Gazako‘t – (Gentiana olivieri Griseb.) – xalq tabobatida bezgak kasali va oshqozon-ichak hamda boshqa har xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Gulxayri- (Althaea rhyticarpa Trautv), Andiz (Inula grandis Schrenk) ning yo‘g‘on ildizlaridan karbon suvlari, inulin moddasi va efir moyi ko‘p bo‘ladi. Undan turli shirinliklar tayyorlashda, asosan texnik spirt olishda ishlatiladi.
Qatron- (Grambe kotschyana Boiss) - sabzavot o‘simligi sifatida ishlatiladi. Vengriya xalqi bu o‘simlikni “tatar noni” nomi bilan atab, uni ildizidan tayyorlangan taomni juda xush ko‘rib iste’mol qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |