10-mavzu: detallarni plastmassa va elimlardan foydalanib ta’mirlash va kavsharlash. Umumiy ma’lumotlar


Detallarni polimer ashyolarni purkash va elimlash usulida tiklash



Download 125,82 Kb.
bet5/6
Sana15.02.2023
Hajmi125,82 Kb.
#911449
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

10.3. Detallarni polimer ashyolarni purkash va elimlash usulida tiklash
Eyilgan va shikastlangan detallarni, sinib tushgan qismlarni va boshqa nuqsonlarni polimer qoplamalar yotqizib va elimlab yopishtirib tiklash mumkin. Bu usulda tiklash oldidan detallarning tiklanadigan sirtlari tozalanib, yaltillatiladi, biroz g‘adir-budur qilinadi va atseton yoki boshqa eritgichlar yordamida yog‘dan tozalanadi.


Polimer qoplamlarni yotqizish. Buyum sirtining yeyilish va shikastlanish turiga qarab, detallar polimer (plastmassa) ashyolarni purkab yoki epoksid pastalarni surtib tiklanadi. Kukun purkashning 20 dan ortiq usuli bor, bularning ichida gazplazmali, uyurmali, tebranma purkash keng qo‘llaniladi.
Gazalangali purkash em-xashak yig‘ish kombaynlarining kabinalaridagi pachoq joylarni PFN-12, TPF-37 va boshqa kukunlardan foydalanib tiklashda qo‘llaniladi, detallarning eyilgan sirtlarini tiklash uchun esa A markali kapron kukuni ishlatiladi. Kukunlar UPN toifasidagi uskunada (8.33-rasm) purkaladi.



10.2- rasm . UPN-63 toifasidagi gaz alangasi yordamida polimerlarning purkash uskunasi:


1-aralashtirgich- bakcha; 2- havo filtri; 3- havo kanali; 4- havo jo‘mragi; 5-injektor; 6-soplo; 7-gaz gorelkasining aylana tirqishi; 8- detal; 9- jo‘mrak; 10- aralashtirish kamerasi; 11-atsetilen jo‘mragi.

Uskuna aralashtirgich–bakcha 1 va purkash gorelkasidan iborat. Gorelkaga atsetilen, siqilgan havo va havo-kukuni aralashmasi keltiriladi. Uskunani ishga tushirish oldidan avval aralashtirish kamerasi 10 ning jo‘mragi 9 ochiladi, so‘ng atsetilen jo‘mragi 11 ochiladi. Hosil bo‘lgan yonuvchi havo-atsetilen aralashmasi gaz gorelkasining aylana tirqishi 7 ga keladi va shu erda yoqiladi. Bu alanga yordamida detalning sirti 210-2600S gacha qizdiriladi. Kukun so‘radigan injektor 5 ning havo jo‘mragi 4 ochiladi. Havo filtr 2 orqali bakcha 1 ga kirib, uning ichidagi kukunni uyurmalantiradi. Hosil bo‘lgan havo- kukun aralashmasi injektordan chiqayotgan havo oqimiga ergashib, kanal 3 orqali soplo teshigi 6 ga keladi. Kukunlar gorelkaning gaz alangasidan o‘tib, suyuqlashadi va siqilgan havo oqimi yordamida detal 8 ning tayyorlangan sirtiga purkalib, qalinligi 10 mm gacha boradigan qatlam hosil qiladi.


Gorelkadan detalning qoplanadigan sirtigacha bo‘lgan oraliq 70-150 mm, gorelkaning siljish tezligi 1,5-1 sm/min. Gorelkaning silindrik soplosini bir marta o‘tkazganda sirtni qoplash kengligi 15-20 mm, yassi soplo bilan esa 65-70 mm ni tashkil etadi. Gorelkaga beriladigan atsetilen sarfi 10-15 m3 soat bo‘lganda bosimi 0,5 kPa dan kam bo‘lmasligi kerak.

10.3-rasm. Polimerlarning uyurmali purkash sxemasi:


1-truba; 2- chetka; 3- po‘lat plastina; 4- gazlama; 5- kamera; 6-detal;7- polimer kukuni.
Uyurmali purkash usuli ishqalanib eyilgan sirtlar (koromislolarning vtulkalari, mushtchali vallar va boshqa mayda detallar) ni tiklashda ko‘llaniladi. Bu usul dastlab qizdirilgan detal 6 (10.3-rasm) ni havo yoki inert gaz oqimida uyurmalangan (soxta suyuqlantirilgan) polimer kukun 7 qatlamiga cho‘ktirishga asoslangan. Detal dastlab termik pechda yoki gaz gorelkasi bilan 280-3000S gacha qizdiriladi va kamera 5 ga joylanadi. G‘ovak to‘siq ustiga kamida 100 m qalinlikda kukunsimon kapron sepiladi. Po‘lat plastina 3 teshiklari (0,8-2,0 mm) ga kukun tiqilib qolmasligi uchun uning usti gazlama 4 bilan yopiladi. So‘ngra truba 1 bo‘ylab to‘siq orqali kameraga 0,1-2,0 MPa bosim ostida siqilgan havo, inert yoki boshqa gaz beriladi. Bu gaz kukunlrni muallaq holatga keltirib, suyuqlik xossalarini beradi. Kukun zarrachalari detalning issiqligi hisobiga suyuqlanadi va uni 2 mm gacha qalinlikda polimer qatlami bilan tekis qoplaydi.
Tebranma purkash uyurma purkashdan farq qilib, bunda kukun kamera rezina tubi (diafragma) ning titrashi hisobiga qaynayotgan suyuqlik xossasini oladi, ya’ni kukun qatlami soxta suyuq holatga keladi.

Download 125,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish