Qadimgi Yunoniston
Yunon madaniyati eng yuqori chо„qqilarga erishgan
davri bu eramizgacha bо„lgan 5 asrdir. Qadimgi Yunonistonda fanlar ma‟lum bir
guruxlarga ajratilmagan bо„lib, umumiy falsafa fani tarkibida edi.
Qadimgi Yunoniston adabiyotlarida nutq buzilishlari haqidagi
ma‟lumotlarni Yunon tarixchisi – Gerodat ishlarida uchratish mumkin.
Gerodat podshoxi Batt og„ir va tushunarsiz nutqi haqida ma‟lumot
beradi. Gerodatning ma‟lumotiga kо„ra, Vatt tez, tushunarsiz tutilib,sо„zni
oxirigacha talaffuz etmay gapirgan. Zamonaviy maxsus adabiyotlarda “battarizm”
tushunchasi – mana shu shohning ismidan kelib chiqqan, deb e‟tirof etiladi.
Gippokrat (asrimizgacha bо„lgan 459-377 yillar) kasallikka moddiy
substrakt о„zgarishi asosida organizmning xastalanuvchi deb qaragan va hech
qanday iloxiy belgi, yozuv kuchga bog„lamagan.
Gippokrat inson kо„ruv va eshituv azolari, funksiyalarini va inson nutqi
hamda ovozning hosil bо„lish mexanizmini yoritib beradi. Bu jarayonda Gippokrat,
havo oqimi til ovoz artikulyatsiyasiga alohida e‟tibor beradi.
Gippokrat о„z risolalarida ayrim nutq, ovozi, eshituv nuqsonlarini
ta‟riflab beradi va bartaraf etish yо„llarini kо„rsatadi. U kasallik va uni davolashda
gumanitar nuqtai nazarga tayangan holda ish olib borgan.
Qadimgi misrda tashkil topgan gumoral ta‟limot organizmda qon, safro va
qora zardoblar miqdoriga asoslangandir. Bu suyuqliklarning meyorda bо„lishi
kishining sog„lomligini kо„rsatadi, deb hisoblanganlar. Yuqoridagi nuqtai-
nazardan kelib chiqib, Gippokrat, nutq ovoz, eshituv va kо„ruv nuqsonlarini
sababini bosh miyada polilikning kо„payib ketishida deb kо„rsatadi.
Masalan: “Tutqanoqsiz, tо„satdan nutqi yо„qolgan bemorlardan qon olish
(chiqarish tashlash) lozim”.
Gippokrat turli kasalliklarni tashxis qilishda bemorining nutq va eshitish
holatiga ahamiyat berish kerak deb ta‟kidlaydi.
Qadimgi yunon qobusiy olimlaridan Arastu (asrimizgacha bо„lgan 384-322
y.) turli hayvonat olami vakillarini artikulyatsion a‟zolarini taqqoslab о„rgangandir.
Inson yuqori darajada harakatlangan, yumishov va keng tilga ega. Til insonda ikki
faoliyatni bajaradi: birinchisi - ta‟m bilish ikkinchisi-tovushlarni talaffuz qilish.
Buning uchun til, yumshoq keng va erkin bо„lishi kerak. Shunda til oson qisqaradi
va chо„ziladi.Tili haddan ziyod bо„lganlar sirg„aluvchi va shovqinli tovushlarini
notо„g„ri talaffuz etadilar” Arastu nutq nuqsonlarini artikulyatsiya a‟zolarini
notо„g„ri kо„rilishi va yetarli darajada xarakatchan emasligida deb kо„rsatadi.
Plutarx (46-120y)qadimgi notiq Demosfen (asrimizgacha bо„lgan 384-
322y.) ning og„ir nuqsoni va shaxsiy bartaraf etish metodikasini izchil yoritib
bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |