10-mavzu. Sanoat ishlab chiqarishining aylanma fondlari va mablag‘lari. Reja


Aylanma mablag’lar va ularning aylanishini tezlashtirish



Download 38,43 Kb.
bet2/3
Sana06.02.2023
Hajmi38,43 Kb.
#908226
1   2   3
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishining aylanma fondlari va mablag‘lari.

10.2. Aylanma mablag’lar va ularning aylanishini tezlashtirish
Sanoat korxonalari faoliyatining asosiy va aylanma fondlar hamda aylanma mablag’lar bilan uzviy bog’liqligi alohida ahamiyat kasb etadi. Muomaladaga ishlab chiqarish fondlarining yig’indisi aylanma mablag’larni ifodalaydi. Aylanma mablag’lar 2ta fondni o’z ichiga oladi:
-aylanma fondlar;
- muomala fondlari.
Aylanma fondlar, o’z navbatida ishlab chiqarish jamg’armasi, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va omborlardagi tayyor mahmulotlardan iborat bo’ladi.
Muomala fondlariga jo’natishga yuklangan mahsulotlar va banklardagi pul mablag’lari kiritiladi.
Korxonaning aylanma mablag’lari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida muhim rol o’ynaydi. CHunki ular ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligiga sharoit yaratib beradilar. Agarda sanoat korxonalarining aylanma mablag’lari kamayib ketsa, ular bankrotlikka yuz tutadilar
Aylanma tuzilmalarni rejalashtirish va boshqarishning hozirgi paytdagi amaliyotida ushbu mablag’larning tarkibi va tuzilmasini baholash va tahlil qilishga, shuningdek, ularning funksional roli va harakatiga katta e’tibor qaratiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag’larining eng faol qismi bo’lsa, muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi hamda yangi iste’mol qiymatini yaratmaydi. Bu erda umumiy qoida shundayki, aylanma mablag’lar doimo aylanishda bo’lishi zarur - ularning samaradorligi va korxona iqtisodiyotiga ta’siri aynan shunda ko’zga tashlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag’larining asosiy va salmoqli qismi sifatida o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:

  • ishlab chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyorlangan hamda xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va o’rov materiallari, asosiy fondlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, yoqilg’i-moylash materiallaridan tashkil topuvchi mehnat predmetlari;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda ishlov berish va yig’uv jarayonida bo’lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni to’liq tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo’lgan mehnat predmetlari;

  • kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo’lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash va o’zlashtirish xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi xarajatlar va boshqalar).

Aylanma ishlab chiqarish fondlari alohida tarkibiy qismlari yoki elementlari o’rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o’zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlari o’rtasidagi xuddi shunday foizlardagi munosabatlar korxona aylanma mablag’larining tuzilmasi deb ataladi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag’lari ishlab chiqarishning texnologik tashkil etish xususiyatlariga ko’ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlarning xarakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi, ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizatsiya qilish sharoitlari va shu kabilar bilan izohlanadi. Aylanma mablag’lar tuzilmasining tarmoqlar bo’yicha farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin.
Aylanma fondlar tuzilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida, hattoki bir tarmoq va bir korxonaning o’zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli xildagi xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqarishning tashkil etilishi va mehnat taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo’lishi mumkin.
Korxonalar aylanma mablag’lari tarkibi va tuzilmasiga xo’jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag’larning ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo’lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. SHu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to’g’ri yo’lga qo’yish, chiqitlar va yo’qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o’rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog’liq bo’ladi.
Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag’larning tarkibi va tuzilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko’rsatadi. Aylanma mablag’larning to’liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo’lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.

Download 38,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish