10.4. Turizm rivojlanishida xorijiy investitsiyalar roli
Turizmga sarflanadigan investitsiyalar haqida va umuman
investitsiyalar haqida
gapirish uchun avvalo xorijiy investitsiyalarning nima ekanligi to’g’risida aniq
tasavvurga ega bo’lish kerak. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda
qabul qilingan “Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlar faoliyatining
kafolatlari to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra O’zbekiston Respublikasida quyidagilar
xorijiy investor bo’lishi mumkin:
•
chet el davlatlari;
• xorijiy huquqiy shaxslar;
• xalqaro tashkilotlar;
• chet el fuqarolari, birlashmalari;
• O’zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari
Mazkur qonunning 2-moddasiga ko’ra mulkiy qiymatlarning
barcha turlari va
ularga bo’lgan egalik huquqlari hamda chet el mulkiga bo’lgan huquqlar, xorijiy
investorlar tomonidan ob’ektlarga va xorijiy investitsiya bo’lishi mumkin.
Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi yevropa ittifoqiga to’g’ri keladigan
boshqa SHarqiy va Markaziy yevropa mamlakatlarida
farqli ravishda Rossiyada
birinchi o’rinni SHveytsariya va AQSH egallaydi - bu mamlakatlarga jami kapital
qo’yilmalarning 51% to’g’ri keladi.
1995 yildagi muvaffaqiyatlarga qaramay, RF xozircha bozor munosabatlariga
o’tishda ayniqsa kuchli ilgarilab ketgan bir qator SHarqiy va Markaziy yevropa
davlatlaridan orqada qolmoqda. Vengriya 1995 yilda 3500 mln, Polsha - 1510 mln,
CHexiya - 2500 mln AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qila oldi.
Xorijiy kapitallar mintaqaga “xususiylashtirish to’lqinlari” va “iqtisodiy
sog’lomlashtirish” tufayli oqib kelab boshladi.
MDH mamlakatlarining deyarli barchasi sezilarli siljishlarga erishdilar.
Armaniston 1995 yilda $10 mln bevosita xorijiy
investitsiyalarni jalb qildi;
Ozarbayjon - $110 mln; Belorussiya - $20 mln; Qozog’iston - $284 mln;
Qirg’iziston - $515 mln; Moldova - $32 mln; Tojikiston - $15 mln; Ukraina - $200
mln; O’zbekiston - $115 mln.
Jami yil davomida jahondagi bevosita xorijiy investitsiyalar 40%ga o’sib, $35 mlrd
ga yetdi. Bu sohada Xitoy oldinda bormoqda, xorijiy investorlar bu mamlakatga
1995 yilda $38 mlrd mablag’ sarfladilar.
YAqin o’n yillar davomida Xitoy infratuzilmasini rivojlantirishga $700 mlrd
sarflanadi, bu SHarqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari
iqtisodiyotiga sarflash rejalashtirilgan maqsadli investitsiyalarning
yarmidan
ko’prog’ini tashkil qiladi. XXRga sarflanadigan mablag’lar barcha SHarqiy Osiyo
mamlakatlari infratuzilmalarini rivojlantirishga sarflanadigan jami $1,3 - 1,5 trln
investitsiyalarning taxminan 51% ni tashkil qiladi.
O’zbekiston, endi rivojlana boshlayotgan bozorga ega bo’lgan holda, yirik
investitsiya loyihalari uchun zarur bo’lgan kapital xajmini ta’minlay olmaydi,
qattiq valyutaga ega bo’lish qiyindir. Ammo bu muammolarning barchasini xorijiy
investorlar yordamida hal qilish mumkin. SHuningdek, ilg’or texnika va
texnologiyalarga, boshqaruvning ilg’or usullariga (qo’shma
korxonalar tuzish
orqali va hokazo) ega bo’lish va jahon bozoriga chiqish ham osonlashadi.
Prezidentimiz Oliy Majlis sessiyasida so’zlagan o’z nutqida respublikaga birinchi
navbatda quyidagilar zarurligini qayd etib o’tdi:
1) Ishlab chiqarish tarmoqlarini eng yangi texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan
jihozlash, ishchilarning malakasini oshirish, jahon bozorida ishlash usullarini
takomillashtirish, bizning maxsulotlarimizni sotish bozorlarini qidirib topish;
2) Mamlakatni xom ashyo yetkazib beruvchilikdan yuqori darajada taraqqiy etgan
davlat darajasiga olib chiqish.
Respublikada qulay investitsion muhitni ta’minlash uchun barqaror huquqiy baza
mavjuddir. Xususan, “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiyalar va
xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonunlar, “Tashqi
iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish choralari to’g’risida”gi, “Iqtisodiy
islohotlarni
yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoyalashni ta’minlash va tadbirkorlikni
rivojlantirish choralari to’g’risida”gi Farmonlar qabul qilingan.
Iqtisodiy islohotlashtirish va investitsiyalar buyicha mahkamalararo qo’mita tashkil
qilingan. 1995 yil 21 avgustda qabul qilingan “Xorijiy investitsiyalar buyicha
Agentlik tashkil etish to’g’risida”gi Farmonga muvofiq Agentlik tashkil etildi,
uning maqsadi iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jarayonini qo’llab-
quvvatlash, O’zbekistonda investitsion takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda
potentsial investorlarga va mahalliy hamkorlarga amaliy yordam ko’rsatishdan
iboratdir.
Ammo xorijiy hamkorlarni tanlashda masalaning hamma
tomonini xisobga olish
lozim.
Xulosa
Investitsiyalar ishlab chiqarilgan maxsulot va xizmatlarning xususiy davlat sektori
tomonidan tugallanmagan va eksport qilinmagan shakli bo’lganligi uchun ham uni
mikroiqtisodiy darajada ham kurib chiqish kerak bo’ladi. Xozirgi paytda
Respublikamizdagi turistik korxonalarga investitsiyalar keng jalb qilinmokda.
Bular asosan xorijiy investorlar tomonidan ajratilmokda. Bu shuni ko’rsatadiki,
xozirgi kunda mamlakatimizdagi siyosiy barqarorlik alohida ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: