2.1-jadval
Sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng oz miqdorlari1
(ekvivalenti mln. so‘m)
Sug‘urta faoliyati turlari
2018 yil 1 iyuldan
Umumiy sug‘urta sohasida
7500,0
Hayotni sug‘urtalash sohasida
10000,0
Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha
15000,0
Faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha
30000,0
Bugungi kunda kamida 30 mlrd. so‘m miqdoridagi ustav kapitalini shakllantirgan
kompaniyalarga qayta sug‘urtalash bilan qo‘shimcha ravishda shug‘ullanishga
ruxsat etilgan bo‘lib, ular: “O‘zagrosug‘urta” AJ, “O‘zbekinvest” EIMSK, “Kafolat
sug‘urta kompaniyasi” AJ, "Gross Insurance" MCHJ, "Temiryo‘l-sug‘urta" MCHJ
QSK hamda “Ingo Uzbekistan” AJ lardir. Mazkur kompaniyalar uchun qayta
1O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini
liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni
3
sug‘urta qo‘shimcha yo‘nalish hisoblanib, sohadagi me’yoriy hujjatlar asosida
xizmat ko‘rsatadi. Bundan ko‘rinadiki, ustav kapitali miqdorlarining oshishi bilan
kompaniyalar qabul qiladigan majburiyat hajmi ham oshib boradi, bu esa ularning
daromadi o‘sishini ta’minlaydi.
Qayta sug‘urta operatsiyalarining negizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta tashkil
etganligi bois, dissertatsiya ishining tahliliy qismida dastavval sug‘urta bozorining
asosiy ko‘rsatkichlarini yoritishga qaror qilindi, sug‘urta bozori hajmida qayta
sug‘urta operatsiyalarining o‘rni va amalga oshirilishi keyingi bo‘limlarda o‘z aksini
topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda
mamlakatda uchta yangi sug‘urta kompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Natijada
O‘zbekiston bozorida sug‘urta kompaniyalari soni 30 taga etdi. Bu davrda bozorga
kirgan uchta kompaniyaning ikkitasi hayotni sug‘urtalash sohasiga ("Euroasia Life"
MChJ va "Kafolat Hayot" MChJ) ixtisoslashgan va bitta sug‘urta kompaniyasi
("Apex Insurance" MChJ) umumiy sug‘urta sohasida faoliyat yuritadi. Shunday
qilib, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, umumiy sug‘urta sohasida 24 nafar va hayotni
sug‘urtalash sohasida 6 nafar kompaniya faoliyat yuritmoqda. 2019 yil birinchi
yarim yilligida esa bozorga yana 2 nafar sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasiga
ixtisoslashgan holda kirib keldi, ular: “Imkon sug‘urta” MChJ hamda “PSB
Insurance” lar bo‘lib, 2019 yilning may oylaridan o‘z faoliyatini boshladi.
Tahlil etilayotgan davrda mamlakatdagi barcha sug‘urta kompaniyalari tomonidan
yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining umumiy hajmi jadal o‘sib, 1,6 trln. so‘mga etgan,
bu o‘tgan yilga nisbatan 76,3% ga ko‘pdir. 2018 yilgi inflyatsiya2 darajasini hisobga
oladigan bo‘lsak, mukofotlarning real o‘sish sur’ati 62,0% ga baholandi. Mazkur
ko‘rsatkich 2018 yildagi YaIMning o‘sish sur’atlaridan sezilarli darajada oshadi va
dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 5,1%3 ni tashkil etganligini hamda umumiy hisobda
sug‘urta sohasida rivojlanish dinamikasi ro‘y berganligini yaqqol ko‘rsatmoqda.
2 https://www.uzreport.news/economy ma’lumotlari
3 https://uzreport.news/economy ma’lumotlari
4
2.1-rasm. Sug‘urta mukofotlari hajmi dinamikasi4
Hisobot davrida bozor o‘sishining asosiy omillari bo‘lib ixtiyoriy sug‘urta
xizmatlarining samarali amlga oshirilgani hisoblanadi. Sug‘urta mukofotlarining
kelib tushishi bo‘yicha eng katta o‘sish sur’ati hayotni sug‘urtalash turlariga to‘g‘ri
kelgan.
2018 yil yakunlariga ko‘ra, ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari
miqdori 1,4 trln. so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 98,0 foizga
oshgan. Shu qatorda, majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha mukofotlar tuShumi ham
ijobiy tendensiyani ko‘rsatdi, lekin o‘sish sur’ati faqat 13,0% ni, ya’ni 263,5 mlrd.
so‘mni tashkil qilgan. Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha mukofotlarning tez sur’atlarda
o‘sishi umumiy bozorda ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi ortib borishini aks ettiradi.
2017 yilda ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi 74,8% gacha oshgan bo‘lsa, 2018 yil oxiriga
kelib ushbu ko‘rsatkich 9,05 punktga o‘sdi va 83,9% ni tashkil etdi. Ixtiyoriy
sug‘urta ulushining bu tarzda o‘sish tendensiyasi ijobiy natija sifatida baholanib, bu
mamlakat sug‘urta bozorida real o‘sish sur’atlarini namoyon etadi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, 2018 yilda sug‘urta qoplamalarini to‘lash bo‘yicha
ham o‘sish kuzatilgan. Hisobot davrida kompaniyalar tomonidan to‘langan sug‘urta
qoplamalari hajmi 71,0% ga oshgan va 460,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Ekspertlarning fikricha, 2018 yilda bozorda jami sug‘urta qoplamalarining o‘sishiga
hayotni sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarning ortishi sabab bo‘lgan.
Sug‘urta qoplamalari tarkibida ham avval kuzatilganidek, ixtiyoriy sug‘urta
salmoqli ulushni egallagan. Ko‘rib chiqilayotgan davrda ixtiyoriy sug‘urta turlari
bo‘yicha qoplamalar miqdori 92,0% ga ortib, 389,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
4 Rasm https://www.uzreport.news/economy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan
5
Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha esa 6,0% ga ortib, 71,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Sog’lom raqobat muhitida ishlaydigan bozorda xuddi shunday ko’rsatkichlar
bo’lishi lozim, biroq ixtiyoriy sug’urtaning tarkibiy tuzilishi ham ko’pgina
ma’lumotlarni beradi, jumladan garov sug’urtasi, turistlar sug’urtasi va hk. Ularning
mijoz ixtiyorisiz majburiy amalgam oshirilishi ham ixtiyoriy sug’urtaning
salmog’ini keskin oshiradi.
2.2-rasm. Sug‘urta qoplamalari hajmi dinamikasi5
Natijada jami qoplamalardagi ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi 9,5 foizga oshib, 84,5%
ni tashkil qilgan. Majburiy sug‘urtalash bilan bog‘liq qoplamalar ulushi esa mos
ravishda 15,5% ni tashkil etdi. Demak, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, bozor bo‘yicha
sug‘urta mukofotlarining zararlilik darajasi (sug‘urta qoplamalarining sug‘urta
mukofotlariga nisbati) 28,2% darajasida barqarorlashdi. 2017 yilda bu ko‘rsatkich
18,8% dan 29,1% gacha o‘sgan edi.
5 Rasm https://www.uzreport.news/economy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan
6
2.3-rasm. Sug‘urta qoplamalarining sug‘urta mukofotlariga nisbati6
Xususan, ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha zararlilik darajasi 0,78 punktga qisqarib, 28,4%
ni tashkil etdi, majburiy sug‘urta bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich 1,8 punktga kamayib,
27,1% ni tashkil etdi. Ekspertlarning e’tirof etishicha, mazkur ko‘rsatkich sug‘urta
bozorining umumiy zararlilik darajasi haqidagi haqiqiy holatni ko‘rsatib bera
olmaydi, chunki u hayot sug‘urtasining jamg‘arib boriladigan turlari bo‘yicha
qoplamalarni ham o‘z ichiga oladi. Shu munosabat bilan zararlilik darajasini
tarmoqlar kesimida o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
So‘nggi yillarda hayotni sug‘urtalash tarmog‘i sug‘urta mukofotlarining o‘sish
sur’atlarini jadallashtirdi. Natijada, 2018 yil yakunlari bo‘yicha, hayotni
sug‘urtalash sohasidagi kompaniyalarning jami sug‘urta mukofotlari tarkibidagi
ulushi 25,5% ni tashkil etdi. Sug‘urta qoplamalarida hayot sug‘urtasining ulushi
jami qoplamalarning yarmidan ko‘pini egalladi va 57,3% ni tashkil etdi. Hayot
sug‘urta tarmog‘ining jami qoplamalardagi salmog‘i jamg‘arilib boruvchi hayot
sug‘urtasining o‘ziga xosligi bilan izohlanadi va u sug‘urta shartnomasining
so‘ngida jamg‘arilgan summaning qaytarilishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |