10-mavzu XIII-XV asrlardaHindistоn Reja



Download 228,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi228,81 Kb.
#591491
  1   2
Bog'liq
3.1-MAVZU XIII-XV asrlardaHindistоn



10-MAVZU XIII-XV asrlardaHindistоn 
Reja:
1.
Dehli sultonligi. 
2.
Hindistоnni afg’onlar tomonidan istilo etilishi. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
G’aznaviylar, Dehli sultonligi, Eltutmish, Feruzshoh, 
afg’onlar, Temur hujumi, Mahmud, Vasko de Gama
Asosiy matn: 
1206 yilda G’azna sultonlaridan mustaqil bo’lib olgan Dehli sultonligi XIII 
va XIV asr davomida ancha katta davlat sifatida yashadi.
Dehli sultonligi ayniqsa XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida kengaydi, bu 
vaqtda uning sostaviga SHimoliy Hindistondan tashqari, Markaziy hindiston 
viloyatlari va Dekan yassi togligidagi ko’pchilik davlatlar kirardi. Dekan 1306—
1310 yillarda sulton Oloviddin Xiljiy tomonidan bosib olindi. Navbatdagi 
sultonlardan biri — Muhammad Tuglaq (1325—1351) deyarli butun hindistonni 
buysundirib, hatto Eron bilan Xitoyni ham zabt etishni orzu qilgan edi. Ammo 
sultonlikning kengayishi mustahkam xarakterga ega emas edi. XIV asr o’rtalarida 
Dekan ajralib chshuщ, ko’p utmay Dehlidan shimoldagi ko’pgina viloyatlar, shu 
jumladan, Bengaliya ajralib ketdi. Dehli sultonligi sostaviga kirgan kuichilik 
viloyatlar XIV asrning ikkinchi yarmida mustaqil davlatga aylanib oldi. Sulton 
Dehlining o’zida uncha mustahkam hokimiyatga ega emasdi, chunki u yerda 
feodallarning turli guruhlari o’rtasida hokimiyat uchun o’z luksiz kurash borardi.
Dehli sultonligi davrida feodal tuzumining o’z iga xos xususiyatlari. XIII—
XVI asrlarda hindistonda feodal tuzumi o’z iga xos tarzda rivojlandi. Bir 
tomondan, Hindistonda musulmon yer egaligi sistemasi qaror topib, shu tufayln 
butun yerlar davlat boshligi—sultonning mulkideb qaralardi. Kelgindi musulmon 
feodallari sultonning harbiy xizmatchisi bo’lib, updap ikta — vaqtincha va umrbod 
foydalanish uchun yer olardilar. Ular lqolidan (dezdonlardan) renta undirnb olish 
huquqiga ega edilar. Ikkinchi tomondan, mamlakatda mahalliy feodallar— kiyazlar 
(rojalar) saqlanib dolgan edn. Ular o’z viloyatlarini .mmalda mustaqil ravishda 
boshqarib, sultonga muayyan miqdorda boj tulardilar. O’rta va mayda hind 
feodallari — rojaputlar va boshqalar—qisman meros bo’lib dolgan feodal 
mulkchiligi xuquqi asosida, qisman harbiy xizmatni utab turgan paytda vaqtincha 
beriladigan in’om tariqasida yerga egalik qilardilar. Vaqt utishi bilan kelgindi 
iqtadorlar ham yernnng merosxur egalariga aylanib bordilar, ammo bu jarayon 
XIV asrning oxirigacha ham tugallanmadi. Yerlarning katta qismi har ikkata din — 
mahalliy, hind dini (eski ibodatxona yer egaligi) hamda yangi, musulmon (vaqf 
yerlari) dinidagi ruhoniylarning qo’lida edi.
Bu davrda hindistondagi feodal tuzumining yana bir xususiyati — jamoachi 
dezqon Xo’jaliklarining ilgarigidek ustun bo’lib qolganligidir. Mahalliy hind va 
kelgindi turk-musulmon feodallarining o’z lari odatda Xo’jalik bilan shugullanmas, 
balki qaram dezdoshlardan oziq-ovqat rentasi, qismai pul rentasiii undirib olardilar. 
Barshchina ishlari mavjud bo’lgan joylarda asosan qullar va past tabaqa dezdonlar 
mehnatidan foydalanilardi.
XIV asrlarda Hindiston feodal tuzumining xarakterli xususiyati—shahar 
hayotining aicha intensiv rivojlanishidir. Qadimgi tarix davridayoq mavjud bo’lgan 


shaharlar hatoriga sultonlar va ularning nabiralari — feodallarning rezidenqiyasi 
sifatida vujudga kelgan ko’pgina yangi shaharlar tqushildi. Dehli shazfining o’z i 
ana shunday feodal-poytaxt shahri uchun misol bula oladi. Bu yerda juda ko’plab 
saroy azush va xizmatchilarn, askarlar, amaldorlar va shu singarilardan tashqari, 
ko’pgina hunarmandlar va savdogarlar yashab, ular sulton saroyi hamda 
poytaxtdagi bonщa feodallarning iqtisodiy edtiyojlarini qondirardilar.
Ana shu shahar-rezidenqiyalar yoki «shahar-qarorgoxlar»dan taiщari, 
hindistonda XIII—XIV asrlarda Bengaliya qultigi bilan Arab dengizi sohilida 
joylashgan hamda xalq;aro savdosotiq bilan boglangan ko’pgina dengizbuyi 
shax;arlari muvaffaqiyatli rivojlandi. Bular orasida, xususan, Malabar sohilida Goa 
va Kalikut, Kambay qultigi sohilida Kambay ajralib turardi. SHimoliy hindistonda 
karvon savdosi bilan bogliq; bir qancha shaharlar bor edi. Bular orasida Agra, 
Panipa, Laxor, Mulьtan eng muhimlaridir. Hnd hunarmandlarining mahsuloti 
bo’lgan juda ko’plab buyumlar (avvalo kщori sifatli hind gazlamalari), 
shuningdek, turli ziravorlar Yevropaga va SHimoliy Afrikaga muntazam Yuborib 
turilardi. hindistonga yilqi, qalayi, mis, oltin, kumush pullar va shu singarilar 
tashib keltirilardi.

Download 228,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish