarbiyalanganlik ko‘rsatkichlari
Mezoni
1.
Vatanparvarlik
O‘lka o‘tmishi va hozirgi hayotiga qiziqish, tabiatga mehr qo‘yish va uni asrash, o‘z uyi, bog‘chasi,
maktabini sevish, mehnatga muhabbat, vatanining buyuk kishilari bilan faxrlanish va h.k.
2.
Do‘stlik, insonparvarlik
Jamoaga qo‘shila olish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, muhtojlarga yordam berish, mehr-
shafqatlilik, g‘amxo‘rlik, samimiylik, do‘stga sadoqatlilik va h.k.
3.
Halollik
Samimiylik, rostgo‘ylik, o‘z xatosini tan olish, so‘z bilan ish birligi, va’daga vafo qilish, o‘zgalar
mulkiga tegmaslik va h.k.
4.
Mehnatsevarlik
Mehnatsevarlik, vijdonan o‘qish, ishlash, uy-ro‘zg‘or ishlariga yordam, ijtimoiy mehnatda faollik,
doimo foydali ish bilan shug‘ullanish va h.k.
5.
Intizomlilik
Maktabda, ko‘chada, uyda, jamoat joylarida belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya
qilish. Buyurilgan ishni tez va aniq bajarish, mas’uliyatni his qilish va h.k.
6.
Saxiylik
Mehribonlik, kichiklarga g‘amxo‘rlik qilish, hamma narsani o‘rtoqlari bilan baham ko‘rish,
jonivorlarni avaylash va asrash, muruvvatli bo‘lish va h.k.
7.
Faollik
Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, kamchikka qarshi kurashish,
hamma ishda o‘rnak bo‘lish va h.k.
8.
Kamtarlik
Kishilar orasida ajralib turishga harakat qilmaslik, axloqli bo‘lish, tashqi ko‘rinish bilan ajralib
turmaslik, maqtanchoq bo‘lmaslik, bosiqlik, oddiylik, soddalik, sipolik va h.k.
9.
Ozodalik
Kiyim-kechak, azolar va tashqi ko‘rinishni ozoda tutish. Ish, o‘qish, uy, yurish, turish joylarini doimo
ozoda saqlash, pok yurish va h.k.
10.
Tejamkorlik
Shaxsiy va davlat mulkini asrash, buyumlarni tartibda saqlash, ehtiyot qilish, har bir narsadan to‘g‘ri
foydalanish va h.k.
11.
Jasurlik
Qo‘rquvni yenga olish, o‘zgalarga yordam berish, qatiyatlilik, adolatsizlikka murosasizlik va h.k.
12.
Chaqqonlik, chiniqish, kuchlilik
Xushbichim bo‘lishga intilish, sport bilan shug‘ullanish, kun tartibiga va shaxsiy gigiyenaga rioya
qilish, gimnastika mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va h.k.
13.
Baynalminallik
O‘z xalqining madaniyati va san’atiga qiziqish, o‘zga xalqlarning va o‘z xalqining urf-odatlarini
hurmat qilish, o‘zaro yordam va h.k.
14.
Mas’uliyatlilik
O‘z vazifasini sidqidildan bajarish, olingan majburiyatni o‘z vaqtida aniq bajarish, boshlangan ishni
oxiriga yetkazish va h.k.
15.
Qiziquvchanlik
O‘qimishli bo‘lish, bilim doirasini oshirish, berilayotgan saboqni yaxshi o‘zlashtirish, adabiyotlarni
o‘qib borish, axborot vositalaridan unumli foydalanish, har bir mashg‘ulotga to‘liq qatnashish va h.k.
16.
Prinsipiallik
Qarashlar va e’tiqodlarning barqarorligi, o‘z fikr va mulohazalarini ochiq aytish, o‘z fikrini himoya
etish, o‘z-o‘zini tanqid qila bilish, xatti-harakatlarga obyektiv baho berish va h.k.
17.
Nafosatlilik
Go‘zallikni his qila bilish, chiroyli ishdan, buyumdan zavqlanish, ozoda ko‘rinishga intilish, adabiyot,
san’atga qiziqish, har bir ishni sifatli bajarish va h.k.
18.
Ishbilarmonlik, tadbirkorlik
Vaqtdan to‘g‘ri foydalanish, pul va mol qadrini bilish, xarajatda tejamkor bo‘lish, savdoda ijodkor
bo‘lish va h.k.
19.
Iffat-hayolilik
Nafsni gunoh va buzuq ishlardan tiyish, ishda, so‘zda, yurish-turishda, kiyinishda, ovqatlanishda
odob saqlash va h.k.
20.
O‘z-o‘zini tarbiyalash, nazorat qilish
Axloqiy sifatlarni tahlil qilish orqali o‘zidagi kamchiliklarni qayta tarbiyalashga intilish, o‘zini
obyektiv baholash va h.k.
Yuqorida berilgan yaxshi xulqlar va ularning mezonlaridan foydalanib, tarbiyalanuvchining
tarbiyalanganlik darajasini aniqlash mumkin. Bunda o‘n balli tizimdan foydalanib, har bir shaxsning
tarbiyalanganlik darajasi aniqlanadi. Ballar kuzatish, suhbat, testlar, ish o‘yinlari natijasida va o‘z-
o‘zini baholash orqali qo‘yilishi mumkin. Tarbiyalanganlik ko‘rsatkichlari har biri alohida baholanib,
umumiy (20 turi) ball aniqlanadi. Eng yuqori baho 200 ni tashkil etsa, past baho 0 dir. To‘plagan
ballar asosida tarbiyalanganlik darajasi «past» «o‘rta» va «yuqori» aniqlanadi. Tarbiyalanganlik
ko‘rsatkichlarining qaysi biri past yoki yuqoriligiga qarab qayta tarbiyalash rejasini tuzish mumkin.
2. O’quvchilarni axloqiy tarbiyalanligini tashxis etish metodikasi.
Tarbiya psixologiyasi — pedagogik psixologiyaning g‘oyat murakkab va kam ishlangan bo‘limi bo‘lib,
keyingi vaqtlarda bunga ko‘proq etibor berilmoqda. U shaxsni bir butun holda tarkib topishi va
rivojlanishiga old ichki (psixologik) mexanizmlarni, shuningdek, uning ayrim xususiyatlarini
o‘rgatadi.
Shaxs faoliyati jarayonida moddiy va ijtimoiy muhitning o‘zaro aloqasi jarayonida shakllanib boradi.
Faollik bo‘lmagan joyda shaxsning qaror topishi va rivojlanishi ham bo‘lmaydi. Bunda ijtimoiy
aloqalar jamiyat, guruh hamda turli jamoalar hayotiga faol kirishib ketish shaxsni shakllantirishning
muhim omillari sifatida maydonga chiqadi. Aniq maqsadni ko‘zlagan holda oldindan rejalashtirilgan
hamda tashkil etilgan jarayon bo‘lishi tarbiya, shaxs va ijtimoiy muhitning o‘zaro tasir ko‘rsatuvchi
yo‘nalishlari hisoblanadi. Shaxsning shakllanib borish sur’ati unga xos ayrim xususiyatlarning tola va
butun holda barqaror paydo bo‘lib borish uning mehnatda, o‘qishda, o‘yinda, muloqotda va yurish-
turish madaniyatida yaqqol ko‘rinadi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, faoliyat nima sababdan amalga
oshirilishi zarur ekanligini tushuntira olish bilangina har bir ishning rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi
vazifasi amalga oshadi. Bu fikrni shunday tushunish kerakki, tarbiyalanuvchi ongiga anglab yetilgan
barqaror va kuchli ichki ehtiros paydo bo‘lgandagina amalga oshirilayotgan faoliyat tarbiyalovchi
kuchga aylanadi. Xo‘sh, tarbiyaning o‘zi nima? A. Navoiy fikricha tarbiya, ya’ni «Pedagogika» bola
tarbiyasining fanidir. Bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tutmoq,
yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq, yomon xulqlardan asrab o‘stirmoqdir.
Shaxsni kamol toptirishda axloqiy tarbiyani asosiy hisoblagan sharq olimlari «Insonlarga eng muhim,
ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi» deb ta’rif berganlar. Tarbiyalanganlikni esa yaxshi va yomon
xulqlarning qay darajada shakllanganligi bilan o‘lchaganlar. Ushbu testda yaxshi xulqlar turlari,
ularning mezonini aniqlash va shular orqali tarbiyalanganlik darajasini belgilashga harakat qildik.
Buning uchun yaxshi xulqning turlari, ularning mezonlarini ishlab chiqdik.
Keyingi ish esa har bir shaxsning tarbiyalanganlik darajasini aniqlashdir.
Har bir tarbiyachi — o‘qituvchi uchun yaxshi xulq, uning mezonini bilish - keyingi faoliyatini tashkil
etishda yordam beradi deb o‘ylaymiz. Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash esa tarbiyalanuvchining
kamchilik tomonlarini tuzatishga yordam beradi.
3.Axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxis etish vositasi.
T/r
Tarbiyalanganlik ko‘rsatkichi
Bali (0-10 gacha)
1.
Vatanparvarlik
2.
Do‘stlik, insonparvarlik
3.
Halollik
4.
Mehnatsevarlik
5.
Intizomlilik
6.
Saxiylik
7.
Faollik
8.
Kamtarlik
9.
Ozodalik
10.
Tejamkorlik
11.
Jasurlik
12.
Chaqqonlik, chiniqish, kuchlilik
13.
Baynalminallik
14.
Mas’uliyatlilik
15.
Qiziquvchanlik
16.
Prinsipiallik
17.
Nafosatlilik
18.
Ishbilarmonlik, tadbirkorlik
19.
Iffat-hayolilik
20.
O‘z-o‘zini tarbiyalash, nazorat qilish
To‘plangan ballar yig‘indisi:
— 0—80 gacha bo‘lsa tarbiyalanganlik darajasi «past»;
— 80—140 gacha bo‘lsa tarbiyalanganlik darajasi «o‘rta»;
140—200 gacha bo‘lsa tarbiyalanganlik darajasi «yuqori».
O‘z-o‘zini tarbiy alash uchun quyidagi reja asosida ish olib borish mumkin:
Tarbiyalanganlik ko‘rsatkichlari
Kamchiliklar
O‘z-o‘zini tarbiyalash uchun bajariladigan ishlar
1 2 3 4 va h.k
Do'stlaringiz bilan baham: |