dinor yoki dirham emas, balki ilmni meros qilib qoldirganlar» (imom Termiziy
rivoyati), hadisini keltiradilar» deb sharhlagan.
Hanafiy olimi Taqiy Usmoniy shunday deydi: «Mohir ustozlarning huzurida
fiqhni o‘rganmagan kimsaning fatvo berishi mumkin emas. Ustozlar huzurida
fiqhni o‘rgangan kishining har birga fatvo berishi mumkin bo‘lmaganidek, o‘zi
(mutaqil ravishda) fiqhiy kitoblarni mutolaa qilgan kimsaga ham fatvo berishi
mumkin emas. Hatto u ahkom usullari, qoidalari va illatlari bilan tanishib chiqib,
malaka hosil qilgan bo‘lsa ham, mo‘‘tabar kitoblarni boshqalardan ajratib olsa ham
mumkin emas». YUqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, barcha
odamlarga, hatto u diniy kitoblarni o‘qib tushunsa ham diniy masalalarda fatvo
berish mumkin emas.
Odamlar shariat bilimlarini bilish darajasiga ko‘ra: xos va ommaga bo‘linadi. Xos
kishilar muayyan soha bilan shug‘ullanib, uni mukammal o‘rgangan mutaxassislar
hisolanadi. Omma esa, o‘zlarining kasblari bilan mashg‘ul bo‘lib, kerakli vaqtda
mutaxassisga murojaat qilib, o‘z masalasini xal qilgan. SHariy hukmlar masalasida
ham xos kishilar – mujtahid-faqihlar shug‘ullanib, ommaga uning masalalarini
etkazib, tushuntirganlar. Omma esa unga amal qilgan. SHariy nuqtai nazardan
odamlar: mujtahid va muqallidga bo‘linadi.
Mujtahid deb manbalarda, ijtihod qilish (muayyan iliy salohiyatga ega faqih
olimning shariatning mufassal dalillaridan shariy hukmlarni chiqarib olish, ya’ni
istinbot qilish janayoni) faoliyati bilan shug‘ullanadigan kishiga aytilgan. Mujtahid
olimlar shariatning mustaqil manbasi emas. Balki mujtahid shariat qonunlarini
sharhlovchisi va uning manbalarni tushuntiruvchisi deb tan olinadi.
Omma esa, ijtihod qila olmaydigan, boshqacha qilib aytganda, mustaqil tarzda
shariat manbalarini tushunmaydi va ulardan qanday hukm olinishini bilmaydigan
kishi. Ular mujtahidga taqlid qiladi va u muqallid-taqlid qiluvchi deyiladi. Taqlid
qiluvchi mujtahidning hukmiga amal qiladi. Musulmonlarning asosiy qismi shu
guruh - taqlid qiluvchilar guruhidan iborat.
SHu kungacha yashagan musulmon olimlarining faoliyati natijasida mazhablar
jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Mazhabsizlik va shunga o‘xshash fikrlar faqat
islom dushmanlari musulmonlar orasida tarqatishga harakat qilmoqda. Tarixda
bunday holat kuzatilmaganini musulmon olimlari ta’kidlamoqda.
Olimlardan SHoh Valiulloh Dehlaviy to‘rt mazhabdan biriga taqlid qilish haqida:
«Bilginki, ushbu to‘rt mazhabning birini ushlashda (taqlid qilishda) ummat uchun
katta foyda va afzallik bor. Ulardan yuz o‘girishda katta fasod bor», degan.
Aslini olganda esa, musulmonlar Payg‘ambar (a.s.)ga ergashadi, mujtahidlarga
taqlid qiladi xolos. Ulamolarning tutgan yo‘llari haqida mashhur muhaddis
Zahabiy: «Biz, to‘rt imom (Abu Hanifa, Molik, SHofeiy, Ahmad), ikki Sufyon
(Sufyon Savriy va Sufyon ibn Uyayna), Avzoiy, Dovud Zohiriy, Ishoq ibn
Rohuvayh va boshqa imomlar haq yo‘lda bo‘lganlar, deb ishonishimiz lozim. Ular
o‘zlari haqda aytilayotgan ayb (gap)lardan pok bo‘lib, u gaplarga e’tibor
qaratilmaydi. Boshqa mujtahid muayyan bir mazhabga ergashishi shart... Ikki
haram imomi (Juvayniy) ta’kidlaganidek, sahoba va tobeinlarga ergashib
bo‘lmaydi, chunki ularning mazhabi yozilmagan va shakllantirilmagan. Qozilik
masalalari va fatvo berishda to‘rt mazhabdan boshqasiga taqlid qilinmaydi»,
degan. Boshqa bir olim Tojuddin Subkiy shunday yozadi: «Ushbu to‘rt mazhab
(hanafiy, molikiy, shofeiy, hanbaliy), Alloh rahmati ila, e’tiqodda bir bo‘lgan.
Ularning izdoshlaridan ayrimlari mo‘‘taziliylar va mujassimaga qo‘shilib
ketganlariga qaramasdan, uarning mutlaq ko‘pchiligi haqiqatga rioya qilganlar...».
«Ahli sunna val-jamoa» olimlari to‘rt mazhabdan biriga taqlid qilish shart ekani
borasida ixtilofga bormaganlar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, islomdagi fiqhiy mazhablar musulmonlarning
birligini saqlashga va omma xalqning diniy ishlarni amalga oshirishidagi
qiyinchiliklarini oldini olishga xizmat qilgan. Biroq mazhablarni inkor qilish
g‘oyalari musulmonlar oldiga turli shubhalarni solib sof islom g‘oyalarini inkor
qilib jamiyatda ixtilofli vaziyatni keltiribl chiqarishga harakat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |