10-mavzu: detallarni plastmassa va elimlardan foydalanib ta’mirlash va kavsharlash. Umumiy ma’lumotlar


Detallarda uchraydigan nuqsonlar tasnifi



Download 125,82 Kb.
bet2/6
Sana15.02.2023
Hajmi125,82 Kb.
#911449
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Detallarda uchraydigan nuqsonlar tasnifi. Turli jarayonlarning birgalikda detallarga ko‘rsatgan ta’siri natijasida ularda nuqsonlar paydo bo‘ladi. Nuqsonlarning turi juda ko‘p bo‘lib, ularni quyidagi besh guruhga bo‘lish mumkin: ish sirtlarining o‘lchamlari va geometrik shaklining o‘zgarishi; ish sirtlarining o‘zaro joylashishidagi aniqlikning buzilishi; detallarning mexanik shikastlanishi va deformatsiyalanishi; zanglab shikastlanishi; detallar ashyosining fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishi.
Detallar ish sirtlarining o‘lchamlari yeyilish natijasida o‘zgaradi. Sirtlar notekis eyilganda ularning geometrik shakli buziladi. Fikrimizni asoslash uchun dvigateldagi eng muhim ikkita detal-silindrlar gilzalari va tirsakli valning yeyilish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Silindrlarning gilzalarida uning ichki ish sirti eyiladi. Yeyilish natijasida gilza ish sirtining diametri kattalashadi, uning shakli esa buziladi. Gilzaning ichki sirti uzunligi bo‘yicha noto‘g‘ri konus, aylanasi bo‘ylab esa, oval shakliga keladi.
Silindrlar gilzasining yuqori qismi, yuqorigi kompression halqaning ishqalanish joyi ko‘proq eyiladi (8.32-rasm). Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. YOnilg‘i yonganda gilzaning yuqori qismida gazlar harorati va bosimi keskin oshadi. Gazlar porshen halqalarining ostiga kirib, ularning gilza sirtiga bosimini oshiradi. YUqori harorat natijasida moy parda suyulib, gilzaning yuqori qismini moylash sharoitlari yomonlashadi. Bundan tashqari, yonuvchi aralashma moyni qisman yuvib yuboradi. YOnilg‘i yonganda tarkibida karbonat angidrid gazi va oltingugurtli birikmalar bo‘lgan gazlar hosil bo‘ladi. Bu gazlar suv bug‘lari bilan qo‘shilib, sulfat va ko‘mir kislotalarini hosil qiladi, bu kislotalar sirtning zanglab yeyilishi uchun sharoit yaratadi.
Porshenning gilza devoriga notekis ta’sir etishi gilza ish sirtining oval shaklga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu esa porshenning gilza sirtiga bosimi katta bo‘lishligi bilan tushuntiriladi va shu joylar tez eyiladi.
Dvigatelning tirsakli vali ish jarayonida ish gazlarining siklik (takrorlanuvchi) bosimi, ilgarilanma harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlarning inersiya kuchlari ta’sirida bo‘ladi.
Bunday sharoitlarda tirsakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlari eyiladi. Tirsakli valning bo‘yinlariga kuchlar notekis ta’sir etganidan ular aylana bo‘ylab notekis eyiladi.Masalan, shatun bo‘yinlari tirsakli valning o‘zak bo‘yinlarining o‘qiga qaragan tomonda ko‘proq eyiladi. Bunga sabab shuki, val bo‘ynining bu tomoniga inersion kuchlar uzluksiz ta’sir etadi.
Ish sirtlarining o‘zaro joylashishidagi aniqlikning buzilishi mashinalarning detallarida ko‘p uchraydigan nuqsonlar qatoriga kiradi. Bunday nuqson sodir bo‘lganda silindrsimon sirtlar mehvarlari o‘rtasidagi oraliq, mehvarlar va tekisliklarning o‘zaro paraleligi yoki tikligi, silindrsimon sirtlarning o‘qdoshligi buziladi va hokazo.
Nuqsonlarning sodir bo‘lishiga ish sirtlarning notekis yeyilishi, detallarni tayyorlashda paydo bo‘ladigan ichki kuchlanishlar, ish vaqtida detallga ortiqcha yuk tushib, ularni qoldiq deformatsiya paydo bo‘lishi va boshqalar sabab bo‘ladi.

10.1-rasm. Dvigatel gilzasining yuqoridan pastga qarab yeyilish sxemasi.

Detallar ashyosidagi ichki kuchlanishlar uning eguluvchanlik chegarasidan oshganda deforrmatsiya sodir bo‘ladi. Qoldiq deforrmatsiya detallarda egilish, buralish, qiyshayish ko‘rinishida bo‘ladi. Tirsakli vallar va taqsimlash vallari deformatsiyalanib egiladi, korpus detallar (silindrlar bloki, uzatmalar qutisining karteri va h.k.) qiyshayadi, shatunlar buraladi.


Ashyolarning zanglab shikastlanish xodisasi detalga tashqi muhitning kimyoviy yoki elektr kimyoviy ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Detallar zanglaganda ular sirtida oksid pardalar, dog‘lar va o‘yilgan joylar paydo bo‘ladi.
Detallarga o‘zgaruvchan ishorali kuchlar takror-takror ta’sir etganda metallda ichki zo‘riqishlar to‘plana boradi, detallarning uzoq vaqtga chidamliligi kamaya boradi, darzlar va nuqsonlar paydo bo‘la boshlaydi, detal ashyosi toliqadi. Ashyolarning toliqish hodisasi tirsakli vallar, burish sapfalari, yarimo‘qlar, ressorlar, prujinalar kabilarda sodir bo‘ladi.
Detallarning nurashi suyuqlik ta’sirida sodir bo‘ladi. Nurash natijasida detallar sirtida o‘yilgan joylar va dog‘lar paydo bo‘ladi. Bunday shikastlanishni dvigatel sovitish tizimining detallarida, kuzovda va uning qanotlarida kuzatish mumkin. Agar detalga ta’sir etayotgan suyuqlik tarkibida jilvir zarrachalar mavjud bo‘lsa, nurash kuchayadi.
Detallardagi nuqsonlar qo‘shimcha dinamik yuklarni vujudga keltirib, ularni yeyilishini tezlashtiradi.SHuning uchun detallarni yaroqli- yaroqsizlarga ajratib saralashda, nuqsonlarni topish va ta’mirlash jarayonida ularni bartaraf etish zarur.
Kavitatsion shikastlanishlar detalga ta’sir etayotgan suyuqlik oqimi shu oqimda paydo bo‘lgan gaz pufakchalari ta’sirida uzilib-uzilib turganda sodir bo‘ladi. Kavitatsion pufakchalar yorilganda gidravlik zarblar paydo bo‘lib, detal sirtida diametri 0,2 -1,2 mm li chuqurchalar hosil bo‘ladi.

Detallarga ish jarayonida belgilangan miqdordan ortiqcha yuk ta’sir etganda, shuningdek ashyoning toliqishi natijasida ularda mexanik nuqsonlar va deformatsiyalar sodir bo‘ladi. Mexanik nuqsonlarga detallardagi darzlar, teshilgan, singan joylar, deformatsiyalar (egilish, buradlish, qiyshayish) kiradi.


Darzlar ko‘pincha o‘zgaruvchan kuchlar vaqt-vaqti bilan (siklik) ta’sir etadigan sharoitlarda ishlaydigan detallarda ashyoning toliqishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunday nuqsonlar ko‘pincha rama detallarida, kuzovlarda, tirsakli vallarda, burish sapfalarida, ressoralarda, kuchlanishlar to‘planadigan joylar (teshiklar, galtellar va x.k.) atrofida paydo bo‘ladi. Darzlarning kenglgi turlicha bo‘ladi: ba’zilarini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin,boshqalarini esa maxsus asboblar yordamida aniqlanadi.
Detallar metallning toliqishi natijasida, shuningdek katta zarbli kuchlar ta’sirida sinishi mumkin.
Detallar dinamik kuchlar ta’sirida deformatsiyalanadi. Bunday nuqson tirsakli vallar, shatunlar, kardanli vallar, oldingi ko‘prik to‘sinlari, ramaning detallari va kuzovlarda uchraydi.
Zanglash natijasida shikastlanishlar metallning zangli muhit bilan kimyoviy elektr kimyoviy o‘zaro ta’sir etishi natijasida paydo bo‘ladi.
Zanglash natijasida shikastlanishlar detallarda yaxlit oksid pardalar yoki ayrim joylardagi dog‘lar, o‘yilgan joylar, nuqtalar ko‘rinishida bo‘ladi. Avtomabillarning ko‘p detallari: chiqarish klapanlari, silindr gilzalarining yuqori qismi, rama, kuzov, osmaning qismlari va hokazolar zanglaydi.
Mashinalarning ish jarayonida detallar ashyosining fizik- mexanik xossalari o‘zgarganda detallarning qattiqligi va egiluvchanlik xususiyatlari pasayadi. Ish jarayonida detallar qizitib ishlov berish haroratigacha qiziganda yoki kimyoviy-qizitib ishlov berishi natijasida mustahkamlangan sirtqi qatlam qattiqligi o‘zgaradi.
Detal ashyosi toliqishi natijasida detallarning egiluvchanlik xususiyati pasayadi. Bunday nuqson ko‘pincha klapanlarning prujinalari va ressorlarda sodir bo‘ladi.
Yaroqli- yaroqsizlarga ajratish detallardagi eyilgan, darz bo‘lgan, egilgan, o‘qdoshligi buzilgan, singan, zanglgan, chizilgan, tirnalgan kabi joylarni aniqlash jarayonidan iborat. Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratish jarayoni sifatli bajarilsa, ta’mirlangan mashinaning ish muddati 20-25 foizga oshishi mumkin. Detallarni yaroqli – yaroqsizlarga saralashda ular besh guruhga ajratilib, turli rangdagi bo‘yoqlar bilan belgilanib qo‘yiladi:

  1. yaroqli detallar yashil rang bilan belgilanadi;

2) yangi yoki me’yoriy o‘lchamgacha tiklangan detallar sariq rang bilan belgilanadi;
3) ustaxonada yoki ixtisoslashtirilgan korxonada ta’mirlanishi lozim bo‘lgan detallar oq rang bilan bilan belgilanadi;
4) faqat ixtisoslashtirilgan korxonada ta’mirlanishi lozim bo‘lgan detallar ko‘k rang bilan belgilanadi;
5) yaroqsiz detallar- qizil rang bilan belgilanib, chiqindilar omboriga topshiriladi.
Detallar yuvib tozalangandan keyin ularga yaroqli yoki yaroqsiz belgilari qo‘yiladi.
Hozirgi kunda nuqsonlarni aniqlashning asosan ikki usulidan foydalanilmoqda:
1) ko‘zdan kechirib- optik usulda aniqlash (tirnalgan, yorilgan, zanglagan va hokazo joylarni);

  1. kapilyar usulda aniqlash (darz joylarni).

Kapilyar usullar ho‘llash uchun ishlatilgan suyuqlikning sirtqi darzlar, g‘ovaklar va hokazolarga kapillyarlar bo‘ylab singishi hodisasiga asoslangan. Bu usullarga, masalan, lyuminessent usuli kiradi. Lyuminessent usulidan magnitlanish xususiyatiga ega bo‘lmagan ashyolardan tayyorlangan detallardagi sirtqi darzlar va g‘ovaklarni aniqlashda qo‘llaniladi.
Detallarni yaroqli-yaroqsizga ajratishda quyidagi o‘lchov asboblaridan foydalaniladi:

1) shtangensirkul, mikrometr, indikatorli nutrometr (ichki o‘lcham o‘lchagich), tangenzubomerlar, indikatorli universal shtativlar, tekshirish plitalari, chizg‘ichlar, goniyalar, optimetrlar, minimetrlar, asbobli mikroskoplar va boshqalar;


2) magnit-kukun usuli (darzlar, g‘ovaklar aniqlanadi, ta’mirlash korxonalarida qo‘llaniladi); yuvish-kukun usuli (sirtqi va sirtga yaqin joyda joylashgan darzlarni, g‘ovaklarni aniqlashda qo‘llaniladi);
3) induksiya (uyurmali tok) usuli yordamida ko‘zga ko‘rinmaydigan darzlar aniqlanadi;
4) ultratovush usuli. Bu usul ultratovushning bir jinsli metalldan o‘ta olish xususiyatiga asoslangan. Agar to‘sqinlik bo‘lmasa, ultratovush metall orqali erkin o‘tadi; agar metallda darz bo‘lsa, ultratovush shu darz orasidagi havo qatlamidan qaytadi va bu maxsus asboblar yordamida qayd etiladi;
5) rentgenografiya usuli. Bu usul rentgen nurlarining detal qalinligiga qarab (nur o‘tkazilgan qatlam qalinligi, ichki nuqsonlarning mavjudligi va h.k. ga qarab ) turlicha yutilishiga asoslangan;
6) bosim usuli ichi bo‘sh detallardagi ko‘zga ko‘rinmaydigan nuqsonlarni (ko‘pincha ochiq darzlarni) aniqlashda qo‘llaniladi. Bu usulda detallar ichiga bosim bilan suv yoki havo kiritiladi. Muhim detallar uchun havo o‘rniga geliy ishlatiladi, so‘ng darzqidirgich (havo yoki suyuqlik sizgan joyni aniqlovchi asbob) yordamida geliyning qaerdan sizayotganligi aniqlanadi;
7) gidravlik usul. Bu usulda korpus detallar (silindrlar bloki, silindrlar kallagi) dagi darzlar aniqlanadi. Sinovlar detallardagi barcha teshiklarning jips yopilishini ta’minlaydigan maxsus stendlarda o‘tkaziladi. Detal ichini to‘latadigan suv bosimi 0,3-0,4 MPa bo‘ladi. Suvning sizib chiqishiga qarab, detalda darz bor-yo‘qligi aniqlanadi;
8) pnevmatik usul ikki sxema bo‘yicha qo‘llaniladi. Birinchi sxemada sinaladigan detal suvga botiriladi, uning ichki qismiga esa bosim bilan havo kiritiladi. Havo bosimi detallarni sinash texnik shartlariga muvofiq tanlanadi.
Suvdan ko‘tarilayotgan havo pufakchalari detalda nuqson borligini va uning qaerda ekanligini ko‘rsatadi. Bu usul yordamida radiatorlar, baklar va h.k. lardagi nuqsonlar aniqlanadi. Ikkinchi sxema bo‘yicha sinashda detalning ichi gaz bilan to‘latiladi va uning germetikligi bosimning pasayish darajasiga qarab aniqlanadi. Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratishda nuqsonlarning qaerda joylashganini aniq bilish shart bo‘lmaganda bu usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ta’mirlash korxonalarida kapillyar usullardan bo‘yoq lyuminessent usullari ko‘proq qo‘llaniladi.
Bo‘yoq usuli suyuq bo‘yoqlarning o‘zaro diffuziyalanish xossalariga asoslangan. Bunda detalning tekshirilayotgan sirti organik eritkich (ko‘pincha, benzin) bilan yog‘dan tozalangandan keyin, unga kerosinda suyultirilgan rangli bo‘yoq surtiladi.
Turli tekshirish usullarida olingan axborot sifati

Download 125,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish