10-mavzu. Xususiy kapital hisobi reja


Mulkchilikning turli shakllardagi korxonalarda ustav kapitalining miqdori  quyidagicha belgilanadi



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana12.05.2023
Hajmi0,7 Mb.
#937843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10-mavzu Xususiy kapital hisobi

 
Mulkchilikning turli shakllardagi korxonalarda ustav kapitalining miqdori 
quyidagicha belgilanadi: 
 
-
aksiyadorlik jamiyatlarida 
- ustav kapitali nominali bo‘yicha aksiyalar jami 
qiymatiga muvofiq;
 
2
“Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш ва қўшимчалар 
киритиш ҳақида. 2016 йил 13 апрель. № ЎРҚ-404, 19-модда. 


-
mulkka jamoa egaligi bo‘lgan korxonalarda 
- barcha xodimlar ulushlari 
summasiga muvofiq;
 
-
davlat korxonalarida - 
ustav kapitali davlat xo‘jaligini amalga oshirish uchun 
korxonaga biriktirib qo‘yilgan mol-mulk summasiga muvofiq;
 
-
mas’uliyati cheklangan jamiyat(shirkat)larda 
- ta’sis xujjatlariga binoan mulkka 
egalik hissalari summasiga muvofiq;
 
-
davlatga qarashli korxonalarda -
ustav fondi miqdori uning xo‘jalik faoliyatini 
amalga oshirish uchun davlat tomonidan biriktirilgan mol-mulk summasiga muvofiq 
keladi. Bu miqdor ta’sis hujjatlarida korxonani tashkil qilish va uning balansiga mol-
mulkni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda qayd etilgan miqdorga mos kelishi kerak.
 
Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy 
tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari summasidir. Ustav kapitali 
hisobiga asosiy va aylanma mablag‘lar shakllanadi.
 
Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga 
xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga qarab, aylanma mablag‘lar esa normativlar asosida 
beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni 
korxonaning o‘zi mustaqil amalga oshiradi.
 
Amaldagi tartibga ko‘ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis hujjatlarida 
qayd etilgan miqdoriga muvofiq bo‘lishi kerak. Davlat korxonasi uchun yuqori turgan 
tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o‘tkazish 
to‘g‘risidagi buyrug‘i ta’sis hujjati hisoblanadi.
 
Ba’zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o‘zgarishi mumkin. Ustav 
kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot o‘zgartirishi mumkin.
 
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan
aksiyalarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi. Bunda chiqariladigan jami 
aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi mumkin.
 
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko‘payishi yoki kamayishi 
mumkin. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan 
amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat 
ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar miqdori doirasida joylashtirilishi mumkin. 
 
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi 
va uni ko‘paytirishdagi singari tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorining 
kamayishi aksiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘ladi, shu jumladan, 
jamiyatning o‘zi haqini keyinchalik to‘lash bilan aksiyalarni sotib olishi ham shu hisobga 
kiradi.
 
Amaldagi qonunlarga binoan aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga hissa tariqasida 
pul bilan baholanadigan va ta’sischilar tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to‘lash uchun 
kiritiladigan moddiy boylik, mulkiy yoki o‘zga huquqlarni to‘lashlari mumkin. Jamiyat 
ta’sis etilaganda uning aksiyalari pulini to‘lash shakllari jamiyatni tashkil etish 
to‘g‘risidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli 
qog‘ozlar pulini to‘lash ularni joylashtirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatiladi.
 
Aksiyador ta’sis yig‘ilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat ro‘yxatdan 
o‘tgandan keyin bir yildan kechikmay aksiyalarning to‘liq pulini to‘lashi kerak. 
Aksiyalarni sotib olish muddati o‘tganidan keyin aksiyadorlar jamiyati ularni o‘z 
ixtiyoriga qarab sotishga haqli.
 
Amaldagi qonunlarga muvofiq hissalarga bo‘lingan ustav kapitaliga ega bo‘lgan 
jamiyat ma’suliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi 


bo‘lingan hissalar miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yiladi, uning ishtirokchilari 
majburiyatlar bo‘yicha faqat o‘z mulki doirasida javob beradi.
 
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning hissalari 
hisobiga tashkil topadi va uning ko‘payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan 
hissa qo‘shuvchilarning ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish