10-mavzu. Xususiy kapital hisobi reja



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana12.05.2023
Hajmi0,7 Mb.
#937843
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
10-mavzu Xususiy kapital hisobi

Rezerv sarmoya
» schyotida qo‘llaniladi. 
TMZ kabi joriy aktivlarni qayta baholash buxgalteriya hisobining asosiy 
tamoyillarini («ehtiyotkorlik» yoki «konservatizm» tamoyillari) zid keladi hamda «Tovar 
moddiy rezervlar» 4 – son BHMSga muvofiq TMZ tannarxi va sof foyda qiymatidan eng 
kam baho bo‘yicha baholanadi. Biroq‚ agar garchi TMZni qayta baholash amalga 
oshirilgan bo‘lsa‚ qayta baholash summasi ularni sotish (yoki ishlab chiqarishga jalb 
etish) tadbirlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektning daromadiga qo‘shiladi. Faqat 
favqulodda holatlarda (rezervlar bahosini pasayishida‚ rezervlarga zarar yetishida‚ 
ularning eskirishida) TMZ bahosi pasayadi hamda o‘z kapitali schyotlarga ta’sir 
ko‘rsatmaydi. 
8520 – «Rezerv kapitali» hisobvarag‘idan turli rezervlarni hisobga olishda 
foydalaniladi. 
Aksiyadorlik jamiyatlari rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorda unga qadar 
har yili sof foydadan ajratmalar yo‘li bilan shakllantiriladi: 
8710 – «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» 
hisobvarag‘i debeti. 
8510 – «Rezerv kapitali» hisobvarag‘i krediti. 
Rezerv kapitali uning zararlarini qoplash‚ imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar 
to‘lash‚ 
aksiyadorlarning 
talablariga 
ko‘ra 
aksiyalarni 
sotib 
olish‚ 
jamiyat 
obligatsiyalarini so‘ndirish‚ qarzni hisobdan chiqarish hamda so‘ndirish imkoniyatlari 
mavjud bo‘lmaganda boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan. 
Masalan‚ hisobot davrida foyda majud bo‘lmaganda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha 
dividendlar to‘lanadi: 
8510 - «Rezerv kapitali» hisobvarag‘i debeti. 
6610 – «To‘lov uchun dividendlar» hisobvarag‘i krediti. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tugatilayotganda turli debitorlarning qarzlari hisobdan 
chiqariladi. 
8510 - «Rezerv kapitali» hisobvarag‘i debeti. 
4010 - «Buyurtmachi va xaridorlardan olinadigan hisobraqamlar» hisobvaraqlari 
krediti. 
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ta’sis 
hujjatlarida belgilangan miqdorlarda rezerv kapitalini tashkil etish ham qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan. Adliya vazirligida 1997 yil 29 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
«Yuridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi 


to‘g‘risida»gi 382 – sonli yo‘riqnomaga muvofiq xorijiy investitsiya ishtirokidagi 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun soliqqa tortiladigan daromad rezerv fondiga 20% 
gacha miqdorda ajratmalar summasiga mazkur fond ustav kapitalining 25% i miqdoriga 
yetgunga qadar kamaytiriladi. 
Ta’sis hujjatlariga va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlar uchun rezerv fondi 
boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham tashkil etilishi mumkin. 
Rezervlarni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar 2010, 2310, 2510, 9400 
– schyotlarning debetida va 8910 – «Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi» 
schyotining kreditida aks ettiriladi.
 
Tashkil etilgan rezerv hisobidan qoplangan xarajatlar sum-masiga 8910 – «Kelgusi 
davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi» schyoti debetlanib, 2310 –«Yordamchi ishlab 
chiqarish», 6710 – «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob – kitoblar» schyotlari 
kreditlanadi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish