10-mavzu: Adir zonasi dorivor o‘simliklari. Reja



Download 32,3 Kb.
bet3/5
Sana14.07.2022
Hajmi32,3 Kb.
#801261
1   2   3   4   5
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adir zonasi dorivor o‘simliklari. (1)

Adir zonasi. O‘zbekiston territoryasining dengiz sathidan 500 m dan 1200, 1400 m gacha bo‘lgan joylari adir zonasiga kiradi. Respublikamizning barcha tog‘ etaklari, chunonchi: Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand viloyatining ko‘pgina qismini, Yangier, Jizzax, Qarshi shaharlarining atroflarini, Shahrisabz, Denov, Nurota, G‘allaorol, Bo‘stonliq kabi tumanlarning asosiy qismini adir zonasiga kiritish mumkin. Adir zonasining eng xarakterli belgisi: relefning notekisligi, bo‘z tuproqdan iboratligi, o‘simliklar qoplamining asosiy qismini rang va qo‘ng‘irbosh tashkil qilishi bo‘lib, umuman tog‘ etaklaridagi barcha maydonlar shu poyasaga kiradi. O‘rtacha yillik harorati 12-13o, faqat janubiy tumanlarda (Qashqadaryo va Surxondaryo vohalaridan) bir oz baland 14- 16o ni tashkil qiladi. Yoz oylari (iyulda) harorat 35-40o ga ko‘tariladi; yozda yog‘in deyarli yog‘maydi. Tez-tez shamol esib turadi. Cho‘l poyasiga yaqin bo‘lganligidan hatto garmsellar esib turadi.Yog‘in miqdori pastki adirlarda 200- 220 mm ni tashkil etsa, yuqori adirlarda 500-550 mm ga etadi. Shu sababli ham havoning nisbiy namligi ancha baland. Bu poyasda sug‘oriladigan erlar va madaniy ekinlar maydoni ham anchagina bor. Bunday mikroiqlim tevarak-atrofga ancha ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ham adir poyasi o‘simliklar dunyosiga boyligi hamda dehqonchilik va chorvachilik uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Bu poyas O‘zbekistonning asosiy lalmikor erlari hisoblanadi. Ko‘pgina tekis adirlarda g‘alla, arpa, bug‘doy, suli ekiladi. Dehqonchilikda foydalanish qiyin bo‘lgan notekis erlar, suv kamchil adirlar chorvochilikda keng foydalaniladi. Adir poyasi tuprog‘i, iqlimi, relefi, dengiz sathidan balandligi va o‘simliklar qoplamiga qarab ikkiga- pastki va yuqori adirga bo‘linadi.
Pastki adir. Pastki adirning tuprog‘i och va tipik bo‘ztuproqdan iborat. Bunga dengiz sathidan 500-800 m balandlikkacha bo‘lgan erlar kiradi. Relefi tekis, qirlardan iborat. Yuqorilarining cho‘l bilan tutash bo‘lgani uchun ham iqlimi keskin kontinental bo‘lib, undan keskin farq qilmaydi.Havosining namligi, tuprog‘ining unumdorligi (gumusga boyligi), er osti suv yaqinligi tufayli, o‘simliklar qoplami ham turli-tumandir. Pastki adirning asosiy o‘simliklari erta bahorda yashil gilam hosil qiladigan rang va qo‘ng‘irboshdan iborat. Quyda dorivor o‘simlik sifatida keng tarqalgan ayrim o‘simliklar bilan tanishamiz. Etmak (Acanthophyllum gypsophiloides Rgl.), Qoqio‘t (Taraxacum officinal Web.), Mingbosh (Convolvulus subhirsutus RgL.) Mingboshning ko‘kpoya va shoxlari hamda urug‘laridan dori uchun ishlatiladigan konvolvin va konvolamin degan alkaloidlar bor. Isfarak (Delphinium seribarbarum Bienert) uning tanasida 0,25- 0,75% gacha alkaloid borligi aniqlangan. Oqquray (Psoralea drupacea Bge.) Oqqurayning poyasi yoqimsiz hidli bo‘lib, undan meditsinada pes (vitiligo) kasalligini davolashda keng foydalaniladi. Momiq (Lachnophyllum gossyptum Bge) xalq tabobatida Momiq qiyomi bilan turli yara va chipqonlar davolanadi. Cho‘l yalpiz (Ziziphora tenuor L.) u xalq tabobatida keng foydalaniladi uni gullab turgan paytida yig‘ib olib, suvda bir oz qaynatiladi va shamollashda (tumovni) va yo‘talni davolashda foydalaniladi. Ba’zan gullagan cho‘lyalpiz yig‘ib olib quritiladi va qishda suyuq ovqatlarga ziravor sifatida ishlatiladi. Ba’zi joylarda kiyiko‘t deb ham yuritiladi.

Download 32,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish