10-mavzu: sohaga oid taqdimot nutqi



Download 52,5 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi52,5 Kb.
#654364
Bog'liq
10-mavzu


10-MAVZU: SOHAGA OID TAQDIMOT NUTQI




Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos boʻlib, adabiy soʻzlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda soʻzlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha:
- ogʻzaki nutqda yozma nutqdagi kabi oʻylab olish imkoni kam boʻladi, chunki ogʻzaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir;
- ogʻzaki nutqning oʻziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni gap boʻlaklarining tushib qolishi, oʻrin almashishi, qisqarishi va b.
- ogʻzaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol oʻynaydi;
- ogʻzaki nutqning yuzaga chiqishi soʻzlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, soʻzlovchining nutqy a’zolari normal va sogʻlom boʻlishiga bogʻliq;
- kishi soʻzlaganda oʻz nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va b.
Ogʻzaki adabiy nutqning koʻrinishlari:
1. Kundalik adabiy soʻzlashuv nutqi. (Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi).
2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar, targʻibotchilarning ma’ruzalari. Bu monologik xarakterdagi nutq).
3. Radio va televideniye nutqi (tili). (Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, muxbirlar nutqi).
4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega).
Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning ogʻzaki shakli koʻrinishida roʻyobga chiqadi. Adabiy tilni oʻrganish va egallash toʻrt xil yoʻl bilan amalga oshadi:
1. Tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va oʻzlashtirish orqali egallanadi.
2. Tilni oʻqitish, oʻrgatish orqali egallash. Adabiy tilni oʻrganish va egallash koʻnikmasi ta’lim muassasalarida oʻqitish, oʻrgatish yordamida shakllanadi.
3. Mustaqil oʻqish va shugʻullanish orqali oʻrganish.
1) tilga oid maxsus adabiyotlar, qoʻllanma va lugʻatlar orqali,
2) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni) oʻqish hamda radio, televideniye eshittirishlarini tinglash va she’r yodlash orqali.

4. Nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat boʻlib, oila, ta’lim muassasasi, atrof-muhitdan oʻrganish va til ustida mustaqil shugʻullanish orqali amalga oshadi.


Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun soʻzlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning oʻzi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan boʻlishi kerak.
Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. Soʻzlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar boʻlishi lozim:
jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
- keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha boʻlgan darajasi);
- havodorlik (erkin soʻzlaganda yaxshi eshituvchanlik);
ixchamlik, harakatchanlik;
chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega boʻlish);
moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi);
qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va teksturaning oʻzgarib turishi);
- suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash orqali tinglovchiga ta’sir qilish xususiyati).

Taqdimot jarayonida koʻrgazmali vositalardan foydalanish.



Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor joʻrligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch oʻlchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot boʻlishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda oʻzgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma`lumki, inson ma’lumotning koʻp qismini koʻrish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi.
1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2. Slaydlarning mazmuniy oʻlchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qoʻshish;
4. Slayd hajmi va oʻlchamlarini tanlash;
5. Slaydlarga bezashda zarur boʻlgan oʻzgarishlar kiritish;
6. Slaydlarni koʻrsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Pointda koʻrsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega boʻlishi kerak:
A) slaydlar soni (7 – 10 ta);
V) slaydlarning mazmuniy oʻlchamlari;
S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot berishi zarur;
D) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bagʻishlangan boʻlishi kerak.
Ommaviy axborot vositalari
Ommaviy axborot vositalari janrlariga gazeta, jurnal, radio, televideniye, Internet va boshqalar kiradi. Shunga muvofiq ravishda OAV tili bu - matbuot, radio, telekoʻrsatuvga xos boʻlgan tildir.
Bunday til uslubi rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, intervyu, bosh maqolalardan iborat boʻladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur oʻrinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining soʻziga koʻra, muxbirimiz voqea roʻy bergan joydan xabar qiladi ...» va hokazo iboralar qoʻllanadi.
OAVda faoliyat yurituvchilar asosan jurnalistlar, muxbirlar, reportyorlar, diktorlar, sharhlovchi va blogerlardir.
Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shugʻullanish boʻlgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yigʻish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan toʻldiruvchi kishi.
Jurnalistlar, asosan, publitsistik faoliyatga yoʻnalgan boʻlib, ular oʻz oldiga ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, nashr, radio yoki telekanal ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat oʻrtasidagi vositachi boʻlishni maqsad qiladi.
Muxbir - (arab. - xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy- axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy- axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gazeta, jurnal, radio, televideniye tahririyati xodimi.
Internet - bu hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmogʻi hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum boʻlgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi aхborot manbaidir.
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga boʻlgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir.
Internet tili juda murakkab va serqirralidir. Chunki Internet tarmoqlarida nutqning barcha uslublariga xos materiallar mavjud.
Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish