Xush qol emdi, jonim onam,
Men bukun ketoli bo‘ldum, —
ishlatiladi.
Asaming ozarboyjon versiyasidagi Arzrum, Tabriz shaharlari o'mida Vayangan shahri (qadimgi shaharlardan, Xorazmda) kabi mahalliy nomlarning zikr etilishi, voqealaming deyarli shu yerlarda davom ettirilishi ham dostonning o‘zbek tilidagi varianti dastlab Xorazmda yaratilganligini va mahalliy-milliy kolorit bilan sug‘orilganligini ko‘rsatadi. Shohsanamning XVII asrda Eronda hukmdorlik qilgan Shoh Abbosning qizi sifatida berilishini nazarda tutib, bu asar XVII asrdan keyin yaratilgan yoki xalq kitobi holatiga ko‘chgan deyish mumkin. 0‘zbek xalq og‘zaki ijodida shu asar syujeti va g‘oyaviy mazmuniga o‘xshab ketuvchi «Hiloloy G‘arib» va «Davlatyon> qissalari mavjud. Bu asarlarda ham xalqning Eron bosqinchilariga qarshi otlanishi, ozod ishq va turmush haqidagi orzu- intilishlari bilan bog'liq motivlar uchraydi. Dostonning xalq kitobi variantlariga «ammo roviylar andoq rivoyat qilurlarkim», «alqissa, shul tariqa ahdu paymon bog‘ladiIarkim», «ahdnoma tuzdilarkim» tarzidagi kitobiy ta’birlar, «savoli Aqcha», «Javobi G‘arib» dialoglari, «na farog‘atdur», «na qabohatdur», «na qiyofatdur», «ayriliq shamoli», «qaddi tubi», «g‘amza o‘qi», «ohu ko‘zi», «qoshing mehrobi», «bulbuli sho‘rida» kabi yozma adabiyotga xos kitobiy so‘zlar kiritilgan bo‘lsa ham, doston xalq ijodiga xos asosiy va yetakchi xususiyatlarini saqlab keldi.
Doston davlatmand oiladan bo‘lgan Shohsanam bilan kambag'al oiladan chiqqan G‘arib o‘rtasidagi muhabbat mavzuiga bag‘ishlanadi. Asardagi voqealar davomida G‘aribning shoirlik san’atiga, muzikachiligiga qoyil qolgan xalq uning shoh Abbos qizi Sanamga samimiy oshiq bo'lganiga ham hurmat bilan qaraydi va ulaming o‘z ahdu paymonlariga erishuviga ko‘maklashadi. Xalq o‘z farzandlari G'arib va Shohsanamni murod-maqsadiga yetkazishni o‘z taqdirining tarkibiy qismi deb biladi. Zotan, asarda faqat G‘arib bilan Sanamning orzu-havaslarinigina emas, balki xalqning erkinlik va farovonlik, madaniy taraqqiyot, tenglik va hamjihatlik to‘g‘risidagi azaliy orzularini amalga oshirish kabi masalalar ham ilgari suriladi. G‘aribning «Jafokash bo‘lurlar Bag‘dod qullari» yoki «Barcha zolim bizga dushman, dildorim» kabi so'zlarida xalqning zulmkorlarga qarshi ovozi yaqqol sezilib turadi. G‘aribning:
Bulbul fig‘on qilib ayrilmas guldin,
Parvo qilmon, jonim olsalar tandin.
Sadpora qilsalar, kechmazam sandin,
Oshiqlarga do'nmak ordur, Sanamjon, —
kabi otashin nidolaridan pok va samimiy muhabbat xalq farzandlariga xos fazilat ekanligi, Shohsanamning:
Yuragimda yorning dardi yotibdur,
Ishq o‘ti jon-jonimdan o‘tibdur, —
kabi ontlaridan vafodor ma’shuqalarning o‘z niyatiga erishish yo‘lidagi jazmlari aniq ko‘zga tashlanadi.
«Oshiq G‘arib va Shohsanam» asarining XVII asrdayoq xalq kitobi shaklini ola boshlaganligini undagi Alisher Navoiy va XVII asr shoirlaridan Vafoiy bilan Sayido Nasafiy she’rlariga hamohang bo‘lgan baytlardan ham ko'rish mumkin. Alisher Navoiy «Xamsa»sida:
Oshiq ani bilki erur dardnok,
Ham ko'ziyu, ham tiliyu, ko'ngli pok, —
deyilgan bo‘lsa, «Oshiq G'arib va Shohsanam» dostonida xuddi ana shu misralaming mazmuni va she’riy tartibiga yaqin baytlar Shohsanam tilidan:
Oshuq bilan ma’shuq yo ‘li bir kerak,
Va’dasi, vafosi, qalbi bir kerak, —
tarzida keltiriladi. Shohsanamning: «Bir odamdan o‘zga menga kim dastgir», —deb oshiq—ma’shuqlik uchun birinchi galda insoniylik zarurligini uqtirgan oliyjanob so‘zlari ham Shirinning Farhodga bo‘lgan sadoqatini ifodalab:
Menga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam o'lsam, ushbu basdur,-
degan so‘zlarini esga tushiradi.
Demak, dostonning vujudga kelishi bilan uning xalq kitobiga aylanishi deyarli oldinma-ketin sodir bo‘lgan. Lekin dostondagi termalaming xilma-xil vazndaligi, ularga ozarboyjon va Xorazm xalq maqomlarining singdirilishi uni bir vazn yoki bir xil she’riy shakldagi dostonlardan ajratib turadi. Shuning uchun ham siz dostondagi termalarning biror so‘z yoki biror misrasini («dardingdan», «Yoming guli galdi», «na bo‘ldi», «Sabo kelibsiz», «Menga siz yor kerak, dunyo kerakmas», «Ilojim yo‘q, yora bora bilmadim»...) xotirga keltirishingiz bilan uning o‘ynoqi yoki mungli kuyi ham qo‘shilib kelaveradi. Bu esa, adabiyot bilan muzikaning chambarchas aloqasini, uning xalq ijodida mahorat bilan mujassamlashganini ravshan ko‘rsatadi.
Asar asosan 8 va 11 bo‘g‘inli barmoq vaznida yaratilgan bo‘lib, unda:
Do'stlaringiz bilan baham: |