AMALIY MASHG‘ULOT MAVZULARI
10-mavzu
|
Munis she’riyatida janrlar takomili va shoir mahorati.
|
Ta’lim berish texnologiyasi
Mashg`ulot vaqti 2soat
|
Talabalar soni 20 – 30 gacha
|
Mashg`ulot shakli
|
Amaliy mashg`ulot
|
mashg`ulot rejasi
|
Munis hayoti va ijodi
Munis she’riyatida janrlar takomili
Munisning she’riy mahorati
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi: Shermuhammad Munis hayoti, lirik merosi, munisga xos janrlar poetikasi, shoirlik mahorati, shuningdek she’rlari tahlili yuzasidan suhbatlashish
|
Pedagogik vazifalar:
|
O`quv faoliyati natijalari:
|
Talabaning o`zlashtirgan bilimini tinglab, uni to`g`ri yo`naltira olish, badiiy adabiyotning jamiyat hayotida tutgan o`rnini ular ongiga singdirish.
|
Talabaning ushbu mavzu yuzasidan o`zlashtirgan bilimlarini so`rab bilish, fan haqidagi bilimlarini to`ldirish, boyitish.
|
Ta’lim berish usullari
|
Munozara, suhbat, tezkor so`rov
|
Ta’lim berish metodlari
|
Klaster, Venn va qanday diagrammasi va b.
|
Ta’lim berish vositalari
|
O`quv qo`llanma, proektor
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik ta’minlangan guruhlarda ishlash uchun mo`ljallangan auditoriya.
|
Monitoring baholash
|
Og`zaki nazorat: savol-javob
|
Talabalar kichik guruhlarda ish olib borishadi
Savol va topshiriqlar:
Munisning hayoti haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?
Shoir qanday janrlarda ijod qilgan?
Munis ijodining boshqa shoirlar ijodidan farqli jihatlari bormi?
Munis ijodiga xos bo’lgan xususiyatlar qaysilar?
Shoir she’rlarida uchraydigan badiiy san’atlarni ayting.
Munisning nasriy asarlari haqida ma’lumot bering.
Munisning „Firdavsul-iqbol“ nomli tarixiy asari haqida nimalar bilasiz?
II bosqich. Guruh a’zolariga topshiriqlar beriladi
1-topshiriq. Berilgan savollarga ham ogʻzaki, ham yozma javob bering.
Shoir hayoti haqida boshlang’ich ma’lumotlar bering
Munisning hayotiy faoliyati haqida, qanday jabhalarda faoliyat yuritgan?
Munisning „Firdavsul-iqbol“ nomli tarixiy asari kimning taklifi bilan yozilgan va ushbu asar haqida umumiy ma’lumot bering
Munis „Munisul-ushshoq“ („Oshiqlar doʻsti“) nomli devoni haqida ma’lumot bering
Munisning she’riy merosi haqida ma’lumot bering
Munisning tarjima asarlari qaysilar va kimning asarlarini tarjima qilgan.
2-topshiriq. Munisning istalgan janrdagi she’rini tahlil qiling
3-topshiriq. 2-topshiriqda belgilangan tahlilni talabalr o’zaro almashib fikr biladiradilar.
Uyga vazifa: Munis ijodi bilan mustaqil tanishib chiqish, o’qib o’rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |