3-tadbir. Dastlabki axborotlarni kiritish va yozish. Mashinaga joylashtirilgan
birlamchi statistik hisobotlarning ma'lumotlari EHMga kiritiladi, xatolar bayonnomasini
topshirish va kiritilgan axborotlarga tuzatishlar kiritish bilan nazoratning barcha turlari
amalga oshiriladi. Kеyin u katalog ma'lumotlari bilan yagona massivga birlashtiriladi va
arxivni tashkil qilish uchun nusxalar ko`chiriladi.
4-tadbir. Yig`ma jadvallarni ishlab chiqish, nazorat qilish, tuzatish, kiritish va
bosib chiqarish. Magnitli diskda oraliq yakuniy raqamli matritsalarni shakllantirish va
yig`ma jadvallarni dastlabki bosib chiqarilishi yuz bеradi, unda ma'lumotlarning
kutubxonali, matnli majmualaridan foydalaniladi. Jadvallar nazorati o`tkaziladi,
birlamchi ma'lumotlarga tuzatishlar kiritilgan hollarda ayrim jadvallarni qaytadan
hisoblash, nazorat qilish va «ishchi» bosib chiqarilashi bajariladi. Kеyin yig`ma jadval
bosib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |