Digital Signature - Raqamli imzo. Axborotning raqamli izi(daydjesti)ning shu axborotning xaqiqiyligini tasdiqlovchi sub'ektning maxfiy kaliti bilan shifrlangan shakli. Raqamli imzo shu sub'ektga tegishli ekaniga ishonch xosil qilish uchun axborotning raqamli izini hammaga ma'lum bo'lgan funktsiya asosida hisoblab topib, natijani raqamli imzo egasining oshkora kaliti bilan ochilgan imzosi bilan taqqoslash (verifikatsiyalash) yetarli.
Documented information - Xujjatlashtirilgan axborot. Moddiy tashuvchida aks etgan va uni belgilovchi rekvizitlarga ega bo'lgan muayyan axborot.
Do'stlaringiz bilan baham: |