10-Mavzu. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmat) lar va ularning sotilishi hisobi Reja: Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar va ularning ahamiyati


Tayyor mahsulotlarni qabul qilishda omborxona hisobini yuritish



Download 159 Kb.
bet5/8
Sana02.06.2023
Hajmi159 Kb.
#947942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-Mavzu. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmat) lar va ularning sotilishi hisobi (1)

6. Tayyor mahsulotlarni qabul qilishda omborxona hisobini yuritish.
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi tezkor buxgalteriya usuli bo’yicha tashqil qilinadi, ya’ni har bir mahsulot nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi (M-17 shakli). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va schyotga berilishi bilanoq, ombor xodimi hujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo’yadi va har bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab qo’yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun yoki belgilangan grafik bo’yicha ombordan hujjatlarni qabul qilib olishi kerak (qabul qilish-topshirish yukxati, tovar-transport yukxatlari). Ombor hisobining to’g’ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasi asosida har oyda tayyor mahsulotning nomenklaturasi, o’lchov birligi, miqdoriga asoslangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi baholari bo’yicha qoldiqlar aniqlanadi.
Mahsulotning kirimi va chiqib ketishi bilan bog’liq muomalalar rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlar ombor varaqalariga yozilgandan so’ng buxgalteriyaga topshiriladi. Bu erda hujjatlar tekshiriladi, guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob regitsrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul ko’rinishda ifodalangan hisobi buxgalteriyada ombor mudirining hisoboti ma’lumotlari asosida yuritiladi.
Tayyor mahsulotlar harakatini pul ko’rsatkichdagi hisobi 16-«Tayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasida yuritiladi.
16- «Tayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasining I bo’limidan 2810 schyotning to’liq ma’lumotlari ta’rifini ikki bahoda – haqiqiy va hisob bahoda olinadi. Bu oy oxiriga bo’lgan tayyor mahsulotlarning umumiy hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog’ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga teng bo’lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekanligi; agar foizi 100 dan kam bo’lsa, korxona mahsulot tannarxining pasayganligini, natijada ushbu mahsulotni sotishdan u rejadan ortiq foyda olganligini; agar shu foiz 100 dan ortiq bo’lsa, korxona kal’kulyatsiya moddalari bo’yicha me’yorga nisbatan ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yganligini va bu o’z navbatida, foydani kamaytirganligini ko’rsatadi.
Shu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga bo’lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo’natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi.
Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati shundaki, uni Bosh daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi.
Tayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida yuritiladi ya’ni mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning ombor kartochka hisobi (17-M shakli) ochiladi. Tayyor mahsulotlarni kirimi va chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan kartochkalarga qiymatliklar miqdorini (kirim, chiqim) yozib qo’yadi hamda har bir yozuvdan keyin qoldig’i chiqariladi.
O’tgan sutka ichida omborda yig’ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish – topshirish nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari) ni buxgalter har kuni qabul qilib boradi. Ombor hisobining to’g’ri yuritilishi buxgalterning ombor hisobi kartochkasiga qo’yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi.
Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda tayyor mahsulotlar nomenklaturalari, o’lchov birligi, miqdorini ko’rsatib tayyor mahsulotlar qoldig’ini hisobga olish qaydnomasini to’ldiradi va uni buxgalteriyaga topshiradi. Buxgalteriyada hisob bahosi bo’yicha taksirovka qilinadi va buxgalteriya ma’lumotlari (16-qaydnomaning I-bo’limi) bilan solishtiriladi.


Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish