Havo harorati 200S bo‘lganda paxtaning namligi
(O‘zpaxtasanoat ma’lumoti)
Paxta xom-ashyosi
|
Havoning nisbiy namligi
|
10
|
20
|
40
|
50
|
80
|
90
|
Chigitli paxta
Paxta tolasi
|
2,0
2,5
|
3,5
4,6
|
5,5
6,0
|
8,0
7,3
|
9,4
10,6
|
10,9
14,1
|
Chigitli paxtaning namligi W, undagi nam massasining absalyut quruq massaga nisbati bilan protsent hisobida aniqlanadi.
W q 100 Gn/Gaq
Bunda: Gn -chigitli paxtada bo‘lgan nam massasi;
Gaq -chigitli paxtani absalyut quruq massasi
Boshqa tolali materiallar singari chigitli paxtadan xam namlik atrofdagi xavoning nisbiy namligiga qarab o‘zgaradi.
7.2-jadval.
Temperatura 200 bo‘lganda tolali materiallarning namligi
Tolali material
|
Atrof muhitning nisbiy namligi % bo‘lganda tolali meterialning namligi, %
|
|
10
|
20
|
40
|
50
|
80
|
90
|
Ip gazlama
|
2.6
|
3,7
|
5,2
|
6,8
|
10,1
|
14,3
|
Paxta tolasi
|
2.5
|
4,6
|
6,0
|
7,3
|
10,6
|
14,1
|
Chigitli paxta
|
2.0
|
3,5
|
5,5
|
8,0
|
9,4
|
10,9
|
Gigroskopik paxta
|
4.8
|
9,0
|
15,7
|
20,8
|
24,3
|
25,8
|
Chigitli paxtani tashkil qiluvchi ayrim komponentlarning namligi chigitli paxtaning umumiy namligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi empirik formula bilan aniqlanishi mumkin:
Wtq 0,7 W; W mq0.46 W1.275 ; Wq (W-RtWt-RmWm)Rp
Bunda W- chigitli paxta namligi, % Wt – tolaning namligi, %, Wm- mag‘izning namligi, %, Wp- chigit po‘chog‘ining namligi, %. Rt-chigitli paxtadagi tola miqdori, g; Rp – paxtadagi chigit po‘chog‘i, g; Rp-chigitli paxtadagi mag‘iz miqdori, g;
Paxtadagi chigit po‘chog‘i miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi: Rp q 1-Rt – Rm
Dalalarda teriladigan I sort paxtanining namligi terish usuliga va vaqtiga qarab, quyidagi chegaralarda o‘zgarishi mumkin.
7.3-jadval
Chigitli paxtani quritish usullari.
Terish usuli:
|
Namligi, %
|
Birinchi mashina terimi
Ikkinchi mashina terimi
Mashinada terilgan ko‘sak paxta
Qo‘lda terilgan paxta
|
13-16
12-15
30 gacha
8-10
|
Ob-havo sharoitiga qarab, ayniqsa past sort chigitli paxta namligi keltirilgan chegaradan yuqori bo‘lishi mumkin.
Chigitli paxta saqlanish davrida o‘zining tabiiy xususiyatlarini yo‘qotmasligi va undan chiqadigan tola va chigitning sifatini yaxshi holda olish uchun uni o‘z vaqtida quritish va iflosliklardan tozalash kerak.
Hozirgi vaqtda nam chigitli paxtani quritishning ikki usuli bor: Tabiiy quritish - qo‘l bilan terilgan chigitli paxtani dala sharoitida, ochiq maydonchalarda quyosh nurida (oftobda) quritish;
Sun’iy quritish – mashinada terilgan chigitli paxtaning hamma sortlarini va qo‘lda terilgan paxtaning past sortlarini har hil konstruktsiyali maxsus sushilkalarda quritish.
15-rasm. STAM-K-2 markadagi o‘txona sxemasi.
Oftobda urug‘lik chigitli paxtaning namligi 2,0-3,0% ga kamaytirish zarur bo‘lganda keng qo‘llaniladi. Buning uchun brigada shiyponlarida maxsus maydonchalar tekislab, ularning usti somonli loy bilan suvaladi yoki asfaltlanadi. quritiladigan chigitli paxta namligiga qarab 10-15 sm qalinlikda maydonchaga oftobda yoyib qo‘yiladi va quritishni tezlatish uchun vaqti-vaqti bilan aralashtirib, ag‘darib turiladi.
Chigitli paxtani sun’iy quritish uchun paxta tozalash zavodlariga va zavoddan tashqaridagi paxta tayyorlash punktlarida maxsus quritish tsexlari quriladi. Bunday tsexlarda namligi va iflosligi normadan yuqori bo‘lgan chigitli paxtalar quritib tozalanadi. Quritish-tozalash tsexlarida o‘rnatilgan sushilkalar chigitli paxtaga issiqlik berish usuliga qarab aerofontan, kamerali, shnekli va barabanli bo‘lishi mumkin. Paxta tozalash sanoatida namlikni ko‘p olish va quritilgan paxtani ko‘p chiqarish jihatidan unumi yuqori hisoblangan har hil konstruktsiyadagi barabanli sushilkalar ishlatiladi. Boshqa sushilkalarga qaraganda barabanli sushilkalarda quritish agentining temperaturasi yuqori va ularni ishlatish oson.
Ikki batareyali paxta tozalash zavodiga mo‘ljallangan quritish tozalash tsexining sxemasi ishlab chiqilgan. Bu tsexda separator, ChX-3M arrali tozalagichlarni ta’minlovchi 2SB-10 markali ikkita sushilka barabanlari o‘rnatilgan. quritilgan chigitli paxta sushilka barabanlaridan pnevmotransport orqali shnekli tozalagichlarga uzatiladi. Shundan keyin chigitli paxta elevator bilan ko‘tarilib arrali tozalagichlarning taqsimlovchi shnekiga uzatiladi. Arrali tozalagichlarda tozalanib chiqqan chigitli paxta elevator bilan ko‘tarilib tsexdan chiqarib yuboriladi. Quritiladigan paxta miqdori quritish-tozalash tsexining 3 kunlik ishiga yetarli bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |