10-mavzu Islоmdagi mazhablar va yo’nalishlar Rеja


Islomdagi oqim va yo’nalishlarning hozirgi kundagi ko’rinishlari va



Download 248,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana20.09.2021
Hajmi248,16 Kb.
#179716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-семинар мавзулари

Islomdagi oqim va yo’nalishlarning hozirgi kundagi ko’rinishlari va 

ularning islom birligiga tahdidi. 

Bugungi kunda turli guruhlar  tarafidan  mazhablarni inkor qilish  holatlari uchrab 

turibdi.  Ular  mazhabsizlik  g‘oyasini  ilgari  surib,  asosiy  maqsadlari  asrlar 

davomida amal qilinib kelinayotgan fiqhiy mazhablarni inkor qilish hisoblanadi.  

Mazhabsizlik g‘oyasi deyarli 12 asrdan ortiq vaqt mobaynida yashagan minglab 

ulamolarning  butun  umrlarini  sarflab  olgan  ilmlari  va  qoldirgan  meroslarini, 

yozgan asarlarini bekorga chiqaradi. SHu bilan birga asrlar davomida amal qilinib 

kelinayotgan  an’analar  noto‘g‘ri,  ularga  amal  qilgan  musulmonlar  esa  adashgan 

ekan  degan  xulosaga  olib  keladi.  Bundan  tashqari  musulmonlar  birligini  xavf 

ostiga  oladi.  Zero  Muhammad  payg‘ambar  (a.s.)  hadislarida:  «Alloh  ummatimni 



zalolatda  jamlamaydi»,  «Musulmonlar  yaxshi  deb  bilgan  narsa  Allohning 

huzurida ham yaxshidir» (hadislarni Hokim Naysapuriy rivoyat qilgan), deyilgan. 

Mazhablar ham musulmonlarning birligi. 

Olimlar  butun  umrini  shariat  ilmiga  bag‘ishlab,  undagi  o‘ta  nozik  masalalarni 

o‘rganish  uchun  o‘nlab  yil  umrlarini  o‘tkazganlar,  Qur’on  va  hadislarda 




uchraydigan  va  barcha  insonlar  tushunishi  qiyin  bo‘lgan  joylarni  fahmlash  va 

tushunishga oson shaklga keltirib so‘ngi xulosalarni berganlar.  

Mazhabsizlik g‘oyasini soxta salafiylar ilgari surmoqda. Ularning fikricha, fiqhiy 

mazhablar tomnidan ishlab chiqilgan qoidalarni to‘g‘ri tushunish usuli sifatida tan 

olinmaydi,  balki  shariat  ahkomlarini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  amalga  tadbiq  etish  lozim 

deb hisolanadi. Boshqacha qilib aytganda, mazhabsizlarning da’vosi bo‘yicha har 

bir  kishi,  o‘zi  Qur’ondan  yoki  hadisdan  hukm  olishi  mumkin.  CHunki 

mujtahidlarning  xulosasi  boshqalar  uchun  asos  bo‘la  olmaydi,  har  bir  odam  o‘zi 

fatvo berishi mumkin. Ularning g‘oyasiga amal qilinadigan bo‘lsa, barcha Qur’on 

va  hadisdan  hukm  olishga  o‘tsa,  jamiyatdagi  boshqa  sohalar  izdan  chiqib  ketadi. 

CHunonchi tibbiyot, arxitektura va hokazo soha egalari ham o‘zlari mustaqil tarzda 

Qur’on  yoki  hadislarni  o‘rganib  o‘z  masalalarini  xal  etishlari  lozim  bo‘lib  qolar 

edi. 

Mazhabsizlarning  aytayotgan  da’volaridan  yana  biri  faqat  sahih  hadisga  amal 



qilish  lozim,  chunki  mujtahidlar  har  xil  fatvo  chiqarganlar,  shuning  uchun  bu 

bo‘linish hisoblanadi deydilar. Aslida mazhablardagi bir masalaga turlicha qarash 

mujtahidning  o‘sha  masalani  qanday  tushunishiga  bog‘liq.  Arab  tili  boy  til 

bo‘lgani sababli, bir olim Qur’ondagi so‘zning bir ma’nosini qabul qilgan bo‘lsa, 

ikkinchi  mujtahid  boshqa  ma’nosini  olgan.  Hukm  ham  shunga  yarasha  bo‘lgan. 

Hadislardan  hukm  olish  ham  shunga  yarasha  bo‘lgan.  Bir  mujtahid  bir  hadisni 

olgan  va  unga  qarshi  bo‘lgan  hadisni  esa,  hukmi  o‘chgan  deb  bilan,  boshqa 

mujtahid esa, o‘sha hadisni hukmi o‘chmagan deb qabul qilgan. Bulardan tashqari 

payg‘ambar  tomonidan  sahobalarga  ham  o‘z  o‘rniga  qarab  turlicha  masalahatlar 

berilgan. Sahobalar esa, turli joylarga tarqalib, borgan joylarida o‘zlari bilgan ilm 

bilan boshqalarni tanishtirganlar. SHu va boshqa sabablar bilan mazhablar orasida 

bir  masalaga turlicha  fatvolar berish kelib  chiqqan.  SHunday  bo‘lsada  mazhablar 

bir  birlarining  hukmlarini  xato  deb  hisoblamaydilar  va  o‘sha  boshqa  hukmni 

hurmat qiladilar. 

Soxta  salafiylar  tarafidan  ilgari  surilayotgan  mazhabsizlik  g‘oyasi,  mujtahidga 

emas,  balki  Payg‘ambarga  ergashish  dozim  deb  hisoblaydilar.  CHunki  salafi-

solihlar payg‘ambarga ergashgan, ular davrida mazhablar bo‘lmagan, degan dav’ni 

amalga oshirdilar.  

SHu  o‘rinda  fatvo  va  muftiy  haqida  to‘xtalib  o‘tish  o‘rinli.  Fatvo  deb  lug‘atda 

«mushkul  ishga  javob  qidirish»,  «savolga  javob  berish»,  «shariat  masalalari 

yuzasidan  fatvo  chiqarmoq»,  «maslahat  bermoq»,  «muftiyning  xulosasi»  degan 

ma’nolarni bildiradi. Istilohda esa, «dalilga asoslanib, shar’iy hukmni so‘rovchiga 

bayon qilib berish»ga fatvo deyiladi. Hanfiy mazhabi olimlaridan Taqiy Usmoniy 

fatvoni «Diniy masalalarga javob berishdir», degan. 




«Muftiy»  deb  shariat  hukmlari  borasida  fatvo beradigan  odamga  aytiladi.  Faqih 

Qarofiy  shunday  degan:  «Muftiylar  Alloh  taoloning  tarjimonlaridir.  CHunki  ular 

nass (Qur’on va hadis)ga tayangan holda hukm chiqaradilar». Imom SHotibiy esa: 

«Muftiylar  ummat  uchun  Rasululloh  (alayhis-salom)  maqomlarida  bo‘ladilar. 

Bunga  dalil  qilib:  «Olimlar  payg‘ambarlarning  merosxo‘rlaridir.  Payg‘ambarlar 


Download 248,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish