10-mavzu: tayyorlov maskanida paxta xom ashyosini tayyorlashni tashkil etish reja: Tayyorlov maskanida paxta xom-ashyosini tayyorlashni tashkil etishning xususiyatlari


Qabul qilingan paxta sifati va vaznini aniqlash



Download 37,65 Kb.
bet4/4
Sana23.01.2023
Hajmi37,65 Kb.
#901456
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 10 (2)

2. Qabul qilingan paxta sifati va vaznini aniqlash

Paxta xom-ashyosinig sifatini aniqlash uchun namuna olish O‘zRST 643-95 «Paxta.Namuna tanlash usullari» davlat standarti asosida amalga oshiriladi.


Namuna tayyorlov maskanida paxtani tortish oldidan olinadi. Namunani paxtani tushirish paytida ham olish mumkin.
Namlikni aniqlash O‘zRST 644-95 «Paxta.Namlikni aniqlash usullari» standarti bo‘yicha, ifloslikni aniqlash O‘zRST 593-92 «Paxta Iflosliklarni aniqlash usullari» standarti bo‘yicha amalga oshiriladi.
Olingan namunaning namligi va iflosligini aniqlash, namuna solinadigan tunuka bankalarni saqlash uchun bostirma ostida quyosh nurlari tushmaydigan, chang va yog‘in-sochindan himoyalangan alohida joy ajratish zarur.
Sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun olib kelingan paxta partiyasining turli joylaridan namuna olinib, tekshiriladi.
Tashib keltirilagan paxta partiyalaridan namuna I zona klassifiqatori tomonidan topshiruvchi ishtirokida har 2 tonna paxta hisobidan qo‘l bilan olinadi.
Namuna kamida uch joydan, turli qatlamlardan taxminan 100-150 gramdan olinadi.
Paxtaning navi, namlik va ifloslik darajasi amaldagi usullar, sozlangan jihoz va uskunalar yordamida aniqlanadi.
Saralovchitomonidan namuna olishning to‘g‘riligi, laborantlarning ishlari, laboratoriyadagi jihoz va uskunalarning sozligini muntazam ravishda nazorat qilib turish paxta zavodi texnika nazorati bo‘limining boshlig‘i hamda laboratoriya mudiri (katta laborant) zimmasiga yuklatiladi.
Nazorat tekshirishlarda hamma paytlarda quyidagicha foiz ko‘rsatkichlariga yo‘l qo‘yish mumkin: iflosligi bo‘yicha bir marta tekshirishda 10 foiz (nisbiy), namligi bo‘yicha uch marta takroriy tekshirishda – 5 foiz (nisbiy).
Agar dastlabki va qayta tekshirishlar orasidagi ko‘rsatkichlarining farqi yuqoridagidan ortmasa, dastlabki tahlil natijalari to‘Qri deb hisoblanadi.
Saralovchi kunlik o‘rtacha namunalar solingan har bir katta bankaga tahlil natijalari yozilgan №2 – XL shaklidagi ma’lumotnomani yopishtiradi. Bu ma’lumotnomaga namuna olgan saralovchi va xo‘jalik vakili imzo chekadi.
Laborant paxtaning navi, namligi va iflosligi uchun tahlil o‘tkazgandan so‘ng natijalarni №2– XL shaklidagi ma’lumotnomaga va laboratoriya jurnaliga qayd etib, imzo chekadi.
Ma’lumotnomaning old tomoniga saralovchi va paxta topshiruvchi, orqa tomoniga namuna olgan saralovchi, laboratoriya mudiri (katta laborant) imzo chekadilar.
Ma’lumotnoma to‘lg‘azilganidan so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi.
Kunlik o‘rtacha olingan namunalar paxtani qabul qilish tugagach xo‘jalik kun bo‘yi topshirgan paxtaning umumiy hisobiga qo‘shiladi.
Tayyorlov maskani laboratoriyasi tomonidan partiyalar (xo‘jaliklar, bo‘lim, brigadalar) bo‘yicha paxtaning namligi va iflosligini aniqlash uchun o‘tkazilgan tahlil natijalari uning konditsion vazniga haq to‘lash uchun yakuniy xulosa deb hisoblanadi.
Xo‘jaliklar bilan pul hisob-kitoblari hamda rejani bajarish hisoblari paxtaning har kuni aniqlab berilgan konditsion vazni asosida amalga oshiriladi.
Paxtaning kilogrammlar hisobidagi konditsion vazni quyidagi formula bilan hisoblanadi:






Bunda, Mr – paxtaning iflos aralashmalari hisobiy me’yorga
keltirilgan vazni, kg;
Mf – qabul qilib olingan paxtaning fizik vazni, kg;
Wr – namlikning 9,0% - ga teng bo‘lgan vazniy
nisbatining hisobiy me’yori;
Wf – haqiqiy namlikning vazniy nisbati; %;
Zr – iflos aralashmaning 2,0 % ga teng bo‘lgan hisob vazn
ulushi, me’yori;
Zf – paxtaning iflos aralashmalarining % haqiqiy vazn
ulushi, %.
Konditsion vaznni hisoblash dastlabki o‘nlik belgisigacha aniqlik bilan amalga oshiriladi va butun songa yaxlitlanadi.


O‘z-o‘zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollar:

1. Tayyorlov maskanida paxta xom-ashyosini tayyorlash qanday tashkil qilinadi?


2. Qabul qilingan paxta sifati va vazni qanday aniqlanadi?
3. Paxta saqlash qanday amalga oshiriladi?
4. Paxta g‘aramlash qanday amalga oshiriladi?
Download 37,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish