HAYOT SUG‘URTASI ( Life Insurance)
O‘tgan ikki yil davomida hayotni sug‘urtalash sohasida faoliyat yuritayotgan
kompaniyalar sonining sezilarli o‘sishi kuzatildi. Ushbu sohadagi kompaniyalar
sug‘urta operatsiyalarining hajmini, asosan, hayot sug‘urtasining jamg‘arib
boriladigan turlari orqali ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ladilar. Bunday o‘sishning
asosiy rag‘batlantiruvchi kuchi bo‘lib, uzoq muddatli hayot sug‘urtasi xizmatlaridan
foydalanadigan jismoniy shaxslar uchun mamlakat hukumati tomonidan yaratilgan
soliq imtiyozlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 2018 yilda jismoniy
6 Rasm https://www.uzreport.news/economy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan
7
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 12% ga qisqardi, bu esa keyingi
yillarda hayotni sug‘urtalash sohasida sug‘urta mukofotlarining o‘sish
tendensiyalari va dinamikasiga ta’sir qilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, hayotni sug‘urtalash tarmog‘idagi ishtirokchilar soni
oltitaga ko‘paydi. Hayot sug‘urta sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar
(keyingi o‘rinlarda – hayot sug‘urta kompaniyalari) ga to‘g‘ri keluvchi jami
mukofotlar 3,0 martaga oshib, 417,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Sohadagi sug‘urta
qoplamalari esa yuqoriroq o‘sish sur’atini namoyon etib, 337,1 foizni tashkil qildi
va natijada ularning umumiy hajmi 264,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, 2018 yilda sug‘urta mukofotlari va qoplamalarining asosiy qismi
4 nafar sug‘urta kompaniyasiga to‘g‘ri kelgan, qolgan ikkita kompaniya o‘z
faoliyatini hisobot davrining deyarli ikkinchi yarmida boshlagan. 2018 yilgi
natijalarga ko‘ra, mukofotlar hajmi bo‘yicha 159,9 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta
mukofotlari yig‘gan holda "New Life Insurance" mas’uliyati cheklangan jamiyat
yetakchilik qildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni "Agros Hayot" MChJ va
"O‘zbekinvest Hayot" MChJ mos ravishda 129,6 mlrd. so‘m va 101,2 mlrd. so‘m
miqdoridagi mukofotlarni to‘plab egallagan. "Alfa life" ShXJ SK 24,4 mlrd. so‘m
miqdoridagi sug‘urta mukofotlarini yig‘ib, sohadagi 4-o‘rinni egallab turibdi.
Ta’kidlash joizki, soha bo‘yicha mukofot tuShumlarining asosiy qismi uchta
kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning tarmoqdagi ulushi mos ravishda: "New
Life Insurance" MChJ - 31,1%, "Agros Hayot" MChJ - 38,3%, "O‘zbekinvest
Hayot" MChJ - 24,3% ga to‘g‘ri keladi.
2.1-jadval
Hayot sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yurituvchi kompaniyalarning asosiy
ko‘rsatkichlari (2018 yil)7
№
Sug‘urta
kompaniyasining
nomlanishi
Sug‘urta mukofotlari
Sug‘urta qoplamalari
mlrd.
so‘m
O‘zga
rishi
%da
Tarmo
qdagi
ulushi,
%
mlrd.
so‘m
O‘zga
rishi
%da
Tarm
oqda
gi
ulush
i, %
1
"New Life Insurance"
MChJ
159,9 357,8 38,3
98,7
395,4 37,4
2
"Agros Hayot" MChJ
129,6
1
002,6
31,1
79,1
2
400,4
30,0
7 Jadval https://www.uzreport.news/economy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan
8
3
"O’zbekinvest Hayot"
MChJ
101,2 159,3 24,3
68,1
181,1 25,8
4
"Alfa Life" ShSK
24,4
139,3 5,9
17,6
141,8 6,7
5
"Euroasia Life" MChJ
2,0
-
0,5
0,4
-
0,2
6
"Kafolat Hayot" MChJ
0,2
-
0,0
-
-
0,0
Umuman olganda, yuqorida qayd etilgan to‘rtta kompaniya jami sug‘urta
mukofotlari bo‘yicha ijobiy natijalarga erishdi va ularning natijalari faqat olingan
mukofotlarning o‘sish sur’atlari bilan farqlanadi.
Uzoq muddatli sug‘urta turlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tushumlar
hajmining ortishi bilan sug‘urta to‘lovlarining ham ortishi kuzatiladi. Shu
munosabat bilan, sug‘urta to‘lovlarining va zararlilik darajasining o‘sishi salbiy
tendensiya hisoblanmaydi, chunki uzoq muddatli hayot sug‘urta xizmatlarining
asosiy mohiyati shartnoma muddati so‘ngida barcha to‘langan sug‘urta
mukofotlarining qaytarilishini nazarda tutadi. Misol uchun, 2018 yilda hayotni
sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlarning hajmi 3,4 barobar oshib, 264,0 mlrd. so‘mni
tashkil etdi. Sohadagi sug‘urta mukofotlarining zararlilik darajasi 63,3%ni tashkil
etdi. Sug‘urta to‘lovlarining salmoqli ulushi " New Life Insurance" MChJ (37,4%),
"Agros Hayot" (30,0%) va "O‘zbekinvest Hayot" (25,8%) kompaniyalari hissasiga
to‘g‘ri kelgan va umumiy 93,2% ni tashkil etgan.
UMUMIY SUG‘URTA (Non-life insurance)
2018 yilda umumiy sug‘urta sohasida ham mukofotlarning jadal o‘sish sur’atlari
kuzatilgan. Eslatib o‘tamiz, umumiy sug‘urta tarmog‘i mulkiy sug‘urta, javobgarlik,
tadbirkorlik va moliyaviy tavakkalchiliklar, shuningdek, shaxsiy sug‘urtaning ayrim
riskli turlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy sug‘urta turlarining asosiy farq qiluvchi
xususiyati shundaki, ular sug‘urtalashning xavfli turlariga kiradi, shuningdek
jamg‘arish hamda investitsiya daromadlarini nazarda tutmaydi.
Tahlillarning avvalida aytib o‘tilganidek, 2018 yilda sohada bir yangi kompaniya
vujudga keldi va sohasidagi jami mukofotlar 54,4% ga oshgan holda 1,2 trln. so‘mni
tashkil qildi. Mutaxassislarning fikricha, bunday o‘sish darajasi umumiy sug‘urta
sohasi uchun yaxshi natija hisoblanadi. Sug‘urta mukofotlari hajmidan farqli
ravishda, sohadagi sug‘urta qoplamalari miqdori 2,7 foizga o‘sdi va 196,8 mlrd.
so‘mni tashkil etdi. Umumiy sug‘urta sohasidagi mukofotlarning o‘sish sur’ati bilan
taqqoslaganda sug‘urta qoplamalarining bunday past o‘sish sur’ati 2018 yilda
kompaniyalarning samarali anderrayterlik faoliyatini yuritganidan darak beradi.
Umuman olganda, sug‘urta bozorida mukofotlarni jalb qilish bo‘yicha
"O‘zagrosug‘urta" AJ (14,6%), "O‘zbekinvest" EIMSK (13,9%) va "Gross
Insurance" (12,6%) MChJ boshqa kompaniyalardan sezilarli farq bilan yetakchilik
9
qilgan. Sohadagi 4- va 5-o‘rinni egallagan keyingi ikkita kompaniya "Kafolat" AJ
(9,6%) va "Alfa Invest" MChJ SK (6,8%) hisoblanadi. Sohadagi barcha qolgan
kompaniyalarning ulushi 6,0% dan past. Sug‘urta bozorida ro‘y bergan o‘zgarishlar
natijasida tarmoqdagi yetakchi uchta kompaniyaning birgalikdagi ulushi 5,7 foizga
kamaydi va 38,1% ni tashkil etdi. Birinchi beshta kompaniyaga jami mukofotlarning
57,5% i to‘g‘ri keldi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 2,4 foizga pastdir.
Shuningdek, TOP-10 ga kiruvchi kompaniyalarning konsentratsiya darajasi 1,9
punktga kamayib, 80,9% ni tashkil etdi. Ta’kidlash kerakki, konsentratsiyali
darajaning pasayishi bozorda erkin raqobat sharoitlari mavjudligining ijobiy
natijasidir.
2.2-jadval
Umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yurituvchi kompaniyalarning asosiy
ko‘rsatkichlari (2018 yil)8
№
Sug‘urta
kompaniyasining
nomlanishi
Sug‘urta
mukofotlari
№
Sug‘urta
kompaniyasining
nomlanishi
Sug‘urta
qoplamalari
mlrd.
so‘m
O‘zga
rishi
%da
Tar
moq
dagi
ulus
hi,
%
mlr
d.
so‘
m
O‘zg
arishi
%da
Tar
mo
qda
gi
ulu
shi,
%
1
"O‘zagrosug‘urta"
AJ
178,0
132,6 14,6 1 "O‘zagrosug‘urta" AJ
65,
6
70,4
33,
3
2
"O‘zbekinvest"
EIMSK
169,1
129,3 13,9 2
"O‘zbekinvest"
EIMSK
31,
0
152,9
15,
8
3
"Gross Insurance"
MChJ
153,5
188,8 12,6 3
"Kafolat
Sug‘urta
Kompaniyasi" AJ
30,
6
128,0
15,
5
4
"Kafolat Sug‘urta
Kompaniyasi" AJ
116,7
145,2 9,6 4
"Gross
Insurance"
MChJ
15,
0
131,6
7,6
5
"Alfa Invest" MChJ
SK
82,5 133,3 6,8 5
"Alfa Invest" MChJ
SK
9,1
128,3
4,6
8 Jadval https://www.uzreport.news/economy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan
10
6 "Alskom" AJ
69,0 149,7 5,7 6 "Alskom" AJ
8,8 78,1 4,5
7
"Euroasia
Insurance"
MChJ
QSK
59,4 194,1 4,9 7
"Asia
Insurance"
MChJ
7,8
160,9
4,0
8
"Asia
Insurance"
MChJ
56,6 160,6 4,6 8 "Kapital Sug‘urta" AJ 6,3 99,6 3,2
9
"Kapital Sug‘urta"
AJ
55,7 224,6 4,6 9
"Temiryo‘l-Sug‘urta"
MChJ QSK
4,1
218,3
2,1
1
0
"Temiryo‘l-
Sug‘urta"
MChJ
QSK
45,3 161,3 3,7 10
"Ingo-Uzbekistan"
QAJ
3,1
205,5
1,6
Umumiy sug‘urta tarmog‘ining aksariyat kompaniyalarida sug‘urta qoplamalari
hajmining ortishi kuzatilgan. Shu bilan birga, ayrim kompaniyalarda sug‘urta
qoplamalarining miqdori o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan kamaygan.
Ta’kidlash joizki, tarmoqdagi jami qoplamalar hajmining past sur’atlarda o‘sishi
"O‘zagrosug‘urta" AJ da qoplamalar hajmining sezilarli darajada qisqarishi bilan
bog‘liq bo‘lgan. Ushbu kompaniya bo‘yicha sug‘urta qoplamalari 29,6%ga kamaydi
va 65,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va "O‘zagrosug‘urta" aksiyadorlik
kompaniyasining soha bo‘yicha umumiy qoplamalardagi ulushi 33,3% ga tushgan.
Natijada umumiy sug‘urta sohasidagi sug‘urta qoplamalarining yalpi hajmi o‘tgan
yilga nisbatan pasaygan. Misol uchun, dastlabki uchta kompaniyaning
konsentratsiyalaShuv darajasi 7,0 foiz punktga pasaydi va 64,7% ni tashkil etdi.
Dastlabki beshta kompaniya uchun ushbu ko‘rsatkich 76,9% ni tashkil etdi, bu esa
o‘tgan yilga nisbatan 6,7 foiz punktga pastdir. Top-10 kompaniyalari uchun
konsentratsiya ko‘rsatkichi 3,0 foiz punktga pasaydi va 92,2% ni tashkil etdi. TOP-
10ga kiritilmagan kompaniyalarning jami sug‘urta qoplamalaridagi ulushi 1,5% dan
past darajani tashkil etgan.
Tahlil qilinayotgan davrda tarmoq bo‘yicha sug‘urta qoplamalarining o‘sish
sur’atlari pasayishi sug‘urta mukofotlarining zararlilik darajasi pasayishiga olib
keldi. Shunday qilib, 2018 yil natijalariga ko‘ra, mukofotlarning zararlilik darajasi
16,2% ni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 8,1 punktga past. Yil yakunlariga
ko‘ra, kompaniyalar kesimida zararlilikning eng yuqori darajalari "O‘zagrosug‘urta"
AJ (36,9%), "Kafolat" AJ sug‘urta kompaniyasi (26,2%), “DD General Insurance”
MChJ (20,7%), “O‘zbekinvest” EIMSK (18,4%) da kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |