Asosiy tamoyillar (Olimpiya xartiyasida ko’rsatilishi bo’yicha) Pyer de Kuberten tashabbusi bilan 1894 yil iyunda Parijda o’tkazilgan Xalqaro Atletik Kongressda zamonaviy olimpizm g’oyasini ishlab chiqilgan. Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi (XOQ) 1894 yil 23 iyunda tashkil topgan. Olimpiya xartiyasi XOQ tomonidan qabul qilingan asosiy tamoyillar, Qoidalar va Qarorlarning tartibli majmuasi hisoblanadi. Xartiya olimpiya harakati faoliyatini nazorati va Olimpiya oyinlarini o’tkazish shartlarini muvofiqlashtiradi. Kuberten tomonidan 1894 yilda asos qilingan XOQ olimpiya harakatining “oliy organi” bo’lib, uning missiyasi butun jahonda olimpizm g’oyalarini ommalashtirish va limpiya harakatiga rahbarlik qilishdan iborat. XOQning shtab-kvartirasi Losanna, Shveytsriyada joylashgan, tashkilot 1980 yildan buyon 400 nafardan ortiq xodimlar bilan kengaytirilgan. (Chappelet va Kubler-Mabblott, 2008 y.: 27-34)
Do'stlaringiz bilan baham: |