3.To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida (bolalar bog‘chalari va yaslilarda) saqlanganligi, bolalarni musiqa va san’at maktablarida o‘qitilganligi, tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar, ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar va boshqa shu kabilar bo‘yichato‘lovlarning maxsus turlariga
doir hisob-kitoblaramalga oshiriladi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha pul hisoblab yozish bolalarning bog‘chaga kelishi hisobi olib boriladigan 305-son shakldagi bolalarning davomat hisobi bo‘yicha tabel asosida haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi. To‘lovlar bevosita maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘langanda ota-onalarga to‘langanlik haqidagi kvitansiyalar beriladi. Vakil qilingan kishilardan qabul qilingan summalar uch kunlik muddat ichida tashkilotning hisobvarag‘iga kirim qilinishi kerak.Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab-internatlari va boshqa ta’lim muassasalaida bolalar ta’minotiga xaq to‘lash tartibi va to‘lov miqdorlari qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Buxgalteriya hisobida to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida to‘lovlarning maxsus turlari bo‘yicha hisoblangan summa, kredit tomonida ushbu mablag‘larni kelib tushishi aks ettiriladi.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqarib olingan taqdirda oldindan to‘langan summa ota-onalarga ularning arizasiga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarining ko‘rsatmasiga binoan qaytariladi. Ariza maktabgacha ta’lim muassasasi buxgalteriyasiga rahbarning ko‘rsatmasi va bolalarning bog‘chaga qatnashini hisobi olib boriladigan
navbatdagi tabel bilan birgalikda topshiriladi.
Qaytariladigan summa kassa orqali beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan ham qaytarilishi mumkin. Bolalarni saqlash yuzasidan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalarni saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar
132
qaydnomasida yuritiladi.327-son shakldagi qaydnoma asosida 406-son shakldagi (15-memorial order) bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma tuziladi.
Tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushgan to‘lovlar summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi, 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyot yoki 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” subschyot debetlanadi. Tarbiyalanuvchilarning maktab-internatda haqiqiy bo‘lgan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi har bir tarbiyalanuvchi bo‘yicha alohida holda 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
Bolalarni maktablar qoshidagi internatlarda ovqatlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblab yozilgan to‘lov summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan to‘lovlar summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari”, 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” yoki 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” (to‘lov o‘rniga
oziq-ovqat berilganda) subschyotlar debetlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
Bolalarni bolalar musiqa va san’at maktablarda, shuningdek boshqa ta’lim muassasalarida o‘qitganlik uchun hisoblangan to‘lov summalariga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan summalarga tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi va 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.Analitik hisob har bir badal to‘lovchi ota-onalar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.Xodimlar bilan ularning ish joylaridan ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarda qonunchilikka ko‘ra kasalxonalar, maktabgacha ta’lim muassasalari, nogironlar, shuningdek qariyalar uylari va boshqa tashkilotlar joylashgan yerda umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘lmagan hollarda ularning xodimlariga to‘lov hisobiga ovqatlanish ruxsat etilgan bo‘lib, ana shu tashkilotlarning
xodimlari bilan ovqatlanganlik uchun hisob-kitob olib boriladi.
Xodimlar bilan ular olgan ovqatlar uchun hisob-kitob yuritganda
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga sarf qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati yoziladi, bunda, 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” subschyot kreditlanadi.
Kreditiga esa, xodimlardan ovqat uchun olingan summalar, shuningdek oldindan to‘langan avans summalari yozib boriladi, bunda tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar (120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” yoki 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotlar) debetlanadi.
Ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 285-son shakldagi aylanma qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomada xodimlarning familiyasi va ismi ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |