Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni pul - tovar (D-T).
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va birinchi o’rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
20-jadval
Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi
Aylanma fondlarning guruh va elementlari
|
Butun sanoat
|
Qora metallur-giya
|
Mashina-sozlik
|
Energe-tika
|
Engil sanoat
|
Oziq-ovqat sanoati
|
1. Ishlab chiqarish zahiralari - jami
|
70,2
|
65,0
|
55,3
|
98,3
|
90,0
|
78,8
|
Jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
xom ashyo va asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar
|
46,2
|
23,8
|
37,5
|
-
|
76,7
|
52,2
|
Yordamchi materiallar
|
6,6
|
11,0
|
2,3
|
24,1
|
5,7
|
6,1
|
Yoqilg’i
|
1,7
|
2,0
|
0,7
|
37,4
|
0,5
|
1,6
|
Ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar
|
3,9
|
11,0
|
2,0
|
23,0
|
1,7
|
2,0
|
Qadoqlash va o’rov materiallari
|
3,0
|
0,5
|
0,6
|
0,3
|
1,2
|
11,3
|
Instrumentlar, xo’jalik asboblari va qimmat bo’lmagan, tez eskiruvchi boshqa predmetlar
|
9,8
|
16,7
|
12,2
|
19,5
|
3,2
|
5,6
|
2. Tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar
|
24,0
|
18,3
|
42,2
|
0,5
|
9,8
|
19,5
|
3. Kelgusi davr xarajatlari va boshqa mehnat predmetlari
|
5,8
|
16,7
|
2,5
|
1,2
|
0,2
|
1,7
|
100,0____100,0'>Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
SHu tariqa aylanma mablag’lar barcha bosqichlardan o’tib, to’liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.CH);
3-bosqich - tovar-pul (T-P).
SHuni qayd qilib o’tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir vaqtning o’zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko’rinishida mavjud bo’lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko’zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning etishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
10.3.Aylanma mablag’lardan samarali foydalanish
Sanoat ishlab chiqarishining uzluksiz va barqaror rivojlanishini ta’minlash, yuqori sifatli va arzon xilma-xil mahsulotlarni ko’plab ishlab chiqaradigan korxonalarning raqobatbardosh bo’lishiga erishish, ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash ko’p jihatdan aylanma mablag’larning xajmiga, sifatiga va ulardan oqilona foydalanishga bog’liq. SHu sababli ham Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1997 yil 9 iyulda “Aylanma mablag’larning saqlanishi va o’z vaqtida to’ldirib turilishi uchun ma’suliyatni oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi maxsus farmonga qo’l qo’ydi.
Ushbu farmonda Respublikaning ayrim vazirliklari, idoralari va korxonalarida moliyaviy ahvol qoniqarsiz bo’lib qolayotganligi, o’z aylanma mablag’larini saqlashga e’tiborsiz bo’lishi, shuningdek katta miqdordagi mablag’lar debitorlik qarzlariga ishlatib yuborilayotgani, tayyor mahsulotning normativdan ortiqcha qoldiqlari tarzida o’lik xolatga keltirilayotganligi qayd etildi.
Keyingi 15 yil ichida bu kamchiliklarga barham berildi. Natijada aylanma mablag’larning aylanishi tezlashtirildi va ulardan samarali foydalanishga erishildi.
Kelgusida yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o’sishiga erishish, diversifikatsiya qilingan va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish va uning rivojini jadallashtirish aylanma mablag’lardan yanada yaxshiroq foydalanishni taqozo etadi.
Bu borada sanoat ishlab chiqarishi oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
fan-texnika taraqqiyoti va innovatsion faoliyat natijalarini keng qo’llashni;
ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan me’yor va me’riylar (normativlar) tizimini yaratishni;
korxonalar o’rtasidagi uzoq muddatli xo’jalik aloqalarini yanada yuqori darajaga ko’tarish va ishlab chiqarish kooperatsiyasidan keng foydalanishni;
korxonalarning moddiy-tovar boyliklarida band bo’lgan yirik miqdordagi pul mablag’larini tegishli va adresli maqsadlarga saflashni;
ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etishni takomillashtirish optimal shakllarini keng qo’llash.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Aylanma mablag’larning mohiyati, ahamiyati va mazmuni nimalardan iborat?
2. Aylanma mablag’larning tarkibi va tuzilmasi to’g’risida nimalarni bilasiz?
3. Aylanma mablag’lardan samarali foydalanish mexanizmi nimalarni o’z ichiga nimalarni oladi?
4. Aylanma mablag’larning aylanish tezligini oshirishning ahamiyati nimalardan iborat?
5. Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish yo’llarini izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |