10-mavzu: Qurilishni nazorat qilish va amalga oshirishning huquqiy asoslari. Reja


Qurilishni tashkil etish va amalga oshirishning huquqiy tartibi



Download 23,57 Kb.
bet3/3
Sana30.03.2022
Hajmi23,57 Kb.
#519196
1   2   3
Bog'liq
10-маъруза

2.Qurilishni tashkil etish va amalga oshirishning huquqiy tartibi
Qurilish ishlarini tashkil etish pirovard natijaga erishish uchun zarur bo’lgan barcha tashkiliy-texnik va texnologik yechimlar qo’llanilgan holda shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish ishlari quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olgan holda amalga oshiriladi:
Buyurtmachi tomonidan hududiy inspeksiya obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi to’g’risida xabardor qilingandan keyin. Qurilishning barcha texnik hujjatlari ishlab chiqilib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgach, hududiy qurilish nazorat inspeksiyaga bu haqda buyurtmachilar xabar qiladi.
Pudratchilar tomonidan malakali muhandis-texnik xodimlarni, mutaxassislar va ishchilarni jalb etgan holda O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va tegishli normativ hujjatlar asosida qurilish, qurilish-montaj ishlari olib boriladi. Agar pudratchi sifatida jismoniy shaxslar jalb etilgan bo’lsa, mutaxassislar va texnik xodimlarni jalb etish majburiy talab hisoblanmaydi.
Qurilish ishlari faqatgina ekspert tashkilotlarining ijobiy xulosasi asosida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Qonunchilikka muvofiq ahamiyatiga ko’ra muhim deb qaraladigan har qanday obyekt qurilishida shaharsozlik hujjatlari viloyat shaharsozlik kengashidan o’tishi shart. Kengashning ijobiy xulosasi bo’lgandagina qurilish ishlarnii amalga oshirish mumkin. Shuningdek, hududning Bosh tarxi bo’lmagan holatda ham shaharsozlik kengashlaridan ijobiy xulosa olinishi shart bo’ladi.
Qurilish ishlari qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari majburiy ravishda mavjud bo’lganda amalga oshirilishi kerak.


3.Obyektlarni qabul qilish va foydalanishga topshirish.
Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq to’liq tayyor bo’lganda va ijro hujjatlari, muvofiqlik deklarasiyasi, bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi va qurilish-montaj ishlarining sifati to’g’risidagi xulosalar mavjud bo’lganda amalga oshiriladi.
Davlat sirlari yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sir bilan bog’liq qurilishi tugallangan obyektlarni, shuningdek davlat ahamiyatiga ega obyektlarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladigan davlat qabul komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda komissiya ishida buyurtmachi, ishlab chiquvchi va pudratchining vakillari majburiy tarzda ishtirok etishi kerak.
Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish pudratchi va buyurtmachi o’rtasida imzolanadigan, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya tuzilgan hollarda, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi komissiya a’zolari, buyurtmachi, ishlab chiquvchi, pudratchi hamda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan imzolanadi.
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi shakli maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish ishtirokchilarining vazifalariga quyidagilar kiradi:
qurilishi tugallangan obyektning tayyorligini belgilash va hujjatli tasdiqlash;
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligini baholash;
texnologik, muhandislik yoki boshqa uskunalarni (muhandislik tizimlarini) sinovdan o’tkazish;
obyektning ishga tushiriladigan quvvatining (sig’imi, o’tkazuvchanligining) shaharsozlik hujjatlarida tasdiqlangan ko’rsatkichlarga muvofiqligini belgilash.
Tasdiqlangan loyiha yechimlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishlari aniqlangan taqdirda, shuningdek texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning salbiy xulosalari mavjud bo’lganda buyurtmachi (komissiya) pudratchi buzilishlarni bartaraf etgandan so’ng obyektni foydalanishga qabul qiladi.
Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga topshirish hududiy inspeksiya tomonidan qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berilishi orqali amalga oshiriladi.
Quyidagilar qurilishi tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsatnoma berish uchun asos bo’ladi:
qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
obyektning ijro hujjatlari to’plami;
pudratchi tomonidan berilgan muvofiqlik deklarasiyasi;
mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan berilgan bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosa;
texnik nazoratni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan berilgan qurilish-montaj ishlarining sifati to’g’risidagi xulosa.
Hududiy inspeksiya tomonidan qurilishi tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsatnoma berilgan sana obyekt foydalanishga topshirilgan sana hisoblanadi.
Qurilgan obyektdan qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish to’g’risidagi tasdiqlangan dalolatnomasiz va hududiy inspeksiyaning qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasisiz foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
Muvofiqlik deklarasiyasining, qurilish-montaj ishlarining sifati va bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini to’g’risidagi xulosalarning buyurtmachiga taqdim etilishi ishlab chiquvchini, pudratchini, texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarni obyektni loyihalashtirish, qurish, qabul qilish va foydalanishga topshirishda bajarilgan ishlar uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Buyurtmachi qurilishi tugallangan obyektni o’z vaqtida topshirish-qabul qilish va uni foydalanishga topshirish uchun javobgar bo’ladi.
Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish va uni foydalanishga topshirish bo’yicha tartib-taomillarni o’tkazish tartibi va muddatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Download 23,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish