aksiyalarni bekor qilishda kursdagi farqlarni qoplash uchun foydalanilganda ushbu
muomalalar bu schyotning debeti bo‘yicha hisobga olinadi.
8420 –«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar»
schyoti ustav
kapitalini shakllantirish jarayonida hosil bo‘ladigan kursdagi farqlarni hisobga olish
uchun mo‘ljallangan.
Valyuta va valyuta qiymatliklari hisobiga ustav kapitalini shakllantirish vaqtida
ustav kapitaliga badal to‘lash vaqtida amal qilingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha baholanadi.
Valyuta va valyuta qiymatliklarini baholash va boshqa mulklarni ro‘yxatdan
o‘tkazish vaqtida ta’sis hujjatlaridagi baholardan farq qilishi mumkin. Hosil bo‘lgan
bu kursdagi farqlar 8420 –«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar»
schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy farqlar, mulklar,
valyuta va valyuta
qiymatliklari schyotlarining debeti bo‘yicha va 8420 –«Ustav kapitalini
shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti krediti bo‘yicha, salbiy farqlar esa teskari
tartibda buxgalteriya provodkalari bo‘yicha aks ettiriladi. Baholardagi va kursdagi
baholashning bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida
oldindan kelishilgan
ustav kapitalidagi ta’sischilar ulushining o‘zgarmasligiga imkon beradi.
Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo‘lgan kursdagi farqlarning tahliliy hisobi,
ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiya egalari bilan hisoblashishdan tashqari,
har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar o‘zgarmasdan
qolishi lozim bo‘lgan ustav kapitalidan farqli o‘laroq qo‘shilgan kapital quyidagi
operatsiyalar natijasida to‘ldirilishi mumkin:
-
emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal
qiymatdan yuqori bahoda
aksiyalar birlamchi sotilishi holatida;
-
kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar ustav kapitalini shakllantirish chog‘ida;
-
emission daromad yuqorida ko‘rib o‘tilgandek‚ aksiyalar sotilish bahosi va
nominal qiymatii o‘rtasidagi tafovutni hisobga olingan hamda faqatgina birlamchi
emissiya chog‘ida aks ettiriladi.
Misol.
10000 so‘mlik nominal qiymati bo‘lgan aksiyalar 12000 so‘mdan sotilgan‚
quyidagi yozuvlar qayd etiladi:
5110‚ 5010 – pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari debeti – 12000.
4610 – «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzi» hisobvarag‘i krediti –
10000.
8410 – «Emission daromad» hisobvarag‘i krediti – 2000.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘i krediti
bo‘yicha faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan
ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda soliG‘iga tortish ob’ekti bo‘lib
hisoblanmaydi.
Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aksiyalarni sotishda va summalar
kamomadida 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘ida zarar aks ettiriladi.
Misol. 2000 so‘mlik nominal qiymatli, dastlab 2400 so‘mdan
sotilgan aksiyalar
2600 so‘mdan sotib olindi, keyin esa ikkinchi marta 2000 so‘mdan sotildi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»-2000 so‘m
D-t 8410-«Emission daromad»-400 so‘m
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar»-200 so‘m
K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar»-2600 so‘m.
Qo‘shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan
o‘tkazish paytidagi va ustav kapitaliga amalda valyuta va valyuta boyliklariga oid
badallarni kiritish paytidagi valyuta kurslarining farqlanishi natijasida kursdagi tafovut
yuzaga keladi.
Misol. Ta’sis shartnomasiga muvofiq qo‘shma korxonaning ustav kapitalida chet
ellik muassisning ulushi 200 ming dollardan iborat. Hujjatlarni ro‘yxatda olish paytida 1$
300 so‘mga teng bo‘lganligini hisobga olgan holda, uning ulushi 60000 ming so‘m, deb
baholandi. Biroq pul mablag‘lari bilan badallar to‘lash paytida 1$ 310 so‘mga teng
bo‘lgan. Bu esa korxona so‘m hisobida 200 ming dollarni olib, 60000 ming so‘m emas,
balki 62000 so‘mga ega bo‘ladi, degan ma’noni anglatadi. Bu tafovut 2000 (62000-
60000)ming so‘m qo‘shimcha sarmoyaga kiritiladi:
D-t 5210-«Mamlakat ichkarisidagi valyuta mablag‘lari»-62000 ming so‘m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari»-60000 ming
so‘m
K-t 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq»-2000 ming so‘m.
Biroq keyinchalik xorijiy valyutadagi pulga oid moddalar
har bir hisobot davri
yakunlanadigan sanada qayta baholanadi, bu qayta baholash natijasi kelgusi davrlar
daromadi yoki xarajatlariga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: