Bog'liq 10 Mavzu TARIXIY GEOLOGIYA PLATFORMA VA GEOSINKLINALAR, ULARNING
1-topshiriq yuzasidan ma’lumot: Materik yer po’stining asosiy tuzulish (tuzilish) elementlari va materiklar makrorel’efining asosiy shakllari. Materik yer po’stining asosiy tektonik elementlari platformalar va geosinklinallardir. Rel’efda platformalarga katta-katta tekisliklar (platformalardagi ayrim tog’li o’lkalar ham shu jumlaga kiradi), geosinklinallarga burmali tog’lar zanjirlari to’g’ri keladi. Har qaysi materikning negizida kembriydan oldingi bitta (Evrosiyoda) yoki bir nechta platforma bor. Ularni geosinklinallar turli yoshdagi tog’ zanjirlari o’rab olgan
Kembriydan ilgari yer po’stining hamma joyi juda harakatchan bo’lgan, undan g’oyat ko’p vulkan jinslari oqib chiqib turgan. Otqindi jinslardan arxey yerasining granitli massivlari maxsulotlarning dastlabki va bo’lajak yadrolari hosil bo’lgan. Bu yadrolar platformalar aoosini tashkil etgan (latincha Platum-tekislik demak).
Kembriydan oldingi eng qadimiy platformalar yer sharida kenglik bo’yicha ikki qator bo’lib joylashgan. Birinchisi shimoliy o’rtacha kengliklarda joylashgan bo’lib, u Shimoliy Amerika (bunga Grenlandiya ham kiradi), Sharqiy Yevropa va Sibir’ platformalaridan iborat. Ikkinchi qator ekvatorial materiklarning platformalarini - Janubiy Amerika, Afrika (Arabiston bilan), Hindiston, Xitoy va Avstraliya platformalarini tashkil etadi. Chekkada Antarktida platformasi bor.
Materiklardagi Kembriydan ilgarigi vujudga kelgan yadrolarning qanday geografik kengliklarda joylashganligini ko’rib chiqar ekanmiz, ular geografik uzoqliq bo’yicha uch qator hosil qilganligini ko’ramiz, bular Shimoliy va Janubiy Amerika qatori; Sharqiy Yevropa va Afrika qatori; Sibir’, Xitoy va Avstraliya qatori. Hindiston va Antarktida qatorlar hosil qilmagan.
Materiklarning gorizontal harakati to’g’risidagi gipotezaga ko’ra, platformalarning shimoliy qatori Lavraziya materigining yorilishi bilan bog’liqdir, janubiy qatori esa g’oyat katta Gondvana materigining qismlari deb qaraladi.
Yer yuzasida qadimiy materikning g’oyat katta qadimgi platformaning barcha bo’laklari o’zaro birlashib yaxlit bir shakl hosil qilishini ko’rish mumkin. Qadimgi platforma bo’laklarining bunday bir-biriga mos joylashganligi barcha materiklarning geologik tuzulishiga ham mos keladi. Gondvananing bo’linish sabablari va mexanizmi, shuningdek materiklar rivojlanishining umumiy yo’nalishi mantiya bilan Litosferaning katta-katta qismlari o’rtasidagi o’zaro ta’sirga bog’liq bo’ltan.
Issiqlik fizikaviy jarayonlarning tezligi va bunga muvofiq quyi Litosferaning xarorati materiklarning chekkalaridan markaziga tomon orta boradi. Ichki oblastlardagi yer po’sti ostidagi moddalar chekka oblastlardagiga qaraganda ko’proq qizigan bo’ladi. Shuning uchun ham materiklar maydoni qancha katta bo’lsa, ularning yer po’sti ham shuncha qalin bo’ladi. Lavrentiya materigi Shimoliy Amerikaning qadimgi quruqligi. Bu nom Ayo Lavrentiy daryosidan olingan. Terminning ikkinchi qismi Yevrosiyoni bildiradi.
Gondvana materigi shu qadar katta bo’lganki, mantiyadagi konvektsion harakatlar uning markaziy qismi gumbazsimon ko’tarilishiga va bu yerda yer yoriqlari tizimining paydo bo’lishiga olib kelgan. Gumbazsimon ko’tarilish markazi hozirgi Afrikaga to’g’ri kelgan. Uning tagida konvektsion harakatlar vektorlari muvozanatda bo’lgan, shuning uchun bu palaxsa harakat qilmagan. Mantiya ichidagi kuchlar muvozanatining «harakatsiz doirasi» vujudga kelishiga sabab shuki, boshqa materiklardan farq qilib, Afrika geoidning uzun o’qida yotadi.
Gondvananing qolgan boshqa bo’laklari siljigan va qisman mantiyaning konvektsion harakatlari yo’nalishiga qarab bir oz burilgan. Hozir bo’laklar shunday holatdaki, bu holat rotatsion kuchlar harakati natijasiga to’g’ri keladi. Faqat qadimgi arxey massivlari paydo bo’lgandan keyingina bu massivlar orasida geosinklinal oblastlar vu-judga kelgan va tog’ paydo bo’lish harakatlari boshlangan.
Yosh geosinklinallar (sinklinal-pastga buqilgan burma) yer potining harakatchan qismlari bo’lib, bu yerlarda tog’ hosil bo’lish jarayonlari ro’y beradi. Geosinklinal rivojlanish jarayoni murakkab bo’lib, hali yetarli o’rganilmagan.
Quyi paleozoyda kembriydan oldingi platformalar yaqinida kaledon deb atalmish geosinklinal bo’lgan. Sillur davrining oxiri va devon davrining boshlarida, ya’ni kaledon tog’ hosil bo’lish bosqichida bu geosinklinal o’rnida burmali tog’lar paydo bo’lgan. Bu burmali tog’lar Yevropada, Osiyoda, Amerikada va qisman Afrikada g’oyat katta maydon-larni egallagan. Kaledon tuzulishlari hozirgacha Shotlandiya, Skandinaviya, Shpitsbyergen, Grenlandiya, Labrador, shuningdek, Zabayqal’e, Yenisey bo’yi, Qozog’istonning g’arbi va Markaziy Osiyoning ba’zi bir yerlarida, ya’ni uchala shimoliy platforma atrofida, shuningdek, qisman Avstraliyada saqlanib qolgan.