10-mavzu. Korxona rentabelligi, daromad va harajatlar



Download 202,5 Kb.
bet7/10
Sana01.07.2022
Hajmi202,5 Kb.
#724233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-MAVZU. KORXONA RENTABELLIGI, DAROMAD VA HARAJATLAR — копия (2)

YaF=SST-IT.
bunda,
YaF - yalpi foyda;
SST- sotishdan olingan sof tushum;
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
- Asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdanolingan yalpi foyda bilan davr harajatlari o’rtasidagi tafovut, va plyusasosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlarsifatida aniqlanadi:


AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX-davr harajatlari;
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ-asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar.
Xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiyfaoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgandaromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:


UF=AFF+MD-MX,
bunda,
UF - umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat harajatlari;
- Soliq to’langunga qadar olingan foyda, u umumxo’jalik faoliyatidanolingan foyda plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilganfoyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:


STF=UF+FP-FZ,
bunda,
STF - soliq to’langunga qadar olingan foyda;
FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar.
- yilning sof foydasi, u soliq to’langandan so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o’zida daromad (foyda)dan to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to’langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:


SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF - sof foyda;
DS - daromad (foyda)dan to’lanadigan soliq;
BS - boshqa soliqlar va to’lovlar.

Foydani taqsimlash printsiplari quyidagilardan iborat bo’ladi:



  • korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida oladigan foydasi davlat va korxona o’rtasida xo’jalik sub’ekti sifatida taqsimlanadi;

  • foydaning davlatga to’lanuvchi bir qismi soliq va yig’imlar ko’rinishida byudjetga kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni hisoblash tartibi va byudjetga to’lanuvchi boshqa to’lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;

  • soliqlar to’langandan so’ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori, uning ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim.

Korxonada foydani taqsimlash va undan foydalanish tartibi uning Nizomida belgilab qo’yiladi hamda vakolatli iqtisodiy xizmat xodimlari tomonidan tayyorlanib, korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanuvchi qoidalar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotni sotishdan olinadigan foyda miqdori ichki va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi. Ichki omillar korxonada zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, xo’jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menejmentning mas’uliyati, mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish darajasidir. Korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi omillar qatoriga esa, bozor kon’yunkturasi, iste’mol qilinuvchi modiy-texnik resurslarning bahosi, amortizatsiya me’yorsi, soliq tizimi kabilar kiradi.
Korxonada foydani oshirishning asosiy yo’llari. Har bir korxonada foydani oshirish bo’yicha rejali chora-tadbirlar ko’zda tutilishi kerak. Umuman olganda, bunday chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish;

  • ortiqcha asbob-uskunalar yoki boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish;

  • moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ishchi kuchi va ish vaqtidan unumliroq foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;

  • ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;

  • mahsulot bozorini kengaytirish va h.k.

Foyda korxona faoliyatining muhim iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lsada, uning samaradorligini to’la tavsiflab bermaydi. Korxona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun natijalarni (foydani) harajatlar yoki bu natijalarga erishish uchun sarflangan resurslar bilan solishtirish lozim.



Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish