10-mavzu: Rossiya sotsiolingvistikasi Reja


Rossiyada ingliz tilining o‘rni



Download 29,42 Kb.
bet3/5
Sana24.11.2022
Hajmi29,42 Kb.
#871760
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-ma\'ruza matni

10. 4. Rossiyada ingliz tilining o‘rni
1985-yilgacha Rossiyada ingliz tilini o‘rganish imkoniyati cheklangan edi. Til o‘rganishda rag‘batlantiruvchi omil ekstralingvistik jihatdan mustahkamlanmagan edi. O‘quvchilar ham, o‘qituvchilar ham sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan kodning kommunikatsiya samaradorligi bilan qoniqishardi. Buning natijasida ingliz tilining sun’iy bir turi, ya’ni zamonaviy ingliz tili egalarining ta’biri bilan aytganda, “Ruslish” vujudga keldi. Ko‘pchilik ingliz tili o‘qituvchilari ifoda fe’llarini slengning bir turi, shuning uchun ham ularni talabalar tomonidan o‘rganilishini zararli, deb hisoblashardi. Umuman, ingliz tilini amaliy o‘rganish yo‘lga qo‘yilmagan edi.
Biroq 1985-yilga kelib (qayta qurish siyosati bois), ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish birdan kuchaydi. Bu holat talaygina ijtimoiy-siyosiy omillar bilan bog‘liq edi. Chunonchi, “temir parda”ning olib tashlanishi, turistik sayohatlar va gidlarsiz chet elliklar bilan muloqot qilish uchun imkoniyatlarning tug‘ilishi, qo‘shma korxonalar sonining jadal suratlar bilan oshishi, sobiq sovet respublikalarida rus tiliga ustunlik berilishining bekor qilinishi, mamlakatni qisqa vaqt ichida kompyuterlashtirish, internetning rivojlanishi va h.k. shular jumlasidan edi. Bularning barchasi Rossiyada ingliz tilidan foydalanishning yangi sharoitlarini vujudga keltirdi. Rossiyada ingliz tilini egallash uchun yangi vositalarning vujudga kelishi “so‘zlashuv inglizchasi”ning yoyilishini maqsad qilib olgan lingvistik maktablar, kurslar, firmalar va ingliz tilini qisqa muddatda o‘rgatish markazlarining rivojlanishiga asos bo‘ldi.
Shuningdek, Rossiyada pijinning paydo bo‘lishi ingliz tili leksikasining ma’lum suhbat doiralarida ommaviylashuviga va ularning ommaviy axborot vositalariga kirib borishiga ko‘maklashdi. Quyida kundalik matbuotdan olingan ba’zi namunalar keltirildi: 
“У нас не какие-нибудь там “A ну-ка парни!” У нас суперэкшн”.
“Она девушка с характером,… возможно, она посылает ему мессидж”.
“Ну дал он ей ‘лифт’, или, по-нашему, подкинул”. “Московский комсомолец”, 20.04.2000, № 17.-С. 25, 28.
“Семеро тинейджеров” “Комсомольская правда”, 2000. № 16.-С. 7.
Ingliz tilining rus tiliga ta’siri pijin egalari tomonidan faol iste’mol qilinadigan so‘zlar qatlamida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, bozordagi savdogarlar nutqida “Такой прайс только за лейбл что ли?” tarzidagi inglizcha leksik interferensiya asosida qurilgan ruscha jumlani ko‘rish mumkin. Mazkur matnda ruscha цена leksemasining o‘rniga inglizcha прайс so‘ziindividual qo‘llanilgan bo‘lib, unda yosh (yosh-молодой), mavzu (tijorat), holat (bozor) va maqom (“челнок”) singari sotsial omillar ishtirok etgan.
Inglizcha so‘zlardan firmalar va ularning reklamalarida ham keng foydalanilmoqda: “Best” do‘koni (best “лучший”), “Okey” reklama-axborot agentligi, сайдинг (облицовка so‘zi o‘rniga), сайнмейкинг (tashqi reklama buyurtmasi) va h.k.
Ruscha va lotincha harflarning qorishmasidan maydonga kelgan gibridlar ham ko‘zga tashlanadi:  VIPовский рейс, аэроtrade/аэротрейд.
“Ruslish”da kalkalangan quyidagi hosilalar kuzatiladi: Xalqaro telefon punktining kiraverishida Interurban calls (long-distance callsning o‘rniga), kimyoviy tozalash muassasining peshtoqida Chemical cleaning (Dry-cleaner’sning o‘rniga) yozuvlarini o‘qish mumkin.
Savdo sohasidagi bunday “ikki tillilik” belgilarini chet ellik sayyohlarni jalb qilish uchun emas (chunki Rossiyada turizm unchalik rivojlanmagan), balki ingliz tilini bilish bilan o‘zini “yuksak saviyali” qilib ko‘rsatishga urinish, deb izohlash mumkin.
Umuman, Rossiyada ingliz tilining o‘rnini ham ijobiy, ham salbiy baholash mumkin. Ikkala holatda ham u lingvistik emas, aksincha, siyosiy tusga ega.

Download 29,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish