10-Mavzu. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmat) lar va ularning sotilishi hisobi Reja: Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar va ularning ahamiyati


-jadval Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2800)ning bog’lanishi



Download 159 Kb.
bet4/8
Sana02.06.2023
Hajmi159 Kb.
#947942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-Mavzu. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmat) lar va ularning sotilishi hisobi (1)

78-jadval
Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2800)ning bog’lanishi



Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog’lanishi




Debet

Kredit




1

Asosiy, yordamchi sexlardan, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan tayyor mahsulotlarning kirim qilinishi

2810

2010, 2310, 2710

2

Tayyor mahsulotlarni hisobning yarim tayyor usulida kirim qilish

2810

2110

3

Tayyor mahsulotlarning ko’rgazmadan omborga kirim qilinishi

2810

2820

4

Tayyor mahsulotni qayta baholash
a) qiymatining oshirilishi
b) qiymatining kamaytirilishi

2810
3190

6230
2810

5

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tayyor mahsulotlar

2810

9390

6

Ichki ehtiyojlar uchun tayyor mahsulotlarning ishlatilishi, tayyor mahsulotlarning sexlarga qayta ishlov berish va boshqalar uchun qaytarilishi

2010, 2310, 2510, 2710 9410-9440

2810

7

Tayyor mahsulot omboridan mahsulotlar yaroqsiz mahsulotlarni to’zatish uchun berildi

2610

2810

8

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad, agar aybdor shaxs aniqlanmagan bo’lsa

5910

2810

9

Kelgusi davr xarajatlari tarkibida yuritiladigan xarajatlarga tayyor mahsulotlarning ishlatilishi

3190

2810

10

Tayyor mahsulotlarning ko’rgazmaga berilishi

2820

2810



4. Tayyor mahsulotlarni baholash va ularning nomenklaturasi.
Hisobda tayyor mahsulotlarga boshqa baholar qo’llanilsa ham farq summasi va foizi shu tartibda hisoblanadi.
Tayyor mahsulotlar harakati hisobini to’g’ri tashqil etishda ularning nomenklaturalarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Mahsulotlar nomenklaturasi – ushbu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari nomlarining ro’yxatidir. Mahsulotlar nomenklaturasini tuzishda bir buyuqiyini ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarni ma’lum belgilariga qarab qilingan tasnif asos bo’ladi. Nomenklatura raqami turli miqdordagi raqamlar bilan belgilanishi mumkin. Korxona nomenklaturalaridan quyidagi xizmatlarda:

  • dispetcherlar – mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qilish uchun;

  • sexlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini nazorat qilish uchun va tayyor mahsulotlarni omborga topshirishda nakladnoylar yozish uchun;

  • marketing bo’limi – mahsulot jo’natish shartnomasining bajarish imkoniyati ustidan nazorat qilish uchun;

  • buxgalteriya – analitik hisob, svodkalar va hisobotlar tuzish uchun foydalanishi mumkin.

Shuning uchun korxonalarning buxgalteriya hisobini tashqil qilish tizimida tayyor mahsulotlar ularni yuklash va sotish hisobi alohida o’rin tutadi.


5. Tayyor mahsulotlarning harakatini – jo’natish va sotish jarayonini hujjatlashtirish.
Sub’ektlar mahsulotni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish rejalarini tuzayotganda ushbu faoliyat natijasida olinadigan (kutilayotgan) foyda hajmini ham belgilaydilar. Chunki shartnomada kelishilgan baho ko’rsatilganda uning tarkibiga mahsulotning tannarxi va soliqlardan tashqari tegishli miqdorda foyda summasi ham qo’shiladi. Bu summani shartnomada ko’rsatilgan tayyor mahsulotlarning miqdoriga ularga qo’shilgan foyda summasi qo’shilsa umumiy kutilayotgan foyda hajmi aniqlanadi. Ushbu kutilayotgan foyda summasi asosida to’lanadigan bo’naklarning miqdori - byudjetga soliq bo’yicha to’lanadigan summa aniqlanadi.
Olingan foydaning haqiqiy summasi esa belgilangan tartibda, asosan oyning va yilning oxirida aniqlanadi. Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning kelishilgan sotish bahosi bilan ularning to’liq haqiqiy tannarxi (ishlab chiqarish tannarxi va ularni sotish bilan bog’liq sarflar) o’rtasidagi farq summasidan qo’shilgan qiymat va aksiz soliqlarini chegirilgan holdagi farq summasi hisoblanadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi 10/1 jurnal – orderining 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotini debeti va 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyotini krediti bo’yicha aks ettiriladi. 2810- «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti aktiv inventar schyoti bo’lib, uning salьdosi korxonaning ombordagi mahsulotlar qoldig’ining haqiqiy tannarxini ko’rsatadi; debet oboroti – asosiy ishlab chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini, shuningdek mol oluvchilar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar qiymatini, kredit oboroti hisobot oyida yuklab jo’natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ko’rsatadi.
Tayyor mahsulotlar harakatini pul ko’rsatkichdagi hisobi 16-«Tayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasida yuritiladi.
16- «Tayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasining I bo’limidan 2810 schyotning to’liq ma’lumotlari ta’rifini ikki bahoda – haqiqiy va hisob bahoda olinadi. Bu oy oxiriga bo’lgan tayyor mahsulotlarning umumiy hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog’ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga teng bo’lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekanligi; agar foizi 100 dan kam bo’lsa, korxona mahsulot tannarxining pasayganligini, natijada ushbu mahsulotni sotishdan u rejadan ortiq foyda olganligini; agar shu foiz 100 dan ortiq bo’lsa, korxona kal’kulyatsiya moddalari bo’yicha me’yorga nisbatan ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yganligini va bu o’z navbatida, foydani kamaytirganligini ko’rsatadi.



Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish