10-ma’ruza: Xiva adabiy muhitidagi madaniy hayot reja: XVII-XVIII (I yarmi) asrlarda ijtimoiy-siyosiy hayot. Tarixnavislik. Xalq kitoblari. Sayyodiy va uning Tohir



Download 59,01 Kb.
bet6/9
Sana26.09.2021
Hajmi59,01 Kb.
#186470
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-ma'ruza

Jon chiqmasdan burun jononni keltir,

Muhabbat shavqida armonni keltir, —

tarzidagi aruzning sare“i musaddasi matvii mavquf (mafoilun mafoilun faulun) bahriga o‘xshash ayrim termalar ham borki, bu asaming yozma adabiyot bilan munosabati natijasi bo‘lsa kerak, albatta.

Xullas, ma’shuqa qiz Sanamning «ko‘shki atrofiga qirq kishilik posbon» qo‘yib, uning G‘aribga bo‘lgan pok muhabbatini oyoq osti qilgan «Shoh Abbos zolim»ga, Shohvaladlarga, «raqiblar eli»ga, «barcha zolimlar»ga qarshi qaratilgan bu doston XVII asrdagi zolim hukmdorlaming zulmiga xalqning nafrat va g'azabini, uning baxt- saodatga chanqoqligini, kelajakka bo‘lgan ishonch va umidini tasvirlovchi ajoyib doston — xalq kitobidir. Xuddi shu jihatdan Sanamning qat’iy ishonch bilan bashorat qilib aytgan:

Gul ko‘nglingga, do‘stim, qayg‘u keltirma,

Zamona hamisha shunday bor bo‘lmas, —

kabi fikrlari asaming qon-qoniga singdirilib, kitobning g‘oyaviy- badiiy qimmatini yanada oshirgan.



Sayyodiy va uning «Tohir va Zuhra» dostoni. Tohir va Zuhralarning samimiy muhabbati, lekin fojiali taqdiri haqidagi mashhur syujet rivoya va qissalar shaklida Sharqdagi ko‘p xalqlar og‘zaki ijodida mavjuddir. Uning folklor namunalari, poema va xalq kitobi tarzidagi variantlari o‘zbek, turkman, ozarboyjon xalqlari orasida keng tarqalgan. Bu syujet asrlar osha roviylar, qissaxonlar, shoiru adiblar repertuari va ijodi orqali takomillashib, badiiy jihatdan sayqal topib, nafis adabiyotning yodgorligi sifatida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bu ajoyib qissaning o‘zbek epik poeziyasidagi ilk namunasi shoir Sayyodiy qalamiga mansubdir. Sayyodiy uni folklor materiallari asosida badiiy qayta ishlab, she’riy doston holatiga keltiigan. Hozir bu dostonning 10-dan ortiq qo'lyozma nusxalari mavjud. Garchand asarning asl nusxasi hali topilgan bo‘lmasa-da, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidagi 9194-A inventar raqamli qo'lyozma uning ancha savodli va mo‘’tabarroq nusxasi hisoblanadi. Bu qo‘lyozma 2035 baytdan iborat nazmni o‘z ichiga oladi.

«Tohir va Zuhra»ning Sankt-Peterburgdagi Osiyo xalqlari institutida saqlanayotgan qo'lyozma nusxasidagi ma’lumotlarga asoslanib, Sayyodiy sayyod urug‘idan bo'lib, ismi Saidmuhammad, vatani — Balx va Buxoro atroflari ekanligini, doston ham shu yerlarda yozilganligini qayd etish mumkin:

Dostonning:

Yana Suyfulmuluk Soid birlan,

Yana yuz ming sipoh obid birlan;

Yoki:


Kel, ey Sayyodiy, san boshla bu doston,

Zimistonda nechuk bo ‘Idi guliston;

Yana:


G‘arib ko'rsang g'aribga berma ozor,

Eram bog‘ida bulbuldir g‘ariblar,

kabi misralari, shoir Majlisiyning (XVI asr) «Qissai Sayfulmuluk» dostonidan so‘ng yaratilganligidan dalolat beradi.

Sayyodiy o‘z asarini «Hindiston va Shom»da mashhur va manzur bo'lgan ertak-afsona asosida yaratganini, shoir bu jazrani (ertakni) bo'stonga (nazmga) aylantirib, oshiqlar uchun «xo‘b doston» bitganligini bayon etadi.

«Tohir va Zuhra» dostoni voqealari Totor mamlakatidan Bag'dodgacha bo'lgan makonlarda kechadi. Shoir asarning bosh qahramonlari Tohir va Zuhraning dunyoga kelishidan jaholat sirtmog‘ida halok etilishigacha bo‘lgan murakkab va mashaqqatli hayotini, sarguzashtlarini bayon etadi; ikki yoshning go‘zal xislatlarini, kurash va intilishlarini to‘laroq ochish maqsadida asarga bir qancha epizodik obrazlar kiritadi.

Sayyodiy Tohir va Zuhra haqidagi og‘zaki qissa syujetiga birmuncha o‘zgartirishlar kiritib, uni qayta ishlaydi, original epizodlar va obrazlar bilan boyitadi, dostonning hayotiy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini kuchaytiradi. Masalan, qissaning xalq og‘zaki ijodi variantida Qora Bahodir Zuhraga uylanadi. Asar fabulasining bunday bo'lishini Sayyodiy istamaydi. U voqealami yanada rivojlantirib, asarni boshqacha yakunlaydi. Tohir Bag‘dod shahridan qaytib kelgach, Zuhra bilan topishadi, ular shohdan yashirincha uchrashib turishadi, nikohdan o'tishadi. Tohir bilan Zuhraning o‘limidan keyin Boboxon o‘z qizini tushida ko‘radi. U otasidan Qora Bahodir jasadini o'rtadan ko'tarishni so'raydi. Qora Bahodir jasadini qazib olib boshqa yerga ko'madilar. Tohir bilan Zuhraning qabri xalqning qadamjoyiga aylanadi va hokazo.

Binobarin, avtor ko‘hna syujetga o‘zi yashagan muhitni muayyan darajada aks ettirish, gumanistik fikrlarini ifodalash nuqtai nazaridan yondashadi. Shuning uchun o‘z g‘oyalarini qiziqarli sarguzashtlar, xayoliy-fantastik epizodlar, to‘qnashuvlar fonida tasvirlaydi. «Tohir va Zuhra» xalq ertaklariga yaqin xususiyatlari, fantaziya boyligi, voqealaming tez rivojlanishi, tasodiflaming ko‘pligi, uslubidagi soddalik, syujetning xalq qissalariga xos bir tarzda bayon qilinishi kabi jihatlariga ko‘ra, xalq kitoblariga yaqinlashuvi yoki xalq kitobi tomon moyillasha borgan kitobiy poemalaming namunasi sifatida qaralishi lozim.

«Tohir va Zuhra» dostoni ham xalq o‘rtasida xuddi qissalardek keng tarqalganligi, ommabop bir uslubda yaratilganligi uchungina shartli ravishda xalq kitobi deb atalishi mumkin. Aslida, u afsonalar, xalq og‘zaki rivoyatlari asosida yaratilgan ishqiy-romantik doston janriga mansubdir. Chunki dostondagi voqealar bayoni, rivoya qismi o‘zbek adabiyotidagi boshqa poemalardagidek masnaviy yo‘li bilan beriladi. Undagi nasriy o'rinlar nihoyatda qisqa-qisqa bo‘lib, ular bir voqeadan ikkinchisiga o‘tishda, boblar o'rtasidagi syujet sterjenini yuzaga keltirishda bog‘lovchi vazifasini o'taydi, xolos. Shoiming voqea va qahramonlarga munosabati, qahramonlaming bir-birlariga murojaati, psixologik holat va kechinmalari asaming syujet chizig‘i va g'oyaviy mazmuni bilan mahkam ulanib ketgan g‘azal hamda boshqa lirik she’rlarda ifodalangan: Ular boshdan oxirigacha aruz vaznida yozilgandir. Asaming so‘z tarkibida «ayrilg‘ali» (ayrilmoqqa), «boroluk», «turoluk» (boraylik, turaylik) kabi jonli so‘zlashuv unsurlari asosiy o'rinni tashkil etsa ham, «alvido», «alfiroq», «jomi visol» kabi kitobiy ta’birlar, fors-arab tili elementlari ham ko‘plab uchraydi.

Sayyodiy insonning eng muqaddas tuyg‘ulari, fazilatlari hisoblangan samimiy ishq-muhabbatni, ahdu vafoni ulug‘laydi, bu tuyg'ulami oyoq osti qilgan shafqatsiz va zolim shaxslarga qarshi g‘azab-nafrat bildiradi, mehnatkash xalqning og‘ir ahvoliga achinadi, haqiqiy muhabbat yo'lida zulmatni yorib chiqolmasdan halok bo‘lgan yoshlaming orzu-intilishlarini himoya etadi:




Download 59,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish