Tayyorlov maskanida paxta xom-ashyosini tayyorlashni tashkil etishning xususiyatlari
Paxta xom-ashyosini qabul qilish uchun paxta tayyorlash maskanlari zaruriy asbob-uskunalar, o‘lchov asboblari bilan jihozlangan.
Paxta konditsion vazn bo‘yicha barcha sanoat navlari uchun umumlashtirilgan iflos arlashmalarning vazniy ulushi (2,0 foiz) va namlikning vazniy nisbati (9,0 foiz) hisobiy me’yori bo‘yicha qabul qilinib hisoblanadi.
Paxta to‘dasining jamlanishi, saqlanishi va qayta ishlanishi «Paxta terish va tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnomaga» binoan tolaning turiga va paxtaning sifat ko‘rsatkichlariga qarab har bir xo‘jalik bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Paxta unga yozilgan №1 – sx (paxta) shaklidagi tovar – transport nakladnoyi asosida qabul qilinadi. Nakladnoyining barcha bandlari to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Bu nakladnoylar qat’iy hisob-kitob hujjatlari hisoblanadi.
SHpindelli paxta terish mashinasida terilgan paxtani topshirayotganda jamoa xo‘jaliklarining brigadalari va boshqa paxta etishtiruvchi xo‘jaliklar ilova nakladnoyiga terim turini ko‘rsatishlari shart. Jamoa va boshqa xo‘jaliklaridan qabul qilingan paxta uchun nakladnoy katta saralovchi tomonidan ikki nusxada to‘ldiriladi. Birinchi nusxasi 17-PK shakldagi qabul varaqasi bilan birga tayyorlov maskani buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa, topshiruvchiga qaytariladi.
Paxta tahlili natijalari haqidagi ma’lumotnoma (2-XL shakl) jamoa yoki fermer xo‘jaligi tayyorlov maskaniga etkazib bergan paxtaning laboratoriya tahlili natijalarini yozish uchun qo‘llaniladi.
Ma’lumotnomaning o‘ng tomoni I zona saralovchi tomonidan to‘ldiriladi va kun mobaynida jamoa (fermer) xo‘jaligidan qabul qilingan paxtaning tanlab olingan namunasi bo‘yicha tahlil natijalarini yozish uchun laboratoriyaga beriladi. SHundan so‘ng u bir nusxada to‘ldirilib, laboratoriyadan tayyorlov maskani buxgalteriyasiga o‘tkaziladi.
Paxtani qabul qilish uchun qabul varaqasi (17-PK shakl) jamoa (fermer) xo‘jaligidagi paxta xaridini tasdiqlovchi boshlanQich hujjat hisoblanadi, topshirilgan paxta yuzasidan jamoa (fermer) xo‘jaligi bilan tayyorlov maskani o‘rtasidagi hisob-kitob, hamda xo‘jalik tomonidan davlat buyurtmalari va kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini hisobga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. qabul varaqasi kun mobaynida keltirilgan paxtaga har-bir xo‘jalik bo‘yicha alohida yoziladi.
2-XL shakli
___________________________ paxta zavodi
___________________________ paxta tayyorlash maskani
Paxta tahlili natijalari haqida
____ MA’LUMOTNOMA
200___ y "___"___________________
___________________________________ tumani
___________________________________ qishloq kengashi
___________________________________ jamoa xo‘jaligi
___________________________________ fermer xo‘jaligi
(nomi)
Nakladnoy soni ___________________________________________.
To‘daning nomeri __________________________________________.
Paxta navi ___________, sinfi______________________________.
Paxtaning seleksiya navi ___________________________________.
Namuna olingan paxtaning massasi__________________________kg.
Paxta tayyorlash maskanining I zona saralovchisi ________________
_________________________________________________________________________
Jamoa (fermer) xo‘jaligi vakili _______________________
2-XL shaklining orqa tomoni
Do'stlaringiz bilan baham: |