Investitsiya kiritish shakl va jarayonlarini oʻzgartirish
Xorijiy investitsiyalar birinchi martta yoki takroran amalga oshirilayotgan shakllarni oʻzgartirish ularning investitsiya sifatidagi malakasini oʻzgartirishga olib kelmaydi.
XSKga quyidagi shartlarga javob beruvchi yangi tashkil etilayotgan korxonalar kiradi:
korxona Nizom jamgʻarmasi 150 ming AQSh dollaridan kam boʻlmasligi kerak;
korxona qatnashchilaridan biri chet ellik yuridik shaxs boʻlishi shart;
ustav jamgʻarmasining kamida 30 foizini chet el investitsiyalari tashkil etishi kerak.
Chet ellik investorlarning huquqlari
Chet ellik investor quyidagi huquqlarga ega:
investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yoʻnalishlarini mustaqil belgilash;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
oʻzining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning oʻzaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;
Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan oʻziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va Oʻzbekiston Respublikasida patentlashtirish toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriasiya qilish);
Oʻzbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablagʻlari jalb etish;
oʻz hisobvaragʻidagi milliy valyuta mablagʻlaridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, oʻziga mulk huquqi asosida qarashli boʻlgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablagʻlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari boʻyicha ta’min sifatida foydalanish;
oʻz investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizisiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.
Oʻzbekiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar yoʻnaltirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari yoki hududlar kesimida investitsiya kiritish uchun qandaydir cheklovlar belgilanmagan.
https://mift.uz/uz/investment-statistics
Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotiga koʻra, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 13 237 tani tashkil etdi.
📊Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1 908 taga koʻpayganidan dalolat.
🇺🇿 Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni:
Do'stlaringiz bilan baham: |